Sirdaryo viloyat Guliston shahrida Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab yugurish marafoni tashkil etildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan marafonda 400 nafardan ortiq ishtirokchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Erkaklar oʻrtasida aholi va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida oʻtgan musobaqada esa gʻoliblik Guliston davlat universiteti talabasi Viktor Surenkoga nasib etdi. Mazkur yoʻnalishda ayollar oʻrtasida oʻtgan bahslarda ham Guliston davlat universiteti talabasi, yaʼni Darya Andropovaga teng keladigan raqib topilmadi.
Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini hududlarda keng nishonlash maqsadida Sirdaryo viloyati tuman (shahar)lar va Guliston shahrida harbiy xizmatchilar hamda aholi oʻrtasida bir qator ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!