Xorazm viloyatida 4 nafar ayolning jinoiy qilmishlariga oid sud ishi yakunlandi.
Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani sudining hukmiga ko‘ra, D.Karomat, D.Olma, R.Nargizalarga 1 (bir) yil 6 (olti) oy va D.Ra’noga 1 (bir) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, jabrlanuvchi O.Hamidaning ularga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi inobatga olingan.
Sud tergovi davomida ma’lum bo‘lishicha, D.Karomat, D.Olma, D.Ra’no va R.Nargizalar bir guruh bo‘lib, 2020-yil 9-iyun kuni soat 22:40da, jamoat joyi hisoblangan Qo‘shko‘pir tumani “Oqdarband” qishlog‘i hududida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan O.Hamidani D.Karomatning o‘g‘lining oilasini buzganlikda, uch nafar farzandi yetim qolayotganlikda ayblab janjallashib, uni urib do‘pposlab, jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq xurmatsizlik qilayotganligini anglaganliklari holda H.Otaniyozovani kiyimlarini yirtib, qo‘llarida bo‘lgan tayoq bilan tanasining turli joylariga urib, qaychi bilan sochlarini kesib tashlab, qasddan bezorilik jinoyatini sodir qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tegishli tartibda ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!