Sifatli sariyog‘ sut va qaymoqdan tayyorlanadi. Uning tarkibi u ishlab chiqariladigan mamlakatga bog‘liq. Ba’zi joylarda mahsulot tannarxini pasaytirish uchun saryog‘ tayyorlashda o‘simlik yog‘laridan foydalanailadi. Natijada sun’iy qo‘shimchalar qo‘shilgan qalbaki saryog‘lar iste’mol bozorlariga kirib boradi. Qalbaki mahsulotlarga aldanib qolmaslik uchun ularni ajratib olishni bilish kerak.
Haqiqiy sariyog‘ning belgilari
Mahsulot tanlanayotganda bir nechta unsurlarga e’tibor berish kerak.
Rang
Yozda tayyorlangan sariyog‘ rangi sarg‘ishroq bo‘ladi. Sababi bu davrda sigirlar barra mahsulotlar bilan oziqlanadi. Qishda esa sigirlar faqat quruq mahsulotlar bilan boqilgani uchun sariyog‘ rangi oqishroq bo‘ladi. Bundan tashqari mahsulot qadog‘i biroz ochilganda haqiqiy sariyog‘ hidi dimoqqa uriladi.
O‘simlik yog‘laridan tayyorlangan sariyog‘ rangi ham oqish bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar unga sarg‘ish rang berish uchun karotin (sariq-zargʻaldoq rangli modda) moddasini qo‘shishadi. Shuning uchun mahsulot tanlayotganda uning boshqa xususiyatlariga ahamiyat berish kerak.
Muvofiqlik
Sut yog‘i 30-32 daraja haroratda eriy boshlaydi. Haqiqiy saryog‘ muzlatgichda toshga aylanib qoladi. Muzlatgichdan olingan sariyog‘ istemol qilsa bo‘ladigan darajaga kelishi uchun 30 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.
Qalbaki sariyog‘lar tarkibida o‘simlik yog‘lari bo‘lgani uchun ular muzlatgichda ham qattiqlashmaydi. Bunday mahsulotni muzlatgichdan olganidan so‘ng 10 daqiqa o‘tgach bemalol non ustiga surtib iste’mol qilish mumkin bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, saryog‘ mahsulotlariga palma yog‘i qo‘shilishini yashirishning hojati yo‘q. Aslida, o‘simlik yog‘laridan tayyorlangan saryog‘lar butunlay boshqacha ta’mga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar ularni qaymoqli sariyoqqa o‘xshatish uchun turli aramatizatorlar, rang va ta’m kuchaytiruvchi moddalardan foydalanishadi.
Tabiiy sariyog‘ kesilganda maydalanib ketishi kerakmi?
Agar mahsulot ishlab chiqarishda va saqlanishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, sariyog‘da suv yig‘iladi. Natijada bunday saryog‘ kesilganda maydalanib ketadi. Lekin bunda saryog‘ning muzlaganlik darajasiga ham ahamiyat berish kerak.
Mahsulot sifatini uy sharoitida qanday tekshirish mumkin?
Soxta saryog‘ni aniqlashning yana bir necha samarali usullari mavjud:
Iliq suv
Bir stakan iliq suvga bir qoshiq sariyog‘ soling. Bu holatda tabiiy sariyog‘ butunlay erib ketishi kerak. Agar mahsulotda o‘simlik yog‘lari bo‘lsa, suvda erimaydigan birikmalar, stakanning pastki qismida cho‘kindi hosil bo‘ladi.
Tovada eritilganda
Haqiqiy sariyog‘ bo‘lagi tovada eritilganda atrofga xushbo‘y hid taralib, sariyog‘ bo‘lagi bir tekisda oppoq ko‘pik ko‘rinishida eriydi. Soxta sariyog‘ esa bu holatda shaffof ko‘rinishda eriydi.
Margansovka
Haqiqiy sariyog‘ margansovkali suvga solinganda suv rangi yorqinlashadi. Margansovkali suvga qalbaki sariyog‘ solinganda esa suv rangida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!