Uolt Disney kompaniyasini mashhur qilgan “Mickey Mouse”ni barchamiz yaxshi ko‘ramiz. Uning ishtirokidagi multfilmlarni bolalarga qo‘shilib, biz kattalar ham maroq bilan tomosha qilganimiz rost. Tan olib aytish kerakki, Mickey ekranda paydo bo‘lganida ikki daqiqa bo‘lsa-da, undan ko‘zimizni uzolmay qolamiz. Buni qarangki, bugun bu jajji sichqoncha 91 yoshga kiribdi. Qarib ketibdi-ku, dersiz. Yo‘q, also. U hamon mittigina bo‘lib dunyo bolalarini katta qilmoqda. Garchand uni dunyoga keltirgan Uolt olamdan o‘tgan bo‘lsa-da, bugun Mickey ishtirokida yangi multfilmlar ishlanib, bolajonlarga taqdim qilinmoqda. Keling, endi jajji sichqoncha haqidagi qiziqarli faktlarni ko‘rib chiqsak.
1928-yil 19-sentyabr kuni Nyu-York shahrida Mickey Mouse ishtirokidagi ilk multfilmning taqdimoti bo‘lib o‘tgan.
"Mickey Mouse" ishtirokidagi ilk multfilmdan lavha
Multfilm sichqonchasining asosiy xususiyati uning quloqlari. Mickey boshini burganida ular har doim bir xil holatda turadi. E’tibordan chetda qolgan bu kichik xato keyinchalik mashhur brendning qimmatbaho xususiyatiga aylangan.
Bugungi kunda Mickey Mouse nafaqat Uolt Disney kompaniyasi, balki umuman Amerika pop madaniyatining timsoli hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Uolt Disney sichqonlardan qo‘rqqan ekan.
Sichqonning birinchi ismi Mortimer bo‘lgan. Ammo, bu nom Uoltning xotiniga yoqmaydi. Natijada, ayolining qarori bilan personaj nomi o‘zgartiriladi.
Mickeyni mashhur qilgan yana bir xususiyat bu uning oppoq qo‘lqoplari. Multfilmning ilk namoyishlarida sichqonchada qo‘lqoplar bo‘lmagan. Faqat 1929-yil 28-martdan boshlab qahramon qo‘lqop kiygan. Oq qo‘lqop oq-qora tasvirli multfilmda sichqonchaning barmoq harakatlarini pioninodan ajratib ko‘rsatish uchun kiydirilgan.
1935-yilda chiqarilgan “The Band konsert” filimida sichqoncha ilk marta rangli tarzda tasvirlangan.
“Mickey Mouse”ning to‘liq metrajli debyuti 1940-yilda ishlangan “Fantaziya” multfilimi hisoblanadi. Ungacha 102 ta qisqa metrajli filmlari bo‘lgan.
Uning ilk to‘liq metrajli filmlari ikkita Oskar mukofotini olish bilan birga AQSh kino tanqidchilari milliy kengashi sovrini va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Bundan tashqari, Uolt Disney eng ko‘p “Oskar”ni qo‘lga kiritgan media kompaniya hisoblanadi. Firmaning mediamahsulotlari 64 marta nomzodlikka qo‘yilgan bo‘lib, 24 marta “Oskar” mukofotni qo‘lga kiritgan.
Bugungu kunda “Mickey Mouse” tasviridan foydalangan holda juda ko‘p mahsulotlar ishlab chiqariladi. O‘z navbatida mualliflik huquqidan foydalangan Disney kompaniyalari bundan katta foyda olishadi. Eng katta foyda 1930-yildan beri ishlab chiqarilayotgan “Mickey Mouse” qo‘g‘irchoqlaridan olinadi.
Ko‘pgina Disney istirohat bog‘larida vaqti-vaqti bilan ramkada Mickey Mouse'ning boshi va yumaloq quloqlari ko‘rinishidagi soya yoki boshqa kompozitsiyalar paydo bo‘ladi.
Mashhur sichqoncha haqidagi hamma faktlarni keltiradigan bo‘lsak, maqolani tugata olmasligimiz aniq. Agar Mickeyning otasi Uolt Disney haqidagi ma’lumotlarga qiziqayotgan bo‘lsangiz, mana bu havola ustiga bosing.
Nozima RAHMATOVA tayyorladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!