Dunyodagi eng yoshi ulug‘ timsoh Genri 114 yoshni qarshiladi. U Kvazulu-Natal provinsiyasidagi “Crocworld” qo‘riqxonasida yashaydi.
Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga qaraganda, timsohning ajoyib o‘tmishi bor. U 1900 yil Botsvanada tug‘ilgan. Hayotining ilk davrlarida u odamlarda qo‘rquv uyg‘otgan. Markaz direktori Martin Rodrigesning aytishicha, bir necha erkak va bolalar uning qurboniga aylanishgan.
U 1903 yilda qo‘lga tushgan. “Uni ovlash fil ovlovchi ser Genriga topshirilgan. Ma'lum bo‘lishicha, bu vaqtga kelib qabila boshliqlari timsohni butun umrlik asirlikka mahkum qilishni niyat qilib qo‘yishgan edi. Timsohning ismi uni qo‘lga tushirgan ovchi nomiga qo‘yilgan”, - deydi Rodriges.
Nil timsohi Genri uzoq muddat Botsvana hukumati nazoratida bo‘lgan. 1985 yilda uning hayoti butunlay o‘zgarib ketadi: u “Crocworld” qo‘riqxonasiga topshiriladi. Qo‘riqxonada Genri mashhur bo‘lib ketadi. Genrining tug‘ilgan kuniga qo‘riqxona xodimlari timsoh ko‘rinishidagi tort tayyorlashdi.
Keksa timsohning uzunligi 5 metr va og‘irligi esa 227 kilogrammga teng. U 7000 ming timsohni otasi, deya xabar berdi “Diario Digital” nashriyoti. Nil timsohi o‘rta hisobda 45 yil umr ko‘radi. Ba'zi birlari esa 80 yoshgacha yashashi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!