$
12924.92 UZS
-13.09
159.94 UZS
1.21
14620.67 UZS
-52.33
36° Kechasi 22°

Dunyodagi eng chiroyli va yodda qolarli plyajlar

17:27 / 01.11.2021

Taʼtilning hech boʻlmaganda bir qismini dengiz sohilida oʻtkazishni istamaydigan odamning oʻzi yoʻq. Toʻgʻri, koʻpchilik har yili taʼtilni plyajga borish bilan oʻtkazishni xohlamaydi, chunki plyajlarning koʻpchiligi bir-biriga oʻxshab ketadi. Shunga qaramasdan, dunyoda boshqalaridan ajralib turadigan va butun umr yodingizda qoladigan plyajlar ham koʻp. Baʼzilari rang-barangligi bilan, baʼzilari noodatiy joylashuvi, boshqalari harorati bilan farqlanib turadi.

1. Laym Rejis yaqinidagi plyaj (Gʻarbiy Dorset grafligi, Buyuk Britaniya)

Odatda plyajlarga faqat dam oladigan va boʻsh vaqtni oʻtkazadigan joy sifatida qaraladi. Lekin, Buyuk Britaniyadagi Gʻarbiy Dorset grafligida ochiq osmon ostidagi muzey degan nomga daʼvogarlik qiladigan plyaj bor. Gap shundaki, bu plyaj Laym-Rejis qishloqchasiga yaqin hududda joylashgan, mazkur qishloqchada Yer sayyorasida bundan 100 million yil avval yashagan mavjudotlarning tosh qotgan qoldiqlari bor. Ular orasida ammonitlar – dinozavrlar davrida yashagan va butunlay qirilib ketgan mollyuskalarning qoldiqlarini ham koʻrasiz.

Bundan tashqari, mahalliy hukumat sayyohlarga plyajdagi tosh qoldiqlarni esdalik uchun olib ketishga ruxsat bergan. Buning ortidan tosh qoldiqlar soni kamayib qolmaydi. Plyajda muntazam ravishda koʻchkilar sodir boʻladi, ular shu paytgacha yer ostida yotgan minglab qoldiqlarning topilishiga sabab boʻladi. “Yura davri plyaji”ning bunday mashhurligini mahalliy aholi ham qoʻllab-quvvatlaydi, chunki ularning oʻzlari ham sayyohlarga esdalik buyumlar sotish ortidan kun kechirishadi. Bu yerdagi odamlarning uylari va boshqa infratuzilma obyektlari mollyuskalarning suratlari bilan bezatilgan.

2. Mariyet arxipelagi plyaji, Puerto-Valyarta tumani (Meksika)

Meksikadagi Mariyet arxipelagi hududi koʻp sonli orollardan iborat boʻlib, ulardan biri kichik, ammo goʻzal manzarali plyajga ega. Toʻgʻri, u haqida koʻpchilik bilmaydi, plyaj begonalar koʻzidan yashirilgan. Plyajning bunchalar sirliligi sababi uning paydo boʻlishi tarixi harbiy texnikalarning sinov jarayonlari bilan bogʻliq ekanligi hisoblanadi.

Maʼlum boʻlishicha, yuz yil oldin bu yerda Amerika armiyasi yangi artilleriyani sinovdan oʻtkazgan va navbatdagi sinov jarayonidan keyin orol yuzasida oval shaklidagi izlar qolgan. Ular tabiiy omillar taʼsirida noyob landshaftga aylangan: bu yerdagi oʻyiqlar oʻziga xos gʻorga aylanib ketgan, ularda kichik suv havzalari hosil boʻlgan.

Diametri bir necha oʻn metrli oʻyiqlar sayyohlar orasida juda mashhur. Buning ajablanarli joyi yoʻq, sababi kichik koʻllar mavjudotlar bilan toʻla. Maʼlumotlarga qaraganda, bu yerda Banderas koʻrfazining fanga maʼlum boʻlgan 159 ta dengiz baliqlaridan 103 ta turi hayot kechiradi. Bundan tashqari, orolda dengiz qaldirgʻochlari yashaydi, turli marjon riflari ham bor. Shu sababli mazkur plyaj 2008-yilda YUNESKO tomonidan eng muhim biosfera qoʻriqxonalari roʻyxatiga kiritilgan.

3. Muqaddas suv plyaji, Ribadeo (Galisiya, Ispaniya)

Bu joyning ikkita nomi bor. Birinchisi – Muqaddas suv plyaji, ikkinchisi Bosh ibodatxona plyaji. U Biskay koʻrfazining qirgʻogʻida, Galisiyaning sharqiy qismida joylashgan. Biroq, uning asosiy diqqatga sazovor joyi plyajning oʻzi emas, balandligi 30 metrgacha boʻlgan ulkan qoya arkalari hisoblanadi. Ularning eng hayratlanarli tomoni shundaki, qoyalar geometrik jihatdan toʻgʻri shaklga ega.

Ulkan qoyalar yarim yil davomida qisman suvda boʻladi, shuning uchun ularni suv orqaga qaytgan vaqtda aniqroq koʻrish mumkin. Biroq, sayyohlar bu plyajga yil davomida tinmasdan kelaveradilar: qoyalarni shunchaki koʻrishdan tashqari, ularni suratga olmoqchi boʻlganlar uchun, arkalar choʻqqisiga olib chiqadigan maxsus yoʻllar ham qurib qoʻyilgan. Bu yerdan turib plyajning haqiqiy goʻzalligini koʻrish mumkin.

4. Noytxolsvik plyaji (Reykyavik, Islandiya)

Islandiyada uylarni isitish tizimi uchun ham termal suvni afzal koʻrishlari hech kimga kir emas. Noytxolsvik plyajida ham mana shunday gʻoya amalga oshirilgan. Aynan shu plyajda termal suv toʻldirilgan sunʼiy basseynlar yaratilgan va iliq suvli dushga ega kiyinish xonalari ham qurilgan.


Shu bilan birga, termal suvli basseynlardan koʻra, ochiq dengizda suzishni afzalroq biladigan ekstremallar ham koʻplab topiladi. Ochiq dengizdagi harorat 10 °S dan oshmaydi. Plyaj mahalliy odamlar va sayyohlar orasida birday mashhur, buning sababi ikkita. Birinchidan ushbu plyajga kirish bepul, ikkinchidan u Reykyavik aeroportining yonida joylashgan.


5. Xot-Uoter-Bich plyaji, Koromandel (Yangi Zelandiya)

Yuqorida tilga olingan Islandiya plyajidan farqli oʻlaroq, Yangi Zelandiyaning Shimoliy qismida joylashgan bu plyajning suvi shunchaki iliq emas, issiqligi bilan mashhur. Xot-Uoter-Bichni qurshab turgan manzara oʻta chiroyli boʻlmasa ham, u har yili 700 mingta tashrif buyuruvchini qabul qiladi. Gap shundaki, bu plyajda issiq suvni ... kavlab chiqarish kerak.


Maʼlum boʻlishicha, qum ostidan okeanga borib qoʻyiladigan termal daryolar oʻtgan, shuning uchun suv orqaga qaytadigan paytda termal daryo suvlari yuqoriga chiqib qoladi. Yer osti daryolaridagi suv harorati 64 °S gacha yetadi, shuning uchun sayyohlar iliq suvda choʻmilmoqchi boʻlsalar, qumdan oʻziga xos hovuz yasab olishadi. Mahalliy odamlar esa bu yerga sayyohlarning kelishidan manfaatdor: plyaj yaqinidagi doʻkonlarda belkurak va chelaklar ijaraga beriladi.


6. Maxo plyaji (Sen-Marten, Karib dengizi)

Niderlandiyadagi Maxo plyajining oʻziga xos jihati uning joylashuvi hisoblanadi. Karib dengizida sayyohlarning eʼtiborini oʻziga torta oladigan plyajlar kam emas. Biroq, Sen-Marten orolidagi plyaj dunyodagi eng xavfli aeroportlardan birining yonida joylashgani uchun ham mashhur. Bu yerdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi nisbatan kalta. Xalqaro avialaynerlar uchun odatiy oʻlcham 3500 metrni tashkil qilsa, bu yerda yoʻlakning uzunligi 2300 metrdan oshmaydi.


Bu koʻpchilik uchun qiziq maʼlumot emas, lekin Maxo plyaji samolyotlar parvozga koʻtariladigan hududda joylashgan. Shuning uchun, Maxo hududi boʻylab samolyotlarning uchib keladigan vaqti yozilgan taxtachalar oʻrnatilgan, layner hosil qiladigan havo oqimi odamni uchirib ketadigan darajada kuchli ekanligidan ogohlantiruvchi plakatlar osib chiqilgan. Biroq, bunday ekstremal sharoit plyajni yanada mashhur qilib yuborgan, odamlar samolyotlar hosil qilgan havo oqimi tufayli bir necha insonlarning hayoti fojia bilan tugaganini bilsalar ham, baribir plyajga kelaverishadi.


7. Xayams plyaji (Avstraliya)

Yer sayyorasida qum rangi bilan ajralib turadigan plyajlar ham bor. Bunday roʻyxatdagi birinchi oʻrinda Avstraliyadagi Xayams plyaji turadi. U Sidneydan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan. Plyajdagi qum sof oq rangda, plyaj uzoqdan koʻpik bilan qoplangandek koʻrinadi. Uning umumiy manzarasi ertaklardagi maskanlarni yodga soladi, shuning uchun bu yer sayyohlar bilan bir qatorda turmush qurgan yosh juftliklar orasida ham mashhur.

 

8. Punalu plyaji (Gavayi, AQSh)

Sayyoramizda sof oq rangdagi plyaj boʻlsa, demak qayerdadir qumi qora rangdagi plyaj ham boʻlishi mantiqan toʻgʻri. Bunday plyajlar siz oʻylagandan ancha koʻp, biroq ular orasidagi eng mashhuri Gavayidagi Punalu plyaji hisoblanadi.


Butun plyaj hududidagi qum qop-qora rangda. Sohil boʻyidagi hududning bunday rangga kirganiga yaqin-atrofda joylashgan vulqonlar sabab boʻlgan, ular atrofga lava bilan birga katta miqdorda qora bazalt zarralarini ham tarqatgan. Bu zarralar sohilni qora rangga boʻyagan. Bundan tashqari, Punalu plyajida davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va oʻta noyob hisoblanadigan yashil toshbaqalar oilasi yashaydi. Ularning tirigini uchratib qolish haqiqiy omadga tenglashtiriladi.

9. Papakolea plyaji (Katta Gavayi oroli, Gavayi, AQSh)

Maʼlum boʻlishicha, tabiat qora va oq rangli plyajlarni yaratish bilan ijoddan toʻxtab qolmagan. Dunyoda boshqa rangdagi plyajlar ham bor. Misol uchun, Katta Gavayi orolining janubiy qismida Papalokea plyaji joylashgan. Mahalliy odamlar uni “Gavayi olmosi” deb atashadi.
Dengizning iliq suvi yuvib turadigan va sukunatga choʻmgan sohil nafaqat umumiy manzarasi, balki plyajdagi qumning yashil rangda ekanligi bilan ham sayyohlarning eʼtiborini tortadi.

Punalu misolida olib qaraydigan boʻlsak, sohildagi qum tarkibida shu rangdagi minerallar mavjud. Qum asosida olivina deb nomlanadigan yarim qimmatbaho xrizolit bor. Sohildagi qumning yashil rangda ekanligi mana shundan. Afsuski, toʻlqinlar plyajning noyob rangini asta-sekin yuvib ketmoqda, shuning uning yashil rang bilan qoplangan qism oʻlchami kichrayib boryapti. Sohildagi yashil qumni oʻzingiz bilan olib ketishingiz mumkin emas, bu mahalliy hukumat tomonidan taʼqiqlangan. Lekin, plyajga kirish uchun hech qanday cheklov ham, toʻlov ham yoʻq.


10. Pushti plyaj (Bagama orollari)

Yer yuzida joylashgan pushti rangli plyajlarning soni bor-yoʻgʻi beshta. Ular orasidagi eng mashhuri Xarbor orolida joylashgan va Bagama orollari hududining bir qismi hisoblanadi. Sohilning bir necha kilometrlik hududi och pushti rangga boʻyalgan, sayyohlar qum zarralari orasidan chiroyli koʻrinishdagi chigʻanoqlarni ham topib olishadi.

Sohilni yuvib turadigan suv tarkibida oʻziga xos organizmlar – foraminiferlar bor, ularning chigʻanoqlari pushti rangda. Foraminiferlarning chigʻanoqlari suv bilan sohilga chiqib qoladi, toʻlqinlar ularni mayda zarralarga boʻlib tashlaydi. Plyaj oʻta chiroyli boʻlishiga qaramasdan, sohil sayyohlar bilan toʻlib ketmagan. Bunga plyajning toʻlaqonli hordiq chiqarish uchun mos emasligi sabab boʻlgan.


11. Shishali koʻrfaz, Ussuriya qoʻltigʻi, Vladivostok (Rossiya)

Ussuriya qoʻltigʻida joylashgan noodatiy plyaj bir vaqtlar chiqindi tashlash joyi boʻlgan. U koʻp yillar davomida mana shunday holatda turgan, 2011-yilda mahalliy odamlar hududni yopib, bu yerda toʻplangan chiqindini tashqariga chiqarib tashlashadi. Tez orada suv singan shisha boʻlaklarini sohilga chiqarishni boshlaydi. Shishali koʻrfaz mana shunday paydo boʻlgan. U Vladivostokning eng mashhur joylaridan biri hisoblanadi. Lekin, bu shisha boʻlaklari bilan qoplangan dunyodagi yagona plyaj emas. Xuddi shunday plyaj Kaliforniyada ham bor.

 


Bu ham qiziq

Qamchiq dovonida transport harakati tiklandi

Qamchiq dovonida transport harakati tiklandi

“Maxsus o‘quv mashg‘ulotlari yakunlanib, transportlarning harakati qayta tiklandi”, – deya xabar bermoqda YHXX axborot xizma…
14:57 / 06.05.2025
“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari tashkil etiladi

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari tashkil etiladi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.
20:15 / 06.05.2025
Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” uch kunga yopiladi

Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” uch kunga yopiladi

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xotira va qadrlash kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uning tarkibidagi “Sho…
18:34 / 06.05.2025
O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul butunlay to‘xtatildi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul butunlay to‘xtatildi

Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha cho…
22:03 / 06.05.2025
7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
22:14 / 06.05.2025
Andijon viloyatida Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilm…
18:41 / 05.05.2025
6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
21:53 / 05.05.2025
Endi shubhali pul o‘tkazmalariga aloqador bank kartalari bloklanadi

Endi shubhali pul o‘tkazmalariga aloqador bank kartalari bloklanadi

Qarorga ko‘ra, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi.
12:10 / 06.05.2025
Asr transferi – Barselonadan Madridgacha…

Asr transferi – Barselonadan Madridgacha…

Figoning 2000-yilda Kataloniyadan Madridga safari nafaqat futbol tarixidagi eng shov-shuvli transfer, balki sport biznesini …
18:27 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
08:39 / 06.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!