$
12892.91 UZS
34.76
160.34 UZS
0.63
14512.26 UZS
6.98
35° Kechasi 21°

“O‘zbekiston Respublikasining 2025-yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” nima?

13:45 / 14.10.2019

 “O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
Bu haqida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rasmiy veb sayti ma’lum qilmoqda.

2025-yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.

Strategiyaning asosiy vazifalari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha: investitsiya muhitini yaxshilash, ichki investitsiya manbalarini kengaytirish va investitsiya manbalarining samaradorligini oshirish, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish aniqlangan.

2025-yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar sarmoyalari bo‘ladi. 2019-2025-yillarda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli yangi investitsiya loyihalari doirasida 1002,5 milliard so‘mdan ortiq markazlashtirilmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko‘zda tutimoqda. Shuningdek, yaqin 30 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018-yildagi 30,5 foizdan 2025-yilda 37,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025-yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 11 milliard AQSh dollarga yetkaziladi, bu ko‘rsatkich 2018-yilda 1,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan.

Investitsion siyosat strategiyasining amalga oshirilishining natijasi respublikaning hududiy va sanoat rivojlanishini har tomonlama ta’minlash, shuningdek, mahsulotlarning xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirlarini shakllantirish, mavjudlarini mustahkamlash va yangi hududlararo va tarmoqlararo aloqalarni shakllantirish, sohalar, hududlar, davlat organlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 854,6 milliard so‘m ajratilishi belgila…
10:19 / 20.05.2025
O‘zbekistonda 9 nafar soxta treyderlar qo‘lga olindi

O‘zbekistonda 9 nafar soxta treyderlar qo‘lga olindi

O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari xodimlari Telegram orqali Internet firibgarligi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruhn…
18:51 / 20.05.2025
Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga sanksiya qo‘llamoqchi

Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga sanksiya qo‘llamoqchi

Netanyaxu esa shartlar bajarilmasligi, Isroil o‘zini “adolatli” yo‘l bilan himoya qilishi, to‘liq g‘alabaga erishmaguncha ku…
10:59 / 20.05.2025
Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Vatikanda 18-may kuni yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ham vakil…
11:00 / 19.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
09:26 / 21.05.2025
O‘zbekistonda odam savdosi uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda odam savdosi uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.
14:39 / 20.05.2025
Endi yoshga doir pensiya fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Endi yoshga doir pensiya fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
16:19 / 20.05.2025
AQShni ixtiyoriy tark etish dasturi doirasida mamlakatdan ilk noqonuniy migrantlar chiqarib yuborildi

AQShni ixtiyoriy tark etish dasturi doirasida mamlakatdan ilk noqonuniy migrantlar chiqarib yuborildi

Gondurasda ularga 100 dollar, Kolumbiyada esa “ijtimoiy xizmatlar” taqdim etilgan.
15:44 / 20.05.2025
20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:04 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli bola cho‘kib ketdi

Sirdaryoda 14 yoshli bola cho‘kib ketdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tumani Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
21:43 / 20.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!