Hamma ham barcha barmoqlaridan foydalangancha klaviaturada tez va oson yozishni bilmaydi. Bunday foydali ko‘nikmani shakllantirishda sizga bir qancha dasturlar yordam berishi mumkin.
1. Stamina
Ushbu dastur klaviaturada tez yozishga o‘rgatadi va eng asosiysi, uning rus tilidagi funksiyalari ham bor. Shu sabab Stamina’dan yoshi kattalar ham, bolalar ham bemalol foydalanishlari mumkin.
• Dastur onlayn shaklda, brauzerda ishlaydi. Shuningdek, uni Windows uchun ham yuklab olsa bo‘ladi.
• Dasturdan nafaqat rus, balki ingliz, ukrain, ispan va boshqa bir qator xorij tillarida ham foydalanish mumkin.
• O‘rgatish dasturlari maxsus bo‘limlarga bo‘lingan.
• Qulay interfeysi sabab uni hatto keksalar ham oson tushuna oladi.
2. Tipp10

Intellektual va eng asosiysi mutlaqo bepul dasturlardan biri Tipp10’dir. Dastur Mac, Windows va Linux’da ham qo‘llanishga mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu dastur ham onlayn shaklda brauzerlarda ham ishlaydi.
Birinchi dars mashg‘ulotlaridan keyin dastur sizga maxsus test qatorlarni havola qiladi. Ularni tez yozish orqali siz o‘rganganlaringizni amaliyotda sinab ko‘rishingiz mumkin. Mashq so‘ngida olingan natijalarga qarab sizning bahoyingiz ham aniqlanadi.
3. TypingClub

Ushbu dastur yordamida ham siz tez yozishni tezgina o‘rganib olishingiz mumkin. TypingClub’da ham mashq qildiruvchi maxsus topshiriqlar mavjud. Tez yozishni mashq qilish davomida dasturda qiziqarli ma’lumotlar, video tasvirlarni ko‘rish imkoniyati ham bor. Interfeys tilini o‘zgartirish imkoniyati ham yo‘q emas.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!