Import avtomobillarga aksiz solig‘ining bekor qilinishi va mamlakatda utilizatsiya yig‘imining joriy etilishi o‘zbekistonliklar o‘rtasida turli bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.
“Norma” nashri ushbu o‘zgarishlarning import yengil avtomobillar qiymatiga qanday taʼsir ko‘rsatishi haqidagi sharhini eʼlon qildi.
Hozirgi vaqtda respublikaga transport vositalarini olib kirishda quyidagi to‘lovlarni to‘lash zarur:
bojxona boji,
aksiz solig‘i,
bojxona yig‘imi,
QQS.
Biz avval yozganimizdek, joriy yil 1-avgustdan boshlab aksiz solig‘i bekor qilinadi va utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi.
Quyida yengil avtomobillar misolida mazkur yangiliklarni inoobatga olgan holda import qilinayotgan transport vositalari qiymati qanday o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi.
Misol tariqasida 1000 kub sm.dan ortiq bo‘lmagan ish hajmli dvigatelga ega import yengil avtomobilining o‘rtacha narxini 6000 AQSH dollari deb olindi.
2020-yil 1-avgustga qadar:
Bojxona boji: 3 240 AQSH dollari (o‘rtacha qiymatining 54 foizi)
Aksiz solig‘i: 1 920 AQSH dollari (o‘rtacha qiymatining 32 foizi)
QQS: 1 674 AQSH dollari (o‘rtacha qiymati, bojxona boji va aksiz solig‘ining 15 foizi)
Bojxona yig‘imi: 25 AQSH dollari (o‘rtacha qiymatining 0,2foizi, biroq 25 AQSH dollardan kam emas)
Utilizatsiya yig‘imi: 0
Jami majburiy to‘lovlar: 6 859 AQSH dollari
Oxirgi narx (AQSH dollarda): 12 859 AQSH dollari
2020-yil 1-avgustdan boshlab:
Bojxona boji: 3 240 (o‘zgarishsiz)
Aksiz solig‘i: 0
QQS:1 386 AQSH dollari (o‘rtacha qiymati va bojxona bojining 15 foizi )
Bojxona yig‘imi: 25 AQSH dollari (o‘zgarishsiz)
Utilizatsiya yig‘imi: 659 AQSH dollari (30 BHM ekvivalentida AQSH dollarida)
Jami majburiy to‘lovlar: 5 310 AQSH dollari
Oxirgi narx (AQSH dollarida): 11 310 AQSH dollari
Farqi (AQSH dollarda): -1 549 AQSH dollari
Shu bilan birga, hajmi 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30 000 dollar. 1-avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi.
Shunday qilib, 1000 kub sm.gacha bo‘lgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12 foizga, 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10 foizga arzonlaydi, deb xulosa qiladi Norma ekspertlari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!