$
12646.56 UZS
-27.81
160.88 UZS
-0.35
14461.34 UZS
-8.99
32° Kechasi 21°

Insoniyat tarixidagi eng xavfli viruslar

10:10 / 01.02.2020

1-fevral holatiga ko‘ra, koronavirursdan kasallanganlar soni 11374 kishiga yetgan. Bu kasallikdan 259 kishi o‘lgan va 252 tasi batamom sog‘aygan. Infeksiya belgilari dunyoning 22 dan ortiq davlatlarida aniqlandi.

Hozirda butun dunyo aholisi koronavirus tugaydimi, uning davosi topiladimi degan savolga javob topishni istaydi. Ammo bu savollarga qachon javob topilishi aniq emas. Lekin insonlar umid qilishdan to‘xtashmaydi. Chunki tarixda bu kabi kasalliklarning ko‘piga davo topilgan. Keling, bugun ana shular xususida so‘z yuritamiz. 

O‘lat 
O‘lat (yoki chuma kasalligi) – bu o‘lat bakteriyasi (lotin tilida “Yersinia Pestis” deb nomlanuvchi kasallik 1894-yilda aniqlangan) mayda hayvonlardan (kemiruvchilar) burgalar orqali yuqadi. Kasallangan burgalar insonni chaqishi orqali o‘lat virusi inson tanasiga tushadi. Kasallik alomatlari va belgilari odatda bakteriyalar yuqqanidan so‘ng 2-7 kun o‘tib rivojlanadi, o‘latli pnevmoniya bo‘lsa, alomatlar bir kunda namoyon bo‘lishi mumkin. Vaboning uchta shakli mavjud: Bubonli o‘lat – o‘latning ushbu shaklida bakteriyalar limfa tugunlari ichiga kiradi, bu esa limfa tugunlarining kattalashishiga va og‘rishiga sabab bo‘ladi, bu holat “bubon” deya nom olgan. Alomatlari isitma, varaja, bosh og‘rig‘i va holsizlik. Agar kasallik davolanmasa, infeksiya tananing boshqa joylariga tarqalishi mumkin. Septik o‘lat – bakteriyalarning qonga kirishi natijasidir spetik o‘lat yuzaga keladi. Bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishi yoki bubonik o‘lat asorati sifatida rivojlanishi mumkin. Alomatlari isitma, varaja, kuchsizlik, qorin og‘rig‘i va shok. Qon ketishi va to‘qimalarning o‘lishi (nekroz) kuzatilishi mumkin. Bunda o‘lik to‘qimalar qora bo‘lib ko‘rinishi mumkin, shuning uchun bu kasallik “Qora o‘lat” nomini olgan. O‘pka o‘lati – kasallikning bu shaklida boshqa turdagi o‘lat alomatlari ham kuzatilishi mumkin, ammo klinik tasvirda pnevmoniyaning o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud. Bakteriyalar o‘pkaga qon oqimi orqali tarqaladi yoki zararlangan havodan nafas olish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqadi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqishi o‘latning insondan insonga uzatilishi mumkin bo‘lgan yagona shaklidir. Kasallik nafas yetishmovchiligi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar va suyuq yoki qonli yo‘talish bilan kechadi.

Shunga o‘xshash alomatlar bo‘lgan kasallik haqida birinchi ma’lumot qadimgi Rimda paydo bo‘lgan. Biroq, u ilgari Liviya, Suriya va Misr hududida tarqalgani haqidagi ma’lumotlar ham yo‘q emas. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra XIV asrda "Qora o‘lim" deb nomlanuvchi o‘lat shakllaridan biri 50 million odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-2015 yillarda o‘lat bilan kasallanganlar soni 3248 nafar deb belgilangan. Ulardan 584 nafari vafot etgan.


Chechak
Chechak kasalligi variola virusidan kelib chiqadi (lotincha Variola). U havo tomchilari orqali, shuningdek, virus yuqtirgan odam ishlatgan narsalar orqali yuqadi. Kasallikning namoyon bo‘lish muddati 7-17 kunni tashkil etadi. Kasallik haroratning keskin ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, ko‘pincha ko‘ngil aynish va qayd qilishdan boshlanadi. 2-3 kundan keyin harorat pasayadi, terida va shilliq pardalarda tuguncha toshmalar paydo bo‘lib iz (chechak) qoldiriladi. 30 foyiz hollarda kasallik halokatli natijalar bilan yakunlanadi.

So‘nggi vaqtlargacha, chechak Afrika yoki Osiyoda miloddan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo‘lgan, deb ishonishgan. Ammo, bugungi kunda olimlar, chechak virusi Yaqin Sharq mintaqasida odamga tuyadan yuqqan deb hisoblashmoqda. Ularning ta’kidlashicha chechak epidemiyasi birinchi marta IV asrda Xitoyda paydo bo‘lgan va VI asrga kelib Koreya bo‘ylab tarqalgan. VII asrga kelib esa kasallik Yevropaga yetib borgan (XVII-XVIII asrlarda Yevropaning deyarli butun aholisi chechak kasalligidan aziyat chekishgan, har yili bu kasallikdan 1,5 milliondan ortiq odam vafot etgan; Rossiyada bu kasallik XVIII asrda eng katta tarqalish darajasiga yetgan). XVI asr boshlarida ispan bosqinchilari kassalikni Amerikaga tashigan. XVIII asr oxirida esa chechak Avstraliyagacha yetib borgan.
JSST tomonidan 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirila boshlangan emlash dasturi sabab ushbu kasallikka qarshi kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi. Chechak kasalligi sabab vafot etgan so‘nggi odam 1977-yil 26-oktabr kuni Somalida qayd etilgan. Kasallik ustidan g‘alaba rasman 1980-yilda e’lon qilingan. Dunyo bo‘yicha faqat ikkita laboratoriya Virusni saqlash va tadqiqotlar o‘tkazish huquqiga ega, bular: Rossiya Virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazi va Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish bo‘yicha Amerika markazi. 


Vabo
Vabo (xolera) – ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻilashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik, oʻta xavfli ichak kasalliklaridan biri. U ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali tarqaladi. Bu kasallik yomon sanitariya va toza ichimlik suvining yetishmasligi bilan chambarchas bog‘liq. Vabo dastlab 1816-yilda Hindistonning Ganga daryosi vodiysida paydo boʻlgan. U yerdagi turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada vabo Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga tarqalib ketgan. Ketma-ket ravishda 6 marotaba dunyo yuziga chiqqan epidemiya bir necha million odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Yettinchi epidemiya 1961-yilda Janubiy Osiyoda boshlanib, 1971-yilda Afrikaga va 1991-yilda Amerikaga tarqalgan. Hozirgi vaqtda bu kasallik kambag‘al mamlakatlarda, ayniqsa ommaviy tabiiy ofatlar sodir bo‘layotgan joylarda uchrab turibdi. 2010-yili yanvar oyida Gaitidagi zilzila natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilikdan keyin vabo grippi qurbonlari soni 7,5 mingdan oshgan, 2011-yil yanvar oyida Gaitidan vabo Venesuela, Dominikan Respublikasi, Ispaniya, AQSh va Meksikaga, 2012-yilda esa Kubaga tarqalgan. 
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 3 milliondan 5 million nafargacha bo‘lgan odamlar vabo kasalligiga chalinadi. Ularning 100 mingdan ortig‘i vafot etgan. Ushbu kasallikning oldini olish uchun ikki xil vaksinalar qo‘llaniladi. Ularning himoyalash kuchi ikki yilga yetadi, xolos. 

Cho‘chqa grippi
"Cho‘chqa grippi" (inglizcha "Swine grippi") - insonning virusli yuqumli kasalligi, dastlab uy cho‘chqalari orasida tarqalgan (2009 yilda Meksika va AQShda). Virus maishiy yo‘l va havo tomchilar orqali yuqadi. Kasallik alomatlar – yo‘tal, bosh og‘rig‘i, isitma, qusish, diareya, burunning oqishi. Kasallikning xavfli asoratlaridan biri pnevmoniyadir. 
Dunyo bo‘ylab tarqalgan kasallik 4 milliongacha odamning hayotiga zomin bo‘ldi. 2009-2010-yillarda kasallik sezilarli darajada ko‘p joylarga tarqalgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, cho‘chqa grippi 214 mamlakatda tarqalib, 18 mingdan ortiq odam hayotiga zomin bo‘lgan.

Ebola virusi
Ebola virusi (BVVE) kasalligi odamlarga va ba'zi hayvonlarga ta’sir qiladi. Virus birinchi marta 1976-yili Zairda (hozirgi Kongo Demokratik Respublikasi)gi Ebola daryosi sohilidagi qishloqda aniqlangan. Shuning uchun bu virusga shunday nom berilgan. Dastlab ko‘rshapalaklarni virus tashuvchilar deb ishonishgan. Virus yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi, teriga shikast yetkazilishi oqibatida esa kasalik odamdan odamga yuqadi. Kasallik isitma, sariqlik, gemorragik sindrom va buyrak yetishmovchiligi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik 2- 21 kun ichida namoyon bo‘ladi. Kasallikning avj olishida o‘lim darajasi 90 foizga yetadi. Mutaxassislar virusning besh turini ajratib ko‘rsatishadi: Bundibudjio (BDBV), Zair (EBOV), Sudan (SUDV), Tai Forest (TAFV), Reston (RESTV; faqat hayvonlarga ta'sir qiladi).

Virusning tarqalishi 1976, 1995 va 2007-yillarda Kongoda, 1976-yilda Sudanda, 2000-yilda Uganda va 2003-yili Kongo Respublikasida qayd etilgan. 2013-2016 yillarda Gvineya, Syerra-Leone va Liberiyani qamrab olgan.  Shuningdek,  Mali, Nigeriya, Senegal, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va AQShda ham bu kasallik tarqalgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu epidemiya boshlangandan beri 30 mingga yaqin odamga yuqqan bo‘lsa, 11,3 ming kishi vafot etgan. 2018-2019-yillarda Kongoda epidemiya yana qayta tarqalgan. Unda virus 3,4 ming kishiga yuqib, 2,3 ming kishini hayotdan olib ketgan.  

OITS 
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) — OIV infeksiyasi fonida rivojlanadigan holat bo‘lib, CD4+ limfositlar miqdorining kamayib ketishi, ko‘plab opportunistik infeksiyalar, noinfeksion va o‘smali kasalliklar rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Sindrom OIV-infeksiyasining so‘nggi bosqichi sanaladi. Virus OITS bilan kasallangan bemor ishlatgan (ishlatish vaqtida jihozga bemor qoni yuqqan holda) narsalar (igna, o‘tkir tig‘li asboblar)dan va jinsiy aloqa, tug‘ish va emizish vaqtida onadan bolaga yuqishi mumkin. OITS infeksiyasi 2-15 yil oralig‘ida nomoyon bo‘ladi. OIV infeksiyasining davosi yo‘q. Ammo, virusga qarshi vositalar bilan davolanish tufayli virusni nazorat qilish, uning yuqishini oldini olish va zararli ta’sirini kuchsizlantirish mumkin.
Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra OITS 1920-yillarda maymunlardan odamlarga yuqqan. Taxmin qilinishicha ushbu kasallikning birinchi qurboni 1959-yilda Kongoda qayd etilgan (shifokorlar marxumning tibbiy tarixini tahlil qilib shunday xulosaga kelishgan). Birinchi marta OIV infeksiyasiga xos bo‘lgan kasallik belgilari 1981-yil iyun oyida AQShda tavsiflangan. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha qo‘shma dasturiga ko‘ra, 2018-yilda dunyo bo‘yicha 37,9 million kishi OIV infeksiyasini yuqtirgan, ulardan 1,7 millioni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Kasallik eng keng tarqalgan hududlar Sharqiy va Janubiy Afrika mamlakatlari hisoblanadi (20,6 millionga yaqin kishi kasallangan).  OIV infeksiyasi 1997-yildagiga nisbatan 40 foizga kamaygan. 

Koronavirus
Tekshiruvlar natijasida ushbu koronavirus o‘zining genetik tuzilishiga ko‘ra 2002-yili Xitoyning Guandun viloyatida paydo bo‘lgan "og‘ir darajadagi o‘tkir respirator sindromi" (ing: "SARS" Severe acute respiratory syndrome) koronavirusi bilan o‘zaro o‘xshash jihatlari mavjudligi aniqlandi.

Hozircha, yangi koronavirusning kelib chiqish sababi aniq emas. Bu borada faqat taxminlar bor xolos. Dahshatli virus ilk bora Xubey viloyatining Uxan shahrida joylashgan Xuanan nomli hayvon va dengiz mahsulotlari bozoriga aloqador bo‘lgan mahalliy aholi vakillarida namoyon bo‘lgan. Mazkur bozorda iste’mol uchun dengiz mahsulotlari, it go‘shti, ilonlar va hatto ko‘rshapalaklar ham sotilgan. Taxminlarga ko‘ra, koronavirus hayvon organizmida mutatsiyaga uchragan. So‘ngra insonga yuqqan.

Xitoylik mutaxassislarning ta’kidlashicha, virusning inkubatsion davri 2 kundan 12 kungacha cho‘zilishi mumkin. Lekin, o‘rtacha, 7 kunni tashkil etadi. Ya’ni, koronavirus insonga yuqqandan keyin 2 kundan 12 kungacha o‘z simptomlarini ko‘rsatmasligi mumkin. Eng yomoni, bu vaqtda o‘z badanida mazkur virusni tashuvchi kishi o‘zining xastalanganini bilmagan holda muloqotga kirishgan o‘zga kishiga yuqtirishi mumkin. Undan ham yomoni esa mazkur davrda hech qanday teplovizorlar kasallik mavjudligini aniqlashga qodir emas.

Barcha koronaviruslar kabi "2019-nCoV"ning shikast yetkazish zonalari nafas yo‘llari, o‘pka, yurak, oshqozon-ichak trakti, jigar, buyraklar va asab tizimi hisoblanadi. Kasallik simptomlari oddiy shamollash ko‘rinishida boshlanib, tezlik bilan rivojlanadi va o‘tkir respirator kasalligi vujudga keladi. O‘pka shikastlanadi va insonning hayotiga xavf soluvchi o‘tkir nafas olish yetishmovchiligi yuzaga keladi (respiratorniy distress-sindrom).


Bu ham qiziq

Navoiyga Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Navoiyga Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

O‘zbekiston rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy shahrida aho…
12:33 / 10.06.2025
Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilga…
09:18 / 12.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025
Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol …
09:12 / 11.06.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
14:43 / 12.06.2025
Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjeles politsiya departamenti komendantlik soati joriy etilganiga qaramay, shahar markazida odamlar to‘planishda davom …
11:17 / 11.06.2025
Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga rasm…
10:38 / 11.06.2025
Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
11:19 / 12.06.2025
Mobiuz kompaniyasi xalqaro sotuvga qo‘yildi

Mobiuz kompaniyasi xalqaro sotuvga qo‘yildi

Mobiuz mobil aloqa operatorini sotib olishga qiziquvchilardan arizalar qabuli boshlandi.
10:13 / 10.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!