$
12114.97 UZS
40.69
162.07 UZS
1.21
14260.53 UZS
41.86
31° Kechasi 18°

Tasodif emas, qat’iyat bo‘lsin. Sattorovning huquqshunoslik yo‘li

17:30 / 16.04.2026

Bugungi globallashuv davrida yuridik ta’lim nafaqat nazariy bilimlar, balki xalqaro tajribani chuqur o‘zlashtirish va turli huquqiy tizimlarni qiyosiy tahlil qilishni ham talab etmoqda. Shu bois, zamonaviy yuristlar oldida nafaqat milliy qonunchilikni mukammal bilish, balki uni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtira olish vazifasi turibdi. Ayniqsa, O‘zbekistonning jahon iqtisodiy bozoriga faol kirib borishi jarayonida huquqiy tizimning xalqaro talab va standartlarga mosligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida, global miqyosda fikrlay oladigan, xalqaro tajribaga ega va raqobatbardosh o‘zbek huquqshunoslariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Bunday murakkab va mas’uliyatli yo‘lda muvaffaqiyatga erishish esa kuchli iroda, uzluksiz mehnat va aniq maqsadni talab qiladi. Aynan shunday sifatlarni o‘zida mujassam etgan yosh huquqshunoslardan biri — Diyorbek Sattorov bo‘lib, uning ilmiy va amaliy yo‘li bugungi yoshlar uchun yorqin namuna bo‘la oladi.


Bolalik davri va huquqshunoslik tomon dastlabki qadamlar

To‘liq ismi: Diyorbek Egamqul o‘g‘li Sattorov bo‘lib, qahramonimiz Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, Qayirma mahallasida ziyolilar oilasida ulg‘aygan. U Xovos tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan davrida ham o‘zining huquqiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishi va mantiqiy fikrlash qobiliyati bilan tengdoshlari orasida ajralib turardi. Maktab yillarida u huquq fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, Respublika bosqichida faxrli 3-o‘rin, shuningdek, viloyat va tuman bosqichlarida g‘oliblik natijalarini qo‘lga kiritgan. Bu yutuqlar uning nafaqat chuqur bilimga ega ekanini, balki mustaqil qaror qabul qilish, tahliliy fikrlash va mantiqiy yondashuv qobiliyatlarini ham erta bosqichda namoyon etganini ko‘rsatadi. Tengdoshlari orasida u o‘zining qat’iy pozitsiyasi, intellektual yondashuvi va masalalarga chuqur tahlil bilan qarashi orqali eslanadi.


Ilk burilish nuqtasi – qat’iyat

2020-yil uning hayotidagi muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘ldi. Aynan shu yili u qat’iyat va mehnatsevarlik evaziga mintaqadagi eng nufuzli yuridik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Toshkent davlat yuridik universitetining Ommaviy huquq fakultetiga yuqori natijalar bilan qabul qilindi. Bu tanlov uning dastlabki burilish nuqtasi bo’lib, tasodif emas edi. Chunki, u dastlabki maktab yillaridanoq global miqyosda fikrlaydigan, turli huquqiy tizimlarni chuqur anglay oladigan mutaxassis bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Qabul jarayonidagi yuqori raqobat va murakkablik ham uning qat’iyatini to‘xtata olmadi — aksincha, bu jarayon uning intilishlarini yanada kuchaytirdi. 2020–2024-yillar oralig‘i uning hayotida keskin rivojlanish va shakllanish davri bo‘ldi. Ushbu bosqichda u nafaqat o‘zining akademik salohiyatini mustahkamladi, balki ketma-ket yutuqlar orqali nazariy va amaliy huquqiy bilimlarini ham sezilarli darajada kengaytirdi. Talabalik davrida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha modul fanlarni yuqori natijalar bilan o‘zlashtirdi, ilmiy izlanishlarda faol qatnashdi hamda hammualliflikda ilmiy maqolalar nashr ettirdi. Shuningdek, universitet miqyosida tashkil etilgan huquqiy loyihalar (TSUL MUN, TSUL Court, Yuridik Klinika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishi uning kasbiy tahlil qobiliyati va nutq madaniyatini yanada rivojlantirdi. U bakalavr bosqichini 4.7/5.0 kabi yuqori akademik natijalar bilan tamomlab, o‘zining intizomi, izchilligi va bilimga sadoqatini amalda isbotladi. Aynan shu davr uning professional yo‘nalishida yana bir muhim burilish nuqtasiga aylandi — u Erasmus+ xalqaro almashinuv dasturi granti sovrindori sifatida Polshaning nufuzli Adam Mickiewicz Universitetida Yevropa huquqiy ta’lim tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu tajriba uning xalqaro huquqiy tafakkurini kengaytirib, keyingi professional shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Bu davrda u Yevropa huquqiy tizimining fundamental manbalari bilan chuqur tanishdi hamda migratsiya huquqi, korporativ huquqi, mehnat huquqi va xalqaro jinoyat huquqi kabi asosiy yo‘nalishlarda bilimlarini kengaytirdi. Ta’lim jarayoni davomida u nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirdi, balki Yevropa huquqiy tafakkurini amaliy tahlil qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. Shuningdek, Polsha va Yevropadagi akademik muhit uning ilmiy yondashuvini yanada kuchaytirib, huquqiy masalalarga nisbatan global va qiyosiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirdi. Erasmus davrida u Shengen hududida 10 dan ortiq davlatlarga sayohat qilib, turli madaniyatlar, huquqiy tizimlar va ijtimoiy modelarni bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. Bu tajriba uning dunyoqarashini kengaytirib, moslashuvchanlik, madaniyatlararo kommunikatsiya va global fikrlash qobiliyatlarini sezilarli darajada rivojlantirdi. Shuningdek, u Yevropa huquqshunosligi va qonunchiligi bo‘yicha tahliliy ilmiy maqolalar ustida ishladi hamda Polshadagi professorlar bilan hamkorlikda akademik izlanishlar olib bordi. Ushbu ilmiy faoliyat uning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamladi, balki uni xalqaro akademik muhitda ishlashga tayyorlaydigan muhim tajriba sifatida xizmat qildi. Bu davr uning akademik va professional rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi hamda kelajakdagi karyerasi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.


Global akademik muhit

Bakalavr bosqichi tugab borar ekan, qahramonimiz maxsus soha doirasida, global bilim beradigan xorijiy universitetlarga topshirgan edi. 2024-yilda u AQSHdagi QS xalqaro reytingida TOP-83 o‘rinni egallagan Pennsylvania State University — Penn State Dickinson Law maktabiga magistratura bosqichiga $45,000 miqdoridagi merit-based grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bu bosqich uning professional shakllanishida yangi sahifa ochdi va uni xalqaro huquqiy muhitning markaziga olib kirdi. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan kelgan talabalar bilan birgalikda tahsil olish jarayoni uning fikrlash doirasini sezilarli darajada kengaytirdi, madaniyatlararo muloqot va global huquqiy tahlil ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdi. Ayniqsa, AQSH huquq tizimini chuqur o‘rganish — tijorat huquqi, AQSh Konstitutsiyaviy va fuqarolik huquqi, migratsiya huquqi, intellektual mulk, shartnomalar huquqi va korporativ huquq modullari uning akademik ilmi va salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu tajriba nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamladi, balki uni global huquqiy amaliyotda faol ishlashga tayyorlaydigan muhim professional platforma vazifasini ham bajardi. Yangi akademik muhit, yuqori talablar va murakkab tizimlar uning kuchli iroda, intizom va moslashuvchanlik ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi. U ushbu ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli yakunlab, magistr darajasini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, uning akademik yutuqlari yanada kengroq kontekstda ham e’tiborga loyiq — u dunyoning 20 dan ortiq QS TOP-100 universitetlaridan, jumladan University of Edinburgh, University of Washington, University of Manchester va University of Liverpool kabi nufuzli oliygohlardan turli merit-based stipendiyalar va qabul takliflariga ega bo‘lgan.


Akademik muvaffaqiyatning eng muhim omillari

Talabalik yillarida u nazariy bilimni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratdi. U uch yil davomida yuridik klinikada volontyor sifatida faoliyat yuritib, fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, real hayotiy huquqiy muammolarni tahlil qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish jarayonlarida faol ishtirok etdi. Shu bilan birga, “Street Law” loyihasi doirasida huquqiy bilimlarni keng jamoatchilikka yetkazish, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tashabbuslarda qatnashdi. Uning amaliy faoliyati huquqni muhofaza qilish organlari va sud hokimiyati tizimiga bevosita tashriflar hamda amaliy uchrashuvlar orqali yanada boyidi. Bu tajribalar unga huquqiy tizimning ishlash mexanizmini real sharoitda kuzatish, qaror qabul qilish jarayonlarini tushunish hamda turli institutsional yondashuvlarni tahlil qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, u bir yil davomida yuridik firmada yetakchi mutaxassis va advokat yordamchisi sifatida faoliyat yuritib, shartnomalar tayyorlash, huquqiy hujjatlarni tahlil qilish hamda mijozlar bilan ishlash kabi professional vazifalarni bajardi. Bu davr uning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, uni real huquqiy muhitda ishlay oladigan yetuk mutaxassis sifatida shakllantirdi. Nazariya va amaliyot uyg‘unligi undagi professional yondashuvning asosiy tamoyiliga aylandi va kelajakdagi huquqiy faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratdi.


Professional huquqshunolik global karyera sifatida

Bugungi kunda zamonaviy huquqshunoslik faqat an’anaviy bilimlar bilan cheklanib qolmay, balki texnologik tafakkur va global yondashuvni ham talab etadi. Shu nuqtai nazardan, Diyorbek Sattorov sun’iy intellekt vositalari, huquqiy ma’lumotlar bazalari (Westlaw, LexisNexis) hamda raqamli yuridik platformalardan samarali foydalanish orqali o‘z kasbiy salohiyatini yanada kengaytirmoqda. U bugungi kunda 10 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi sifatida huquqiy ilm-fan yo‘nalishida izchil tadqiqotlar olib bormoqda. Uning akademik va amaliy yondashuvdagi faoliyati turli milliy va xalqaro e’tiroflar bilan ham mustahkamlangan bo‘lib, xususan, “Young Researcher” xalqaro ko‘krak nishoni, “Kelajak fidokori” milliy medali hamda “Ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani uning izchil mehnati va intilishlarining natijasidir. Bundan tashqari, u xorijiy tillarni o‘rganish orqali o‘zining global kommunikatsiya imkoniyatlarini kengaytirib, turli madaniyatlar va huquqiy tizimlarni chuqurroq anglashga intilmoqda. Uning xalqaro tajriba va sayohatlar orqali orttirgan dunyoqarashi esa uni yanada keng fikrlaydigan, moslashuvchan va global muhitga tayyor mutaxassis sifatida shakllantirmoqda. Kelajakda u xalqaro huquq, xususan korporativ va migratsiya huquqi sohasida yetuk mutaxassis sifatida faoliyat yuritishni maqsad qilgan. Uning bilimlari, tajribasi va doimiy izlanishga asoslangan yondashuvi uni nafaqat milliy, balki xalqaro huquqiy maydonda ham yuqori natijalarga erishishga tayyorlaydi.

Xulosa qilib aytganda, Diyorbek Sattorov — bu faqatgina yosh huquqshunos emas, balki ilmiy izlanish, amaliy tajriba va global tafakkurni o‘zida mujassam etgan yangi avlod vakilidir. Uning yo‘li shuni ko‘rsatadiki, qat’iyat, mehnat va uzluksiz rivojlanish orqali mahalliy imkoniyatlardan boshlangan sayohat xalqaro darajadagi professional shakllanishga aylanadi. 


O‘zbekiston


														
														Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
14:48 / 10.05.2026

														
														O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
12:42 / 10.05.2026

														
														O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026

														
														Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026

														
														Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, harakatdagi transport …
15:20 / 09.05.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Xotira va qadrlash kunida biz tariximizning eng fojiali, shu bilan birga qahramonona sahifalaridan birini yodga olamiz.
13:23 / 09.05.2026

														
														Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinch…
11:59 / 09.05.2026

														
														Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiy viloyatida bir necha kun davom etgan “Media haftalik” loyihasi yakunlandi. Haftalik doirasida tashkil etilgan Media f…
10:36 / 09.05.2026

														
														9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:12 / 08.05.2026

														
														Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 18–19-may kunlari Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” ma…
17:40 / 08.05.2026

Bu ham qiziq

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinch…
11:59 / 09.05.2026
Samarqandda sunnat amaliyotidan so‘ng ikki bola vafot etdi

Samarqandda sunnat amaliyotidan so‘ng ikki bola vafot etdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan sunnat amaliyotidan keyin ikki nafar bola vafot etg…
14:00 / 07.05.2026
O‘zbekiston MTJga yangi murabbiy qo‘shildi

O‘zbekiston MTJga yangi murabbiy qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyas…
17:29 / 07.05.2026
Bugun barcha xodimlar 1 soat erta ketishlari mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat erta ketishlari mumkin

Mehnat kodeksiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida…
10:02 / 08.05.2026
Rossiya Ukraina sulh rejimini 1365 marta buzganini ma’lum qildi

Rossiya Ukraina sulh rejimini 1365 marta buzganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni qarori bilan 8-may soat 00:00 dan …
11:47 / 08.05.2026
Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiy viloyatida bir necha kun davom etgan “Media haftalik” loyihasi yakunlandi. Haftalik doirasida tashkil etilgan Media f…
10:36 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Avstriya delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Avstriya delegatsiyasini qabul qildi

7-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Beate…
16:59 / 07.05.2026
Jarima ballari 12 tadan oshgan haydovchilar soni 49 nafarga yetdi

Jarima ballari 12 tadan oshgan haydovchilar soni 49 nafarga yetdi

Ularning ishlari sudga yuborilgan. Yana 132 nafar haydovchining jarima ballari 8 tadan oshgani ma’lum qilindi.
15:04 / 08.05.2026
O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!