Filippindagi Luson orolidagi Maniladan 8 soatlik masofada tabiatning g‘aroyib olami joylashgan. Ular orasida Batad qishlog‘ining aholisi yashab, mehnat qilishadi. Ko‘z o‘ngingizda guruch yetishtiriladigan maydon manzaralari gavdalanadi.
Guruch dalalari 20 kv metrdan ortiq maydonni egallagan. Ulkan zinapoyani esga soladi. Ular 2 ming yil muqaddam qo‘lda qazilgan va tog‘lar shaklini takrorlaydi. Eng sodda mehnat qurollari – bolg‘acha va iskana yordamida bu yerdagi ifugao qabilasi mahalliy landshaftni guruch yetishtirish uchun moslashtirgan.
Qadimdan sinchkovlik bilan o‘ylangan kanallar tizimi saqlanib qolgan bo‘lib, ular yordamida tog‘dan oqib tushayotgan suv oqimi taqsimlanadi. Istalgan vaqtda uning yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin: qayerdadir yerni suv bilan to‘ldirish, boshqa yerni esa aksincha, quritish.
O‘sha vaqtdan beri odamlar hayotida ham, guruchni yetishtirish va qayta ishlashda ham ko‘p narsa o‘zgargani yo‘q. Bugun guruch dalalari Filippinning diqqatga sazovor joyiga aylangan. Mahalliy 1000 pesolik kupyurada uning tasvirini ko‘rish mumkin.
1995 yildan boshlab guruch dalalari YuNeSKO tomonidan qo‘riqlanadi. Bu manzarani ko‘rganingizda hayratda qolishingiz aniq.
Batad qishlog‘i aholisi guruch dalalarida ishlaydi. U yerda yaqindagina elektr tizimi paydo bo‘ldi.
Guruch dekabr oyida ekilib, uni yig‘ib olish iyun oyida boshlanadi.
Qolgan vaqtda guruch dalalaridan mahalliy aholi ratsionidagi qo‘shimcha mahsulot - baliq yetishtirish uchun foydalaniladi.
Dastlab ko‘chatni tayyorlab olish lozim. U alohida yetishtiriladi.
Yerni bir xil massaga aylanishi uchun u oyoqlar bilan aralashtiriladi. Unga guruch ko‘chatlari ekiladi. Barcha harakatlar texnik moslamalarsiz, yalang oyoqda va qo‘lqoplarsiz amalga oshiriladi.
Guruch injiq o‘simlik bo‘lmasa ham e'tibor va namlikni muayyan darajada saqlashni talab qiladi.
Yig‘ib olingan hosilni uzoq vaqt quritish, keyin esa donni po‘stidan ajratish kerak bo‘ladi.
Guruch dalalarini yovvoyi va qalin o‘rmonlar hamda chiroyli sharsharalar o‘rab turadi.
Tez orada guruchni o‘tib bo‘lmaydigan yo‘lkalardan yelkada tashimasdan yangi qurilayotgan yo‘l bo‘ylab olib o‘tish mumkin bo‘ladi.
Namlik yuqori bo‘lgani sabab – yomg‘irlar mavsumi juda uzoq – quruvchilar beton quvurlarga yashirinishlariga to‘g‘ri keladi.
Biroq tropik o‘simliklar uchun bu faqat foyda. Atrofni yam-yashil, qalin o‘rmonlar qoplab olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!