$
12531.78 UZS
75.53
159.82 UZS
1.46
14538.12 UZS
76.41
31° Kechasi 20°

Abituriyent DTM ruxsatnomasini qanday olishi mumkin?

17:55 / 19.07.2019

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov feysbukdagi sahifasida DTM ruxsatnomasini olish tartibi haqida ma'lumot berdi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatmasi»ni tarqatish 2019 yil 20 iyuldan boshlanadi.

«Abituriyent ruxsatmasi»ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Abituriyentlar 20-29 iyul kunlari Internet orqali DTM www.dtm.uz rasmiy veb-saytining «Ruxsatnomani chop etish» bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo bo‘lgan «ABITURIYeNT RUXSATNOMASI» va «ABITURIYeNTGA ESLATMA»ni chop etib oladi.

2. www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 22 iyulgacha olmagan kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari.

Ushbu tashkilot xodimlari www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abituriyentga chop etib beradi.

3.  DTMning  www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 25 iyulgacha olmagan sirtqi va kechki ta'lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 26-29 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abituriyentga chop etib beradi.

Ruxsatnomalar barcha tashkilotlar tomonidan bepul chop etilib, tarqatiladi.


Bu ham qiziq

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga hujumi bilan butun dunyo e’tiborini G‘azo sektoridagi voqealardan chalg‘itishga…
14:35 / 24.06.2025
Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025
Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Shuningdek, xabarda yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida…
10:13 / 24.06.2025
Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025
Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025
Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
18:03 / 24.06.2025
Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organi bo‘ldi.
09:59 / 25.06.2025
O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

“Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi”, – deb xabar bermoqda “O‘zg…
14:35 / 23.06.2025
26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
14:41 / 25.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!