Bir muddat oldin Samarqandda 15 yoshli maktab o‘quvchisining keksa kishining hech bir asossiz yuziga tepgani va buni uning o‘rtog‘i videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
U voqeaning ertasiga hududiy IIBga olib kelingan.
“Soat 7 edi. Biz kompyuter xonaga ketayotgan edik. Shu o‘rtog‘im Akram menga videoga ol dedi. Nega desam, keyin ko‘rasan dedi. Keyin, u borib shu kishini tepdi. Men unga aytdim, nega unday qilding. U ham kimningdir otasi, bobosi. Besh kundan keyin, Telegram'dan unga jo‘natdim. Yoshlik qildim. Boshqa bunday ishlar bo‘lmaydi. Yaxshi bola bo‘laman. Har kuni kitob o‘yiman”, – deydi holatni videoga olgan yigit.
Shuningdek, “qahramon” ham bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘radi.
“24-yanvar kuni oqshomda jo‘ram bilan “Paynet”ga borganimda, bir yoshi katta insonni ko‘rdim. Uni borib men tepdim. Bu ishimdan pushaymonman. Boshqa qaytarilmaydi”, – deydi keksa erkakni tepgan yigit.
Viloyat IIB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yigitlarga nisbatan Respublika o‘g‘il bolalar ta’lim tarbiya muassasaga joylashtirish bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga iltimosnoma kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, ularning ota-onalariga nisbatan MJtKning 47-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!