1-iyundan boshlab Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda, shu jumladan, Samarqand shahri hududi bo‘ylab stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi. Bu haqda Telegram’dagi “Rasmiy xabarlar” kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina ertalab 07:00 dan – 10:00 gacha, kechasi 17:00 dan – 20:00 gacha ruxsat beriladi.
“Mashina salonida ikki kishi bo‘lishi, ishga, kasalxonaga borish, dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish asosiy maqsad bo‘lishi kerak”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!