To‘g‘ri, hozirgi zamonaviy maktablarda bunday qo‘ng‘iroq yo‘q. Lekin bizni kuzatib boradiganlarning o‘rtacha yoshini hisobga oladigan bo‘lsak, deyarli barchamiz maktabda o‘qiganimizda aynan mana shunday qo‘ng‘iroqlar ovozi zerikarli darslarda quloqqa yoqimli eshitilardi. Bu uch dumaloqning ichida nima joylashtirilganiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Shu kichkinagina matohdan qanday qilib bu qadar jarangdor ovoz chiqadi?
Bu qurilma ko‘rinishidan og‘ir ko‘rinsa-da, aslida 2 kilogrammdan oshmaydi. Avvallari uning shakli har bir dumaloq ichida maxsus mexanizmlar o‘rnatilgandek tasavvur paydo qilardi, lekin unday emas ekan. Hamma narsa faqat markaziy dumaloqcha ichida joylashgan. 1-magnit o‘tkazgichli g‘altak, 2-terminal blok, 3-richag, 4-diod, 5-qaytarish purjinasi (rasmda ko‘rinmagan).
Mexanizm juda sodda tarzda ishlaydi. Markaziy dumaloq ichidagining barchasi richagni harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Richag ikki dumaloqchaga tez-tez urilgani sabab jarangdor ovoz chiqadi. Qo‘ng‘iroqni chalish tugmasi bosilganida richag bir daqiqagacha tinmay “sayrashi”mumkin. Uni yana chalish uchun esa bir daqiqa dam oldirishga to‘g‘ri keladi.
Ikki dumaloqni aylantirish mumkin: agar jarangsiz qo‘ng‘iroq ovozini eshitsangiz, u shunchaki to‘g‘ri buralmagan bo‘ladi.
Bunday qo‘ng‘iroq birinchi navbatda signalizatsiya vazifasini o‘taganligi sabab undan nafaqat maktablarda, balki fabrika, qishloq xo‘jaligi korxonalari, davlat muassasasi va boshqa joylarda foydalaniladi. Ba’zi joylarda haligacha foydalaniladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!