Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.
DXX va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan operatsiyada ikki holatda jami qariyb 9 kg opiy musodara qilindi.
Birinchi holatda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, ilgari ham narkojinoyat uchun sudlangan shaxs Urganch tumani hududida to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada undan 4 kg 407 gramm opiy topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Ikkinchi holatda esa “Beruniy–Urganch” yo‘nalishida harakatlangan “Lacetti” avtomobili to‘xtatilgan. Unda ketayotgan yana bir fuqaro yonidan 4 kg 541 gramm opiy aniqlanib, musodara qilingan.
Aniqlanishicha, har ikki shaxs ushbu narkotik moddalarni Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, Xorazm viloyatida sotishni rejalashtirgan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Fuqarolarni bunday jinoyatlarga befarq bo‘lmaslikka va shubhali holatlar haqida tegishli idoralarga xabar berishga chaqirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!