$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
33° Kechasi 21°

Uinston Cherchil, Madonna hamda Tom Xenks qiyin kunlarda taslim bo‘lmaslikni o‘rgatadilar

16:26 / 08.04.2020

Hayotimizning eng qiyin kunlarida topib aytilgan bir og‘iz gap bizga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ular hayotimizni tubdan o‘zgartirib yuboradi. Bizga motivatsiya, turtki, ishonch yetishmayotgan bir paytda ikki og‘iz gap hammasini o‘z o‘rniga qo‘yadi. Karantin bois uyda siqilayotgan va balki bundan ham katta qiyinchiliklarga bardosh berishga urinayotgan yurtdoshlarimizga mashhurlar bisotidan 20 ta bebaho maslahatni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. 

1. Mariya Kyuri 

Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi ayol – Mariya Kyurining ushbu so‘zlari koronavirusdan tahlikaga tushib qolgan insoniyat uchun yaxshi maslahat bo‘lishi mumkin: “Hech narsadan qo‘rqish kerak emas, tushunishga urining. Hozir mohiyatini tushunish va ortiq qo‘rqmaslikning ayni vaqti”. 

2. Xaruki Murakami 

Nobel mukofotining adabiyot yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan adiba avlodlariga shunday so‘zlarni yozib qoldirgan: “Agar siz toshqindan omon chiqsangiz, butkul boshqa odamga aylanasiz. Toshqinning asl mohiyati ham shunda”. 

3. Syuzan Sontag 

“Men chegaralarni yaxshi ko‘raman, chunki ular ilhom keltiruvchi o‘ziga xos manba”, deydi amerikalik yozuvchi va faylasuf. Shunday ekan, karantin tugaganidan so‘ng butun dunyo yozuvchilari ajoyib durdona asarlarini chop etishga kirishsa kerak. 

4. Dolli Parton 

“Agar kamalakni ko‘rishni istasangiz, yomg‘irdan o‘tib olishingiz kerak” – bu, kantri janrida ijod qiluvchi qo‘shiqchining eng mashhur iborasi. Mazkur fikrga qo‘shilmasdan ilojimiz yo‘q. 

5. Uinston Cherchill

Britaniya sobiq Bosh vaziri dunyoning millionlab insonlarini ruhlantira oladigan aforizmlari bilan mashhur. Buyuk siyosatchining quyidagi so‘zlari, ayniqsa, diqqatga sazovor: “Havo shari shamol yo‘nalishi bo‘ylab harakatlansa, osmonga ko‘tarila olmaydi. Buning uchun unga qarshi harakatlanishi kerak”. Bu so‘zlari bilan Uinston Cherchil barcha qiyinchiliklar kelgusidagi muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlamoqchi bo‘lgan.

6. Albert Eynshteyn 

Albert Eynshteynning mazkur so‘zlari bir necha kundan buyon uyda qamalib o‘tirgan odamlar yarasiga malham bo‘lishi mumkin: “Barcha muammolar ichida imkoniyat kaliti yashirin bo‘ladi”. 

7. Koko Shanel 

Koko Shanelning ushbu so‘zlari siyosatchilar fikridan mutlaqo kam emas. Faqat u ayollar uchun mo‘ljallangan: “Agar qayg‘uga tushib qolsangiz, labingizni bo‘yang va hujumga kirishing”.

8. Madonna 

40 yillik muvaffaqiyat bosqichidan o‘tib kelgan pop musiqa qirolichasi qiyin kunlardan qanday chiqib ketish sirini biladi: “Ayrim hollarda biz yiqilamiz, mag‘lubiyatga chidaymiz. Biroq eng qiyini – qayta ko‘tarila olish”. 

9. Mayya Anjelou 

Mashhur inson huquqlari himoyachisi o‘z kurashi mohiyatini shunday ifodalaydi: “Maqsadim shunchaki tirik qolish emas, ulgurish. Olijanoblik, ehtiros, yumor va o‘ziga xos uslub bilan yashang. Aynan shu narsa hayot demakdir”. 

10. Nelson Mandela 

“Men tushunib yetdim, jasorat – bu, qo‘rquvning yo‘qligi emas, uni yengib o‘tishdir. Jasurlik qo‘rquvni his qilmaslik emas, uning ustidan g‘alaba qozonish demakdir”. Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti bu gapni butun dunyo sportchi va murabbiylarini ruhlantirish uchun aytgandi. 

11. Stefan Sveyg 

Avstriyalik yozuvchi o‘zining avtobiografik romani “Kechagi dunyo”da shunday yozadi: “Har qanday soya bu yorug‘likning qizidir. Yorug‘lik va zulmat, urush va tinchlik, ko‘tarilish va yiqilish – shularning barchasini ko‘rgan odam haqiqatdan yashab o‘tgan sanaladi”. 

12. Mishel Obama 

“Har bir chandig‘imiz o‘sha paytda his qilgan og‘rig‘imizni emas, tirik qolganimizni ko‘rsatib turadi”. Bu, AQSh birinchi xonimining oltinga teng so‘zlari. U donishmandligi va olijanobligi uchun xalq mehriga sazovor bo‘lgan. 

13. Virjiniya Vulf 

“Mening xayollarimni qamab qo‘ya oladigan birorta ham qasr yo‘q”, deya fikr bildirgan edi britaniyalik yozuvchi, feministik harakat asoschilaridan biri va “Mening xonam”, “Mayoq ustida” kabi klassik asarlari muallifi.

14. Rayner Mariya Rilke

“Barchangiz, qanday bo‘lsangiz shunday qoling, axir baxt va qo‘rquv onlari o‘tkinchidir, biron-bir hissiyot doimiy emas”. Chex shoiri umid tushunchasini shu tarzda bayon qildi. Aytmoqchi, bu iboralarni rejissyor Tayk Vaytiti “Krolik Jodjo” nomli yangi filmida ham qo‘llagan. 

15. Emili Dikinson 

Amerikalik shoira Emili Dikinson, yaqinda o‘z hayotidan hikoya qiluvchi “Apple+” seriali katta ekranlarga chiqqach, yana mashhurlik cho‘qqisiga chiqdi. Shoira o‘zining so‘ngi yillarini uyda qamalib o‘tkazdi va o‘tgan umriga chizgi beruvchi bir fikrni aytdi: “Inson ruhiyatining kamoloti uchun ham og‘ir damlar va qiyin sinovlar zarur”.

16. Karmen Martin Gaite 

“Bizlar tirik ekanmiz, tarix davom etadi”, – bu fikrlar ispan yozuvchisi, dunyo miqyosida katta tijoriy yutuqlar bilan birga ilmiy darajaga ham ega Karmen Mariya Gaitega tegishli.

17. Antonio Machado 

Bu ispan shoiri ko‘plab fojiaviy voqealarni boshidan o‘tkazgan va hayotini birgina fikr bilan ifodalagan: “Hayot – bu lahza”. Hayotingizni har bir lahzasidan foydalaning, bir soniyasini ham boy bermang.

18. Izabel Allende 

“Inson yashirin imkoniyatlari yuzaga chiqmagunga qadar, qanchalar kuchli ekanligini bilmaymiz. Urushlar, kasallik va halokatlar vaqtida odamlar hayratlanarli ishlarga qodir bo‘lishadi. Insonning omon qolish va tiklanish qobiliyati shunchaki gap emas”, deya intervyu bergandi taniqli chililik yozuvchi. 

19. Nil Geyman 

“Sizda bor yagona narsa va faqat siz egalik qilishingiz mumkin bo‘lgan narsa, bu sizning o‘zingiz! Ovozingiz, aqlingiz, o‘tmishingiz va dunyoqarashingiz ham emas. Faqat siz qanday raqsga tushish, chizish, yaratish, yozishni hal qilasiz...”, deya ta’kidlagan britaniyalik yozuvchi va ssenarist, zamonaviy san’at namoyondasi Nil Geyman. 

20. Tom Xenks 

Mashhur aktyor, “Oskar” mukofoti sovrindori Covid-19 ga birinchilardan bo‘lib chalingan aktyor Tom Xenks o‘z instagram sahifasida izoh qoldirgandi: “Unutmang, noxush vaziyat yuz berganiga qaramay beysbolda hech kim yig‘lamaydi”.


Bu ham qiziq

Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjeles politsiya departamenti komendantlik soati joriy etilganiga qaramay, shahar markazida odamlar to‘planishda davom …
11:17 / 11.06.2025
Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025
AQSh Xitoy bilan noyob metallar bo‘yicha bitim tuzdi

AQSh Xitoy bilan noyob metallar bo‘yicha bitim tuzdi

AFP agentligining qayd etishicha, mazkur kelishuv ikki iqtisodiy kuchli davlatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlaridagi tarang…
12:38 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Res…
14:07 / 10.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Rossiyaga bormang, aziz vatandoshlar!”

Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Rossiyaga bormang, aziz vatandoshlar!”

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyodan borgan mehnat muhojirlari Rossiyada tahqirlangani aks etgan lavhalar keng tar…
15:55 / 10.06.2025
Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025
Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025
Chet eldan qaytganlar va mehnat migrantlari majburiy “SPID” tekshiruvidan o‘tadi

Chet eldan qaytganlar va mehnat migrantlari majburiy “SPID” tekshiruvidan o‘tadi

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, uzluksiz 90 kundan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan 18–60 yoshdagi fuqarolar va mehnat faoliyati…
13:05 / 10.06.2025
Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafas…
12:59 / 11.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!