O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi” Qonuning 6-moddasida ishlab chiqaruvchi va sotuvchi iste'molchiga u tomondan sotib olinadigan mahsulotlar to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan, ishonchli va ochiq axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etishga majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Muammo shundaki, ko‘p holatlarda iste'molchi mahsulot haqida batafsil ma'lumotlarni davlat tilida olish imkoniyatiga ega emas.
Buning ustiga, mahsulot to‘g‘risidagi axborotlar o‘qish uchun nihoyatda mayda harflar bilan yozilgan bo‘lib, undan iste'molchi o‘z vaqtida foydalana olmayapti.
Mahsulot to‘g‘risidagi axborotlar yozilgan o‘zi yopishadigan stikerlar, uni respublikaga kirib kelguniga qadar tushiriladi, va har doim ham ishlab chiqaruvchining axborotlaridan farqli ravishda ishonchli axborotga ega bo‘lmasligi mumkin, natijada ishlab chiqaruvchi taqdim etilgan axborot uchun javobgar bo‘lmaydi.
Xalqaro amaliyot
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 1985-yilda tasdiqlangan prinsiplariga muvofiq iste'molchi quyidagi huquqlarga ega:
mahsulotlar xavfsizligi va ularning sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) takliflariga aniq muvofiqlikda ishlashi;
belgilangan “xizmat ko‘rsatish” va ushbu tovarni ishlashga yaroqli holda saqlash kafolatlari davrida mahsulotning sifati;
bazaviy talablarni qondirish, hozirgi va kelajak avlodni ishonchli va sog‘lom hayot kechirishiga tahdid ko‘rsatmaydigan sog‘lom atrof muhit huquqi.
Rossiya Federatsiyasining “Iste'molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi” qaroriga muvofiq, iste'molchilarga tovarni sotib olishda uni ishlab chiqaruvchisi, standart va asosiy iste'molchi xususiyatlarini ro‘yxatini, agar bu oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lsa, ularning tarkibi, kaloriyaliligi, sog‘liq uchun zararli moddalar miqdori va ma'lum bo‘lgan kasalliklarda bu mahsulotni iste'mol qilishga qarshi ko‘rsatmalarni bilish huquqiga ega. Vaqt o‘tishi bilan istemol qilish xususiyatlari yomonlashishi mumkin bo‘lgan tovarlarda yaroqlilik muddati va ishlab chiqarish sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarda davlat tilidagi tamg‘a yo‘qligi, iste'molchilar huquqlarini poymol qilinishiga olib keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!