$
12422.90 UZS
-37.8
154.30 UZS
-0.76
14457.77 UZS
-87.61
36° Kechasi 21°

Kun tarixi: Toshkent metrosi necha yoshda? Sharof Rashidov bilan metroning ishga tushirilishi o‘rtasida qanday bo‘g‘liqlik bor?

12:07 / 06.11.2019

Toshkent metropoliteni 42 yildan buyon ishlab kelmoqda. Uning qurilishi uchun Sharof Rashidov bor kuch-g‘ayrati bilan mehnat qilgan. Balki, buni ko‘pchilik bilar, balki bilmas, bugun biz, Toshkent metrosi ilk bora ishga tushirilgan sana munosabati bilan tarixda o‘tgan voqealar haqida yana eslashga qaror qildik. 

Xo‘sh, Rashidov metro uchun nima qilgan?

Похожее изображение

“Rashidov bo‘lmaganda metro bo‘lmasdi”, degan gap-so‘zlar ba’zan qulog‘imizga chalinib qoladi. Toshkent metrosi yaqin vaqtgacha Markaziy Osiyoda yagona edi.
O‘sha vaqtlarda Oʻzbekiston kommunistik partiyasi Markaziy kengashining 1-kotibi bo‘lgan Sharof Rashidov 1966-yildagi kuchli zilziladan so‘ng vayronagarchiliklarni saranjomlagach, Toshkentda yerosti yo‘li qurilishi uchun kurasha boshlaydi. Dastlab, SSSR hukumati uning bu harakatiga qarshi chiqadi. Markazdagilar hali zilzilani, hali yerosti suvlarini bahona qilib, metro qurilishiga rozi bo‘lishmaydi. Qo‘pol qilib aytganda, ular Rashidovga “Sizlarga metroni kim qo‘yibdi” qabilida muomala qilishgan. Biroq Sharof Rashidov eng bilimdon va tajribali mutaxassislar ishtirokida tahliliy ma’lumotlar tayyorlatib, Toshkentda metropoliten qurishga asos borligini isbotlab bergan. 

Похожее изображение

Yana bir qiziq tomoni, o‘sha vaqtlarda Kreml metroni Toshkentda emas, Olmaotada qurishni ko‘zlagan. Lekin Rashidov “yerosti relsi”ni Toshkentga bura olgan.

Ana shundan so‘ng 1972-yili poytaxtda metro qurilishi boshlangan. Qurilish 1977-yili yakunlanib, metro 6-noyabrda ilk bora ishga tushirilgan. 

Mana shundan beri, biz eng arzon va eng tezyurar transport vositasidan mamnunlik bilan foydalanamiz. Bugun ishlab turgan metro stansiyalarining hammasi bir vaqtda qurib, ishga tushirilmagan. Ya’ni, 1977-yili “Olmazor”, “Chilonzor”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Hamza” (hozirgi “Novza”), “Milliy bog‘” (avvalgi “Yoshlik”), “Xalqlar doʻstligi”, “Paxtakor”, “Mustaqillik maydoni”, “Amir Temur xiyoboni” bekatlari ishga tushirilgan bo‘lsa, 1980-yili “Hamid Olimjon”, “Pushkin”, “Buyuk ipak yoʻli” bekatlari foydalanishga topshirilgan. 

1984-yili “Alisher Navoiy”, “Oʻzbekiston”, “Kosmonavtlar”, “Oybek” va “Toshkent” bekatlari ishga tushgan va shu tarzda yillar davomida yangi metro bekatlari qo‘shilib boravergan. Bu jarayon hamon davom etmoqda. Bugungi kunda Toshkent metropolitenida 3 ta yo‘nalish 29 ta bekat yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayapti. Uning umumiy uzunligi 38,25 km.ni tashkil etadi.

Aytgancha, bugun nafaqat metro ishga tushgan kun balki, uning ochilishida fidoyilik ko‘rsatgan inson – Sharof Rashidov tug‘ilgan sana. U 1917-yili 6-noyabr kuni Jizzaxda tug‘ilgan. Rashidov nafaqat davlat arbobi balki, yozuvchi ham bo‘lgan. Uning “Bo‘rondan kuchli”, “Qudratli to‘lqin” romanlari, “Kashmir qo‘shig‘i”, “Komde va Mo‘dan” kabi qissalari chop etilgan.

Похожее изображение

 Adib hayotining so‘nggi yillarida yozgan “Dil amri” qissasi urush yillarida Belarus tuprog‘ida jang qilgan o‘zbek jangchilarining hayotiga bag‘ishlangan. 

Bu inson haqida yana juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlar bor. Biz ularga keyinroq to‘xtalamiz. 

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Endilikda yerosti suv inshootlariga suv hisoblagich o‘rnatish majburiy bo‘ladi

Endilikda yerosti suv inshootlariga suv hisoblagich o‘rnatish majburiy bo‘ladi

Hukumat qarori bilan “Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro‘yxatga olish va muhrlash…
10:33 / 03.09.2025
AQShning Karib dengizida Venesuelaga tegishli qayiqqa zarba berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

AQShning Karib dengizida Venesuelaga tegishli qayiqqa zarba berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

AQSh harbiylari xalqaro suvlarda o‘tkazgan operatsiya davomida Venesueladagi Tren de Aragua narkokartelining 11 nafar a’zosi…
09:49 / 03.09.2025
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Pekindagi harbiy paradda ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Pekindagi harbiy paradda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahriga rasmiy tashrif doirasida 3-sentyabr kuni Tyananmen may…
09:20 / 03.09.2025
Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlik jasadi vatanga olib kelindi

Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlik jasadi vatanga olib kelindi

Avgust oyida Istanbuldagi Bosh konsulxona tomonidan jazoni ijro etish muassasalari, deportatsiya markazlari, politsiya, sud …
15:04 / 03.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
21:08 / 02.09.2025
O‘zbekiston TIV rahbari zilzila munosabati Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston TIV rahbari zilzila munosabati Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirdi

Halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, jabrlanganlarning tez orada sog‘ayishlarini tilaymiz.
17:01 / 02.09.2025
Rasman AI-80 markali benzinning sotuvi to‘xtatildi

Rasman AI-80 markali benzinning sotuvi to‘xtatildi

“O‘zbekneftgaz” AJ bu borada rasmiy axborot taqdim etdi
19:45 / 02.09.2025
Talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ammo bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor

Talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ammo bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor

Ayniqsa talabalardan ayrim jihatlarda qattiq hushyorlik so‘raladi
20:23 / 02.09.2025
O‘zbekistonda qaysi jinoyat turlari eng ko‘p sodir etilmoqda?

O‘zbekistonda qaysi jinoyat turlari eng ko‘p sodir etilmoqda?

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–iyun oylarida eng ko‘p qayd etilgan jinoyat — giyohvandlik bilan bog‘liq hola…
11:32 / 03.09.2025
“CAFA Nations Cup-2025”. O‘zbekiston Turkmaniston ustidan katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

“CAFA Nations Cup-2025”. O‘zbekiston Turkmaniston ustidan katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

59-daqiqada vakillarimiz 1 kishi kam bo‘lib qolishdi
22:24 / 02.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!