Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish ekologik barqarorlikning muhim shartlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasiga ko‘ra, fuqarolar tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
Mamlakatda qurilish ishlari hajmi ortishi bilan qurilish chiqindilarining belgilanmagan joylarga tashlanishi holatlari ham ortib bormoqda. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bunday holatlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Hozirda maxsus ishchi guruh tomonidan respublika bo‘ylab reydlar o‘tkazilib, noqonuniy chiqindi tashlash holatlari aniqlanmoqda va tegishli choralar ko‘rilmoqda. Ayrim hududlarda videokuzatuv tizimlari ham o‘rnatilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, ekologik huquqbuzarliklarni ko‘rsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: 1157, 1207, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08. Shuningdek, @ecogovuz_bot Telegram boti orqali murojaat yuborish mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!