$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Eski telefondagi barcha ma’lumotlarni yangisiga o‘tkazish usuli

13:26 / 16.05.2020

Yangi telefon sotib oldingizmi? Eski qurilmangizdagi ma’lumotlarni yangisiga qanday qilib o‘tkazishni o‘ylab, bosh qotiryapsizmi? Siqilmang. Bugun biz eski telefondagi barcha sozlama va shaxsiy ma’lumotlarni yangi smartfonga qanday qilib o‘tkazish xususida gaplashamiz. Barcha dasturlar, ichki xotiradagi ma’lumotlar, qayd yozuvlari, sozlamalar, tarmoqlar, fon rasmlari, qo‘ng‘iroq ohanglari va boshqalar bilan birga! Bu usulni Android’ning istalgan versiyasida qo‘llay olasiz va u mutlaqo bepul. 

Dastlab Google Play’dan “Clone it” ilovasini yuklab oling. Ushbu dastur ikkala telefonda ham bo‘lishi kerak. Shuningdek, har ikkala qurilmada ham Google’ning bir xil hisob qaydnomasi bo‘lishi lozim. Buni telefonlardagi “Sozlamalar” – “Akkauntlar” – “Sinxronizatsiya” buyruqlar ketma-ketligiga kirish orqali aniqlash mumkin. Eng oxirida Google hisob qaydnomangiz haqidagi ma’lumotlar ko‘zga tashlanadi. Masalan: moja.pochta@gmail.com.
Ikkala smartfonda ham “Sinxronizatsiya” buyrug‘idan keyin bir xil Google hisob qaydnomasi mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Ba’zida ushbu menyuga boradigan yo‘l farq qilishi mumkin.

Endi “Clone it” dasturini ishga tushiramiz va ilovaga barcha ma’lumotlarimizga kirish uchun ruxsat beramiz. Keling, endi tushunish oson bo‘lishi uchun yangi telefonni mijoz, eskisini esa donor deb ataymiz. Ikkala qurilmani ham quvvat manbayiga ulaymiz (ma’lumotlarning umumiy hajmiga qarab, uzatilish jarayoni 2,5 soatgacha davom etishi mumkin). So‘ng sozlamalarga kirib, “Ekranni o‘chirmang” rejimini yoqib qo‘ying. Donorning boshlang‘ich ekranidan biz “Yuboruvchi” buyrug‘ini, mijoz qurilmadan esa “Qabul qiluvchi” bo‘limini tanlaymiz. Shunda “Clone it” ilovasi sizdan qo‘shimcha harakatlarga ruxsat so‘raydi. Siz barcha so‘rovlarga rozi bo‘lasiz.

“Mijoz” “donor”ni ko‘rishi bilan, ikonka ustiga bosing va ulanishga rozi bo‘ling. Bundan tashqari, dastur ma’lumotlarni uzatishning 2 usulini taklif qiladi: toifalar bo‘yicha fayl ko‘rinishida yoki har bir toifadagi fayllardan faqat sizga kerak bo‘lganlarini o‘zingiz tanlab chiqasiz. Kategoriyalar quyidagicha: aloqalar, dasturlar, tizim sozlamalari, rasmlar, musiqa va video... Dastur, shuningdek, fayllarni bir telefondan ikkinchisiga to‘liq uzatishga qancha vaqt ketishini ham hisoblab, aytib beradi. Vaqt daqiqalar bilan ko‘rsatiladi. 

Ma’lumot uzatish paytida ekran o‘chib qolmasligi uchun biz ekran qulfini o‘chirib qo‘ydik va ikkala telefonni quvvat manbayiga uladik. Agar siz tasodifan smartfoningizdagi qulflash tugmasini bossangiz ham, jarayon to‘xtaydi. Ehtiyot bo‘ling! Endi siz “donor”ni chetga surib qo‘yib, keyingi barcha harakatlarni faqat “mijoz” orqali bajarishingiz mumkin. 

Hammasi shu! Jarayon faqat telefonlar orasidagi ulanish tezligiga bog‘liq. Smartfonlarni chetga surib qo‘yib, o‘z ishlaringiz bilan shug‘ullanib yuravering. Bir chashka qahva iching va ko‘chirish jarayoni tugagunicha kuting. Ana, oldimizga qo‘ygan vazifa muvaffaqiyat bilan ado etildi.


Bu ham qiziq

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!