Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019-yil 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputat Rasul Kusherbayev umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini optik tolali internet aloqa vositalari bilan ta’minlash holatiga to‘xtalib o‘tdi. Deputat 2020-yilga mo‘ljallangan Davlat byudjetida yurtimizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini optik tolali internet aloqa vositalari bilan to‘liq ta’minlash masalasini aks ettirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
– Bu, o‘z navbatida, joylardagi infratuzilmaning rivojlanishiga, aholining axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik darajasining oshishiga xizmat qiladi, – deydi deputat Rasul Kusherbayev.
– “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda, uch yillik chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqqanmiz, – deydi ushbu masala yuzasidan so‘z olgan Xalq ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Temur Komilov. – Unda mamlakatimizda 10 mingta ta’lim muassasasi bosqichma-bosqich internet aloqa vositalari bilan ta’minlash masalasi o‘z aksini topgan. Xususan, 2019-yilda 4152 ta, 2020-yilda 4367 ta, 2021-yilda 1600 ta ta’lim muassasasini to‘liq optik tolali aloqa liniyalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bu masala bo‘yicha mablag‘dan muammo yo‘q.
Mazkur masala majlisda atroflicha muhokama qilinib, 2020-yil mamlakatimizdagi barcha maktablar optik tolali internet aloqa vositalari bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!