$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Tuzning siz bilmagan 14 xususiyati

16:30 / 28.02.2020

Ko‘pchilik insonlar uchun tuz oddiy ziravor, xolos. Biroq tajribali uy bekalari undan qanday foydalanish (kir yuvish, dog‘larni ketkazish)ni yaxshi bilishadi. Bundan tashqari, oddiy tuz kasallikni davolash vositasiga ham aylanishi mumkin. Bugun biz tuzdan siz bilmaydigan tarzda foydalanish yo‘llarini o‘rgatamiz. 

Gaz duxovkasidagi noxush hid

Agar duxovkada avval tayyorlangan taomning o‘tkir hidi saqlanib qolgan bo‘lsa, dolchinli tuz yordam beradi. Dolchin va tuzni duxovka patnislariga saxiylik bilan seping va qizdirib, bir necha daqiqa kuting. Jarayondan so‘ng, tuzli aralashmani chiqindi chelagiga ag‘daring, duxovkani esa yaxshilab artib yuboring.

Kumush taqinchoqni tozalash

Sirka va tuz aralashmasi kumushni tozalovchi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Kumushdan yasalgan taqinchoq yoki qoshiq-sanchqilarni shu suyuqlikda 15-20 daqiqa ivitib qo‘yib, quruq, yumshoq mato bilan arting va oqib turgan suvda chaying. Biroq qorayib qolgan kumush taqinchoqni bu tarzda tozalab bo‘lmaydi.

Kir yuvish

Agar siz rangli kiyimlarni aralashtirib yuvmoqchi bo‘lsangiz, suvga ozgina yirik tuz qo‘shib yuboring. Shunda kirlarning tiniq rangi uniqib qolmaydi. 

Tish og‘rig‘i

Buvilarimiz avjiga chiqqan tish og‘rig‘ini bir stakan suvga ikki oshqoshiq tuz qo‘shib chayish orqali qoldirgan ekan. Ayni shu aralashma bilan tomoq va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini (stomatitdan tashqari) ham davolash mumkin.

Oyoqni vanna qilish

Ko‘p terlaydigan oyoqlarni tuzli vanna yordamida davolash mumkin. Kechqurun, uyqudan avval oyog‘ingizni 10-15 daqiqa tuzli suvga tiqib turing. Bu muolajani har kuni takrorlash mumkin. Tuz terini quritib, yog‘ bezlari faoliyatini susaytiradi.

Tuzli skrab

Yuqorida aytib o‘tganimizdek tuz terini quritib, undagi o‘lgan hujayralarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Demak, undan ajoyib skrab tayyorlash mumkin. Bunday skrabni hosil qilish uchun mayda tuzga limon sharbati va zaytun yog‘i qo‘shiladi. Tanaga samarali skrab tayyorlash uchun esa biroz qayta ishlangan qahva quyqasiga tuz, kokos yoki zaytun yog‘i qo‘shish lozim.

Quvurdan suv ketmay qolsa

Agar qo‘lingizda quvurni tozalash uchun biror vosita bo‘lmasa, tiqinlarni oddiy tuz yordamida ham ketkazish mumkin. Shunchaki quvur og‘ziga ikki qoshiq tuz sepib, orqasidan qaynoq suv quyib yuboring. Ikki daqiqadan so‘ng suv ketishi yaxshilanadi.

Pol va oynalarni yuvish uchun

Tabiiy vositalardan foydalanadiganlar tuzning tozalovchi va dezinfeksiyalash xususiyati haqida yaxshi bilishadi. U tashqi yuzani tozalash bilan birga xona havosini ham musaffolashtiradi. Kimyoviy vositalarga allergiyasi borlar va yosh bolali onalarga pol va oynalarni tuz bilan tozalash tavsiya etiladi. Shunchaki 2 oshqoshiq tuzni uch litr suvga solib, tozalashga kirishing.

Dazmol ostidagi dog‘

Tuz yordamida dazmol ostida qolgan dog‘ni osonlikcha ketkazish mumkin. Buning uchun yirik tuzni mato ustiga sepib, dazmolni bir necha bor ustidan yurgizing.

Yog‘li tovani tozalash

Judayam yog‘li tovani tozalamoqchi bo‘lsangiz, tuz sizga yordam beradi. Uni tova tubiga qalin qilib seping va ozgina suv qo‘shib, olovda 5-10 daqiqa ushlang. Keyin esa oqib turgan issiq suvda osonlik bilan chayib yuborishingiz mumkin.

Taxtakach kirlanganda

Taxtakach unda to‘g‘ralgan barcha mahsulotning hidini o‘ziga oladi. Shu bois ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish lozim. Buning uchun tuz va limondan foydalaning. Bir bo‘lak limon bo‘lagi bilan taxtakach ustiga sepilgan tuzni ishqalab chiqing. 10-15 daqiqa qoldirib, so‘ng yuvib tashlang.

Chumolilarga qarshi kurashish

Qo‘l ostingizda hasharotlarga qarshi kurashadigan biror vosita bo‘lmagan paytda siz oddiygina tuz yordamida chumolilarga qarshi kurashishingiz mumkin. Tuzni uyalar oldiga, tokcha, burchak-burchaklarga sepib chiqing. 

Tuxum yorilib ketsa

Tuxumlarni taxlayotganingizda yerga tushib, bo‘linib ketdimi? Ustiga darhol tuz sepib, 5 daqiqaga qoldiring, keyin quyuq massani yig‘ishtirib olish osonlashadi.

Begona o‘tlarni tozalash uchun

Tuz faqatgina oshxonada emas, tomorqada ham yaxshigina yordam beradi. Uning yordamida hatto eng qalin o‘tlarni ham tozalash mumkin. Dastlab o‘tlar ustiga 9 foizli sirka quyib chiqing va ustidan tuz ham seping. Eng muhimi, me’yoridan oshirib yubormaslik.


Bu ham qiziq

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!