O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda va “Hududgaz Buxoro” GTF bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida joylashgan “Sh. T. L.” MChJga qarashli binoda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 980 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!