Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Yakkasaroy tumanida ro‘y bergan YTH haqida Toshkent IIB tomonidan ma’lumot berildi.
“Bugun, 6-oktabr kuni taxminan soat 13.30 larda Yakkasaroy tumani hududidagi kichik xalqa avtomobil yo‘lida to‘rtta transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Jumladan, 2000-yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli transport vositasi, 1987 yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi «Spark» rusumli transport vositasi, 1993 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvidagi «Nexia-3 rusumli» transport vositasi, 1980 yilda tug‘ilgan D.G. boshqaruvidagi «JETOUR» rusumli transport vositasi to‘qnashgan.
Dastlabki olingan ma’lumotga ko‘ra YTHning sababi: «Nexia-3» rusumli transport vositasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasdan, yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib harakatlangan va boshqa transport vositasi bilan to‘qnashgan. Natijada to‘rtta avtomashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida «Spark» avtomashinasi haydovchisi, shuningdek yo‘lovchisi - voyaga yetmagan 2013-yilda tug‘ilgan J.J. tan jarohatlari olib tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda” – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!