Avvalroq, Andijon viloyatidagi Bobur shoh ko‘chasida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi mashinasini YPX xodimi I.Bobabekovning ustiga qarata boshqargani va inspektor avtomobil kapotiga osilib 50-60 metr masofadan so‘ng tushib qolgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHX boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida qoidabuzar avtomashinasini tanishining uyga yashirgani aniqlangan.
Hozirda haydovchiga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!