$
12904.51 UZS
-33.42
161.99 UZS
0.89
14575.64 UZS
-89.5
27° Kechasi 16°

Qandli diabetga chalinganlar ham tuxum iste’mol qilishi mumkinligi aniqlandi

00:36 / 24.10.2019

Tovuq tuxumlari sog‘lom ovqatlanish ratsionining ajralmas bir qismidir. Ammo shifokorlar bu mahsulotning foydasi haqidagi fikrlarini o‘zgartirib turishadi

Hozirda ushbu mahsulot uchun joriy ko‘rsatmalar o‘zgartirilgan. Ayniqsa, qandli diabetga chalingan odamlar bilishi kerak bo‘lgan beshta muhim ma’lumot:

1. Diabetga ruxsat beriladi

Картинки по запросу Куриные яйца при диабете: как часто их есть и зачем?

Yog‘siz mol va parranda go‘shti, donali, dukkakli mahsulotlar, sabzavot va mevalar  qatorida tuxum ham diabetga chalingan bemorlar iste’mol qilishiga ruxsat etilgan mahsulotlar toifasiga kiritildi. Ular qonda shakar miqdorini ko‘paytirmaydi, chunki ularning tarkibida uglevodlar yo‘q. Bu mahsulotlar tarkibida hujayralarni tiklash, immunitetni himoya qilish, mushak to‘qimalarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli protein moddasi mavjud. 

Bundan tashqari, ular tarkibidagi yog‘larning 70 foizi to‘yinmagan yog‘ hisoblanadi. Sodda qilib aytganda, ularning tarkibida xolesterin yo‘q. Tuxum diabetga chalingan odamlarga davolash vaqtida iste’mol qilish tavsiya etilgan mahsulotlar ichida to‘qqizinchi o‘rinda turadi. 

2. Qandli diabet uchun foydali

Картинки по запросу Куриные яйца при диабете: как часто их есть и зачем?

Tuxum tarkibi muvozanatlashtirilgan bo‘lishi bilan birga to‘yimli ham hisoblanadi. Shuning uchun tuxumni oqi-yu sarig‘ini birgalikda iste’mol qilish zarur. Har bir tuxum tarkibida muhim moddalar: A va D vitaminlari, B guruhidagi vitaminlar, magniy, rux va temir, oz miqdordagi fosfor, kaliy va kalsiy mavjud.

A va D vitaminlari yog‘da eruvchan moddalar bo‘lib, o‘simlik mahsulotlaridan ko‘ra, hayvon mahsulotlarida ko‘proq uchraydi. Shuning uchun tuxum bu vitaminlarning ideal manbai hisoblanadi. Chunki, tuxum sarig‘i tarkibida yog‘lar mavjud bo‘lib, ular organizmga qimmatli moddalarni to‘liq singdirishga yordam beradi.

3. Tuxumni har kuni iste’mol qilish mumkin

Картинки по запросу Куриные яйца при диабете: как часто их есть и зачем?

2018-yili Sidney (Avstraliya) olimlari tuxum borasidagi standart tavsiyalarni tekshirishga qaror qilishdi. Natijada esa, kuniga bir yarimta tuxum iste’mol qilish zararsiz ekanligi aniqlandi.

Uch oy davomida ular diabet kasaliga chalingan bemorlarni tovuq tuxumlari bilan mehmon qilishdi. Birinchi guruh qatnashchilariga haftasiga 12 dona, ikkinchi guruhdagilarda esa haftasiga 2 donadan tuxum berildi. Bu vaqt ichida ishtirokchilarning xolesterin miqdori, triglitseridlari va qon bosimlari o‘lchab turildi. 

Tadqiqot oxirida ikkala guruh qatnashchilarida ham bu o‘chovlarning hech biri oshib ketmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, tadqiqotchilar diabet bilan kasallanganlarning haftasiga 12 dona tuxum iste’mol qilishi mutlaqo xavfsizligini isbotlashdi.

4. Tuxumni qaynatib yegan ma’qul

Картинки по запросу Куриные яйца при диабете: как часто их есть и зачем?

Qaynatilgan tuxum iste’mol qilish foydali deyishadi. Biroq qaynatilgan tuxum qovurilganidan xavfliroq bo‘lishi mumkin. Agar siz yemoqchi bo‘lgan tuxum salmonella kasalligiga chalingan bo‘lsa, uch daqiqalik qaynatib pishirish undagi bakteriyalarni o‘ldirishga kamlik qiladi. Faqat 10 daqiqalik qaynatish tuxumdagi bakteriyalarni o‘ldirishi mumkin. 

Salmonella infeksiyasi hatto sog‘lom odam uchun ham xavflidir. U diabet kasalligiga chalingan odamda glyukoza miqdorini o‘ta xavfli darajada oshirib yuborishi mumin. O‘tkir ichak infeksiyasi ovqat hazm qilish traktining buzilishiga yoki diabetik komaga olib kelishi mumkin.  

5. Qaynatilgan yoki omlet qilib pishirilgan tuxum qovurilganidan afzaldir

Картинки по запросу omlet

Qovurilgan tuxumni o‘simlik moyisiz pishirish mumkin emas, bu mahsulotda yog‘ miqdorining oshishiga olib keladi. Oshqozon osti bezi kasalliklarida esa o‘ta yog‘li ovqatlar iste’mol qilish mumkin emas. Chunki, oshqozon jigarga og‘ir ovqatlarni qayta ishlashga yordam beradi. Qovurilgan tuxumlar ovqat hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradi.

Bug‘da pishirilgan omletda qaynatilgan tuxumdagi kabi kamchilik yo‘q. Shunday qilib, diabetga chalingan odamlar uchun ham tuxumli ovqatlarni ite’mol qilish xavfsizdir.


Bu ham qiziq

YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-to‘plamiga O‘zbekiston kompaniyasini ham kiritdi

YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-to‘plamiga O‘zbekiston kompaniyasini ham kiritdi

Sanksiyalar ro‘yxati Yevropa Ittifoqining rasmiy saytida e’lon qilingan.
09:42 / 22.05.2025
AQSh xorijga yordam uchun ajratilgan 250 mln dollarni migrantlarni deportatsiya qilishga sarflaydi

AQSh xorijga yordam uchun ajratilgan 250 mln dollarni migrantlarni deportatsiya qilishga sarflaydi

Shu bilan birga, The Washington Post’ning qayd etishicha, o‘tgan hafta Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti 250…
11:23 / 22.05.2025
22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:01 / 22.05.2025
“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Bu supertexnologiya dunyoda faqat bizda bor. “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini ishga tushirish taxminan 175 mi…
11:58 / 21.05.2025
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firibgarlarda ogohlikka chaqirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firibgarlarda ogohlikka chaqirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolarga murojaat qilib, ularni har qanday noqonuniy yo‘llar bilan hajga bormaslikka chaqird…
16:02 / 22.05.2025
Toshkentda YPX xodimi kiyimida suratga tushgan qiz jazolandi

Toshkentda YPX xodimi kiyimida suratga tushgan qiz jazolandi

19-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz yo‘l politsiyasi xodimi kiyimini kiygani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xa…
20:07 / 21.05.2025
O‘zbekiston ilk bor 2025-yilgi Global startap ekotizim indeksining 100 taligiga kirdi

O‘zbekiston ilk bor 2025-yilgi Global startap ekotizim indeksining 100 taligiga kirdi

2025-yil 20-may kuni StartupBlink o‘zining yangilangan Global Startup Ecosystem Index 2025 ma’lumotlarini e’lon qildi. Bu ho…
20:19 / 21.05.2025
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil qilinadi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil qilinadi

Farmonga ko‘ra, maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026-o‘quv yilidan boshlanadi.
11:24 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
16:48 / 21.05.2025
23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:33 / 22.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!