$
12190.43 UZS
49.05
162.09 UZS
1.83
14362.76 UZS
49.29
31° Kechasi 18°

Insoniyat tarixidagi eng qimmat 10 ta o‘g‘rilik

15:38 / 22.11.2019

Pulni sevish odamlarni jinoyatlarga majbur qiladi. O‘g‘rilik esa – pul topishning eng oson va eng samarali usulidir. Quyida eng shov-shuvli va eng qimmat o‘g‘riliklarning o‘ntaligini sanab o‘tamiz. O‘g‘irlangan ba’zi asarlar keyinchalik topilgan, ba’zilari izsiz g‘oyib bo‘lgan, ammo ularni topish umidi saqlanib qolgan.

Tiranozavr suyaklari

Tiranozavr – og‘ir va uzun dumi bilan muvozanatlangan, ulkan bosh suyagi bo‘lgan ikki oyoqli yirtqichdir. Old oyoqlari orqa oyoqlariga qaraganda juda kichik bo‘lsa-da, ammo ular juda kuchli edi. U o‘z oilasidagi eng katta tur va sayyoramiz tarixidagi eng katta yirtqich hisoblanadi.

1945-yilda Mo‘g‘ulistondan uning qoldiqlari, keyin esa butun skeleti topilgan. 2012-yilda Erik Prokopi bir nechta suyaklarni o‘g‘irlab, ularni 1,1 million dollarga sotishga qaror qilgan. Biroq u, qamoqqa olinib, suyaklar muzeyga qaytarilgan.

Edvard Munkaning “Qichqiriq” surati

“Qichqiriq” – ekspressionist rassom Edvard Munkaning 1893-1910-yillarda yaratilgan asari. Rasmning to‘rtta versiyasi yaratilgan va har biri umumiy qizil fonda bo‘lib, osmonga qarab umidsizlikda qichqirayotgan inson qiyofasi tasvirlangan.

1994-yilda rasm Milliy galereyadan o‘g‘irlangan, ammo bir necha oydan keyin o‘z joyiga qaytgan. 2004-yilda “Qichqiriq” va boshqa bir qator asarlar Munkaning muzeyidan o‘g‘irlangan. Ular 2006-yilda zarar yetkazilgan holda qaytarilgan. 2008-yil may oyida rasmlar ta’mirlangandan keyin ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Yoqut poyabzal

1939-yilda Gollivudda “Oz sehrgarlari” filmi namoyish etildi va u kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli filmlardan biriga aylandi. Filmda to‘rt juft poyabzal ishlatilgan, ular deyarli bir-biridan farq qilmaydi. Ushbu yoqut poyabzal yordamida Judi Garlend bosh qahramon – Doroti rolini ijro etgan.

Bir juft yoqut poyabzal Minnesota shtatidagi Judi Garlend muzeyida saqlanardi. Ammo 2005-yilda ular muzeydan g‘oyib bo‘ldi va bu afsonaviy juftlikning qayerda ekanligi hanuzgacha noma’lum. Poyabzal narxi 203 million dollarga baholanmoqda.

Faberje tuxumlari

1885-1917-yillarda “Faberje tuxumlari” deb nomlanuvchi Karl Faberje zargarlik buyumlari seriyasi tashkil etilgan. Zargarlar jami 71 ta tuxum yasashgan bo‘lib, ulardan 52 tasi imperatorning buyrug‘iga binoan yaratilgan. Bugungi kunga qadar faqat 62 ta tuxum saqlanib qolgan, qolganlari esa izsiz yo‘qolgan deb taxmin qilinadi. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, XIX-XX asr oxirlarida har bir Faberje tuxumining narxi 1500 dan 28,300 rublgacha bo‘lgan.

Stradivari skripkasi 

Antonio Stradivari juda yuqori sifatli va eng qimmat torli cholg‘ularni yasash bo‘yicha mashhurlikka erishgan. Uning 1689-yildan 1725-yilgacha yaratilgan musiqa asboblari ko‘pchilikka ma’lum edi.

Mashhur skripkachi Erika Morini 1727-yilda tayyorlangan Stradivari skripkasida kuylarni ijro etgan. Bir kuni kimdir uning xonasiga kirib, afsonaviy skripkani o‘g‘irlagan. Morini vafot etdi, ammo skripka topilmadi. Bugungi kunda ushbu noyob buyumning qiymati 3,5 million dollarga baholanmoqda.

Van Gog rasmlari

Gollandiyalik post-impressionist rassom Vinsent van Gog o‘n yil ichida 2100 dan ortiq rasmlarni, shu jumladan, 860 ga yaqin moyli rasmlarni yaratgan. Ammo uning asarlari o‘limidan keyin mashhur bo‘ldi. Hatto, kichkina rasmlari ham yuqori narxlarga baholandi.

Amsterdamdagi Van Gog muzeyidan uning – “Sxeveningen’dan dengiz manzarasi” va “Nyuenendagi protestant cherkovidan chiqish” nomli ikkita asari o‘g‘irlangan. Ularning umumiy qiymati 30 million dollarga teng edi. O‘g‘rilar qo‘lga olindi, lekin rasmlar muzeyga qaytarilmadi.

Chellini tuzdoni

“Salera” – bu 1543-yilda zargar Benvenuto Chellini tomonidan fransuz qiroli Fransisko I uchun oltindan yasalgan haykalcha. Ushbu asarlar manerizm davrining dekorativ va amaliy bezak san’ati cho‘qqisi hisoblanadi.

Ma’lumki, 1570-yilda qirol Karl IX “Salera”ni Yelizaveta bilan unashtirilgan Tirol qiroli Ferdinandga sovg‘a qilgan. XIX asrgacha “Salera” Inbrukdagi Ambras qal’asining marvaridi bo‘lib qolgan va keyinchalik u, Avstriya poytaxtidagi San’at tarixi muzeyiga olib borilgan.

2003-yil 11-mayda Salera ta’mirlanayotgan muzeydan o‘g‘irlangan. Ushbu haykalning narxi 50 million yevrodan oshiqroq bo‘lishiga qaramay, Avstriya ma’murlari ushbu noyob tuzdonni qaytarib berish uchun atigi 70 ming yevro taklif qilishdi. 2006-yil 21-yanvarda politsiya xodimlari Svetl shahri yaqinidagi o‘rmonda qo‘rg‘oshin qutisiga ko‘milgan “Salera”ni topdilar.

Empire-State-Building osmono‘par binosi

Bir paytlar Nyu-Yorkning Manxettendagi 102 qavatli osmono‘par binosi ham o‘g‘irlangan. To‘g‘ri, o‘g‘rilik haqiqiy emas, faqat provokatsiya edi. 90 daqiqada Daily News muxbiri ushbu binoga egalik qilish uchun hujjatlarni soxtalashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Ular amaldorlarga notarius tomonidan emas, balki afsonaviy bank qaroqchisi – Villi Saton tomonidan imzolangan hujjatlarni ko‘rsatdilar. Ammo hech kim hiyla-nayrangni payqamadi. Kun bo‘yi jurnalistlar eng mashhur osmono‘par binolardan biriga egalik qilishdi, keyin hujjatlar soxta ekanligini ma’lum qilishib, hatto, Davlat binosi ham o‘g‘irlanishi mumkinligini namoyish qilishlarini bildirishdi.

Javohirlar

1994-yilda Fransiyada eng katta zargarlik buyumlari o‘g‘irlanishi boshlandi. Uch qurollangan erkak Karlton mehmonxonasidagi zargarlik buyumlari do‘konini taladilar. Ular taniqli fransuz zargarlaridan biri Aleksandr Rezaga tegishli ekanligi haqida mish-mish tarqalgan 30 million funt sterling qiymatidagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irladilar.

“Mona Liza”

Tarixdagi eng dahshatli o‘g‘riliklardan biri – bu 1911-yilda buyuk rassom Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan dunyoga mashhur Mona Lizaning Luvrdan o‘g‘irlanishi edi. Vinchenso Perudja Luvrda oynasoz usta bo‘lib ishladi. Bir kuni u rasmni hech kim himoya qilmasligini payqadi va uni o‘g‘rilash vasvasasiga qarshi turolmadi. U shunchaki, rasmni devordan olib, uni ramkadan ajratdi va Mona Lizani paltosi ostiga yashirib, uyiga ketdi. 

Rasm ikki yil davomida uning uyida ikki qavatli jomadonda saqlangan. O‘g‘ri rasmni Italiyada sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan.


Bu ham qiziq

Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish ekologik barqarorlikning muhim shartlaridan biridir.
10:35 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimiga nisbatan j…
09:28 / 16.04.2026
Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan O‘zbekist…
10:29 / 15.04.2026
Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Rossiya Ukraina bo‘ylab yirik raketa hujumlarini uyushtirdi. Hujumlar oqibatida Kiyev shahrini quyuq tuman qopla…
15:14 / 16.04.2026
Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyai vakili bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyai vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-aprel kuni Toshkentda Rossiya Prezidenti Administratsi…
09:24 / 16.04.2026
Prezident Sindorovni shaxsan tabrikladi

Prezident Sindorovni shaxsan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javokhir Sindarov bila…
16:14 / 15.04.2026
Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

14-aprel kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilm…
12:35 / 15.04.2026
Rossiya AZAL samolyoti halokati uchun tovon to‘laydi

Rossiya AZAL samolyoti halokati uchun tovon to‘laydi

Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari qo‘shma bayonot bilan chiqib, 2024-yil dekabr oyida yuz bergan Ozarbayjon h…
11:26 / 16.04.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

"Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun san’atsevar xalqimizni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni…
09:15 / 15.04.2026
17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishin…
17:13 / 16.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!