Buyuk Britaniyaning Qirollik zarbxonasi dunyodagi birinchi sof oltindan ishlangan bank to‘lov kartasini yaratdi, deb yozadi Daily Mail.
Raris debet kartasi 18 karatli oltindan yasalgan bo‘lib, narxi 18 750 funt etib belgilandi. Kartani buyurtma qilishda boshqa to‘lovlar talab qilinmaydi. Ammo, agar mijoz individual karta dizayniga buyurtma berishni istasa, qo‘shimcha haq to‘lashi kerak bo'ladi. Oltin karta egasi bo‘lishni istaganlar uchun alohida talablar yo‘q.
Har bir ishlab chiqarilgan kartada egasining ismi va imzosi yozilgan bo‘ladi. Raris egalari hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar yoki valyuta ayirboshlash operatsiyalari uchun to‘lov olmaydilar. Royal Mint'da ta’kidlanganidek, karta yuqori sifatli, hashamatli buyumlarni qadrlaydigan mijozlar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu karta Mint tomonidan Mastercard va Accompish Financial to‘lov texnologiyalari kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!