$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
33° Kechasi 18°

“Tushkunlik faylasufi” Artur Shopengauerdan 24 iqtibos

10:38 / 30.06.2015

XIX asrda yashagan taniqli nemis faylasufi Artur Shopengauer odamlarni uncha xushlamas, butun umrini bo‘ydoqlikda o‘tkazgan erkinlik tarafdori edi. U nemis romantizmini yoqtirar, g‘aroyibotlar bilan qiziqar, “falsafa ikki ming yil mobaynida yaratishi mumkin bo‘lgan eng muhim voqelik”, deya Immanuil Kant ishlariga yuqori baho berar, buddaviylikning falsafiy g‘oyalarini ardoqlardi. 

Artur Shopengauer mavjud dunyoni “olamlar ichida eng yaramasi”, deya nomlagani tufayli “tushkunlik faylasufi”, degan laqab orttirib olgandi. Biroq bu narsa unga inson tabiati, istak va maqsadlarini har tomonlama o‘rganishga xalaqit bermadi. Uning yozish uslubini “hikmatomuz” deb atashgandi: Shopengauerning ko‘plab iqtiboslari  yodlab olishga ham arziydi.

  • O‘zingizga o‘zingiz: “Buni o‘zgartira olmayman, demak, endi buning foydali tomonini axtarish qoldi”, deb tez-tez gapirib turish mantiqdan xoli bo‘lmasdi. 
  • Sen o‘zingni o‘rab turgan be'manilikka qarshi hech narsa qila olmaysan! Lekin behuda tashvishlanma, axir botqoqqa otilgan tosh aylana hosil qilmaydi. 
  • Boylik xuddi sho‘r suvga o‘xshaydi: undan qanchalik ho‘plaganingiz sari shunchalik tashnaligingiz ortib boraveradi.
  • Odamlar boylik orttirish to‘g‘risida aql va yuraklari tarbiyasiga e'tibor berishdan ko‘ra ming karra ko‘proq tashvishlanishadi. Vaholanki, baxt va toleimiz uchun insonda aslida mavjud bo‘lgani, shubhasiz, u orttirganidan ko‘ra muhimroqdir.  
  • O‘rtamiyona odam vaqtini qanday o‘ldirish bilan ovora, iste'dod esa vaqtdan qanday foydalanish ustida bosh qotiradi.
  • Kim yolg‘izlikni sevmasa, demak, u erkinlikni ham yoqtirmaydi.
  • Ba'zan qaysidir olis maskanni qo‘msayotgandek tuyulamiz. Aslida esa biz o‘sha yerda hozirgidan ko‘ra yoshroq va bardamroq bo‘lgan paytlarda o‘tkazgan lahzalarimizni qo‘msayotgan bo‘lamiz. Vaqt bizni joy niqobi ostida shunday aldaydi...
  • Har bir bola qaysidir ma'noda daho va har bir daho qaysidir  ma'noda boladir.
  • Dushmaning bilishi lozim bo‘lmagan gapni do‘stingga ham aytma.
  • Insoniyat taraqqiyotidagi jiddiy to‘siqlardan biri sifatida shuni hisoblash  lozimki, odamlar boshqalardan aqlliroq bo‘lganni emas, hammadan ko‘ra qattiqroq gapirganni eshitishadi.
  • Har bir kishini tinglash mumkin, ammo hamma bilan ham gaplashish shart emas. 

Bu ham qiziq

Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani 21-maktab o‘quvchilari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘l…
21:27 / 03.05.2025
Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Unian nashrining ma’lum qilishicha, josuslik dasturi allaqachon 100 dan ortiq mamlakatda aniqlangan.
11:03 / 03.05.2025
4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
22:10 / 03.05.2025
Turkiya Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida uning samolyotiga havo hududini ochmaydi

Turkiya Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida uning samolyotiga havo hududini ochmaydi

Qaror Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvi fonida qabul qilingan bo‘lishi mumkin.
08:33 / 04.05.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
10:00 / 02.05.2025
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qotil umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qotil umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada bir qator shafqatsiz qotilliklarda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
20:57 / 02.05.2025
Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Shuningdek, yana 4 nafar rossiyalik mansabdorlar ham “qora ro‘yxat”dan joy olgan.
11:50 / 03.05.2025
Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi 2025-yilgi haj mavsumi 13-maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar…
14:15 / 03.05.2025
Bugun Green Card javoblari chiqadi

Bugun Green Card javoblari chiqadi

AQShning xilma-xillik viza dasturiga 2026-yil uchun berilgan arizalar (DV-2026) javoblari bugun, 3-may kuni e’lon qilinadi.
10:02 / 03.05.2025
O‘zbekistonliklarning Rossiya safida urushda qatnashgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

O‘zbekistonliklarning Rossiya safida urushda qatnashgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burxonovning ma’lum qilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolab, Ukrai…
10:31 / 03.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!