$
12676.11 UZS
-18.86
161.56 UZS
-0.04
14975.56 UZS
97.06
37° Kechasi 24°

Yuz yillik nizo. Musulmonlar qoni oqayotgan Quddus. Isroil-Falastin urushi tarixi

14:14 / 13.08.2022

Dunyoda shunday ziddiyatli hududlar borki, bu yerda har yili turli toʻqnashuvlar yuz beradi. Buning oqibatida oʻnlab, yuzlab begunoh insonlarning qoni to‘kiladi. Bu ziddiyatli yerlar bamisoli bitmas yaraga oʻxshaydi. 2021-yilning may oyida sodir boʻlgan Gʻazo sektoridagi qonli toʻqnashuvlar qoldirgan yara hali bitmay turib, yara qayta tirnaldi. Xoʻsh, nima uchun butun dunyo barchani shu masalaga hammani qanoatlantiradigan yechimni topa olmayapti?

Bugungi maqolamizda, Isroil-Falastin oʻrtasidagi uzoq yillik mojaro tarixi, muammoning asli kelib chiqishi, 2021-yilda sodir boʻlgan toʻqnashuvlar haqida hikoya qilamiz.

Yahudiylarning davlat tuzishga harakatlari

Mavzuga kirishdan oldin, Falastin yerlari deganda qaysi hududlar tushunilishini bilib olish zarur. Falastin – Yaqin Sharqda joylashgan tarixiy hudud boʻlib, u hozirgi Iordan, Isroil davlatlari, Gʻazo sektori, Iordan daryosining gʻarbiy sohillari, Joʻlon tepaliklarining bir qismini qamrab oladi.

Tarix bizga, Yaqin Sharqda ming yillar davomida yahudiylar va arablarning bir-biriga nisbatan tinchlik va doʻstlik sharoitida yashaganini koʻrsatadi. Bugungi dushmanlikning asosiy sabablari zamonaviy muammolardir. Shu sababli yuqoridagi savollarga javobni uzoq oʻtmishdan emas, XIX asr oxiri, XX asr boshlaridan izlash kerak degan qarorga keldim.

Uzoq oʻtmishdan buyon yahudiylar barcha joydan quvilib, darbadarlikda hayot kechirishgan. Ular uchun hayot bunday davom etishi mumkin emas edi. XX asrning boshlarida katta yahudiy oilalar Yevropadagi birja bozorlarini oʻz nazoratlariga olishgandi. Endilikda bu oilalar mustaqil Isroil davlatini barpo etish uchun rejalar tuzishdi. Yahudiylar bu yerlarni vaʼda qilingan yer “Arzimamut”, deb atagan. Oʻsha vaqtda, bu hududlar Usmonli imperiyasiga qarashli boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, XIX asr oxirida hududda 400 ming aholi istiqomat qilgan. Bulardan atigi 6 minggi yahudiy, qolganlari esa arablar boʻlgan.

1897-yilda Jahon siyonistik tashkilotiga asos solinadi. Shundan soʻng yahudiylar asta-sekin Falastinga koʻchib kelib, yirik arab feodallaridan yer sotib ola boshladi. Albatta, bunga Yevropadagi yirik yahudiy oilalar katta moliyaviy koʻmak berib turdi.

Katta o‘yin

Birinchi Jahon urushi (1914-1918)dan soʻng toʻrtta (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmonli) imperiya quladi. Shundan soʻng, 1919-yilda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan “Millatlar Ligasi” deb nomlangan xalqaro tashkilot tuzildi. Aslida, bu tashkilot qudratli davlatlar qoʻlidagi bir qoʻgʻirchoq edi.

Millatlar Ligasining nizomida “Mandat tizimi” deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qoʻyildi. Unga koʻra, Millatlar Ligasi mustamlaka boʻlib kelayotgan hududni boshqarish huquqini boshqa bir davlatga topshirishi mumkin edi. Bunday huquqni olgan davlat oʻsha mustamlakani mustaqillikka tayyorlashi lozim boʻlgan. Bu mustaqil Isroil davlatini tashkil etish uchun oʻylab topilgan bir hiyla edi.

Usmonli imperiyasiga qarashli boʻlgan Falastin hududlari Buyuk Britaniya ixtiyoriga oʻtdi. Urush tugamasidan oldin Britaniya Tashqi ishlar vaziriligi “Balfur” deb nomlangan deklaratsiyasini imzoladi. Unga koʻra,  Falastinda yahudiylar davlatini tuzish rejasi eʼlon qilindi.

XX asrning 30-yillariga kelib, Falastindagi yahudiy jamiyati 400 ming kishiga yetdi. Maʼlumotlarga koʻra, oʻsha vaqtda arab aholisining soni esa 1 million yaqin boʻlgan. Ikki xalq orasidagi ziddiyat yildan-yilga jiddiylashib bordi.

Nizo urug‘ining sepilishi

Ikkinchi jahon urushi (1939-1945) tugashi bilan Britaniya hukumati Falastin masalasini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga topshiradi. BMT esa yahudiylar va arablar yagona davlatda yashay olmaydi, degan fikrga keldi. Shu joyda bir faktni eslatib oʻtsam, yahudiylar va arablar XIII asr davomida bir mamlakatda yashab, tinch hamda osuda hayot kechirishgan.

BMT aholining joylashuviga qarab, yahudiy va arab davlatini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Shunda yahudiylarga 14,1 ming kvadrat kilometr, arablarga esa 11,1 ming kvadrat kilometr yer berildi. Uch dinning muqaddas shahri – Quddus xalqaro hudud boʻlishi kerak edi. Yahudiylar bu shartga rozi boʻldi, arablar esa bu haqida eshitishni ham istashmadi. Yer taqsimlanishi adolatsiz tarzda amalga oshirilgan edi. Sababi yahudiylarga katta va hosildor yerlar berilgandi.

Arablarning noroziligiga qaramay, BMT 1947-yil 29-noyabr kuni Falastinda ikkita davlat tashkil etish (Isroil va Falastin) haqida rezolutsiyani qabul qildi. Shundan soʻng dunyoning turli burchaklaridan ming-minglab yahudiylar Falastinga koʻchib kela boshladi. Yevropadan yahudiylarning kelishi nizoni alanga oldirdi.

1948-yil 14-may kuni Isroil davlati (yahudiylar davlati) tashkil etildi-yu, biroq Falastin davlati tashkil etilmadi. Bu yonib turgan olovga benzin sepishdek voqea boʻldi. Bu esa birinchi arab-Isroil urushini keltirib chiqardi.

Falastin xalqining fojiasi

Misr, Suriya, Transiardaniya, Livan, Iroq va boshqa arab davlatlarining birlashgan qoʻshinlari Isroilga hujum qildi. Ammo arab davlatlari hech qanday natijaga erisha olmadi. 1949-yilning iyul oyiga kelib Isroil barcha hujumlarni qaytardi va bostirib kirgan arab armiyasini yakson qildi. Bu urush Isroil tarixida “mustaqillik urushi” deb nomlandi.

Urush yakuniga koʻra, BMT mandati boʻyicha Falastindagi arablar uchun ajratilgan yerlarning 1300 km² va 112 ta aholi yashash punkti hamda Sharqiy Quddus Isroilga oʻtib ketdi. Aynan 1948-yilgi urushdan soʻng Falastin xalqining fojiasi boshlandi.

Oʻtgan asrning 40-yillar oxirida yuz bergan ushbu toʻqnashuvdan keyin ham arablar va yahudiylar oʻrtasida bir necha marta yirik janglar boʻlib oʻtdi. Jumladan, 1967 yildagi “Olti kunlik urush”, 1973 yilda boʻlib oʻtgan “Yom-Kippur urushi” ikki oʻrtadagi ziddiyat eng choʻqqisiga chiqqan vaziyatlar hisoblanadi. Eng qizigʻi ikkala toʻqnashuvda ham Isroil gʻalaba qozongan. Bu urushlar natijasida, Isroil oʻz hududini uch barobarga kengaytirib oldi. Sharqiy Quddus ham Isroil nazorati ostiga o‘tdi. 1980-yilda Isroil Quddusni oʻzining yagona poytaxti deb eʼlon qildi.


Zamonaviy ziddiyatlar

Yillar davomida Isroil dunyoning turli nuqtalaridan yahudiylarni qabul qilishda davom etib, oʻz davlatchiligini mustahkamlab bordi. Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Isroil hududida 6.8 million yahudiy va 1,9 million arab istiqomat qiladi. Falastin yerlarida esa 5 million arab mavjud.

1988-yil 15-noyabr kuni Falastin tarixida katta siyosiy voqea roʻy berdi. Oʻsha kuni “Falastin ozodlik” tashkiloti Jazoir shahrida mustaqil Falastin davlati tuzilganini eʼlon qildi. Yosir Arofat bu mamlakatning birinchi rahbari etib tayinlandi. Biroq, Falastin defacto mustaqil davlat boʻlib qoldi.

1993-yil 12-sentabr kuni AQSh prezidenti Bil Klinten vositachiligida Yosir Arofat va Isroil Bosh vaziri Ichak Rabin “Oslo” kelishuviga imzo chekdi. Unga koʻra, Gʻazo sektori va Gʻarbiy sohilning kichik qismi Falastinga qaytarib beriladi. Lekin yahudiy tomonidan egallab olingan Quddus shahri toʻliq tarzda Isroil nazoratida qoldi va bu yerlarni Isroil hali beri arablarga qaytarish niyati yoʻq.

Tarixiy jihatdan musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar uchun ham muqaddas boʻlib kelgan Quddus shahri, Isroil-Falastin oʻrtasidagi nizoning obyekti hisoblanadi.

1967-yildan beri Isroil BMT tomonidan arab davlatini tashkil etish uchun ajratilgan yerlarda tashkiliy tarzda aholi maskanlari qurib keladi. Yahudiylar bu yerni Isroilga qaytarishni oʻzlarining burjlari deb bilishadi. Qurilish tobora kengayib, falastinlikni tashvishga solmoqda.

2021-yilgi qonli toʻqnashuv

Bugungi kunda Falastinda ikki hukumatli tizim mavjud. Gʻazo sektorini – HAMAS, Gʻarbiy qirgʻoqda – Falastin milliy maʼmuriyati.

2021-yil 7-may Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bunga Isroil politsiyasi tomonidan falastinlik arablar taroveh namozini oʻqiyotgan ushbu masjidga hujum qilingani sabab boʻldi. Bundan tashqari, Isroil sudi Shayx Jarroh mahallasida yashovchi arab oilalarini koʻchirish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Chunki bu yerlarga yahudiylar daʼvo qilib keladi.

Shundan soʻng, Gʻazoni nazorat qiluvchi falastinliklarning HAMAS harakati Isroilni ogohlantirdi: Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi va Shayx Jarroh mahallasidan askarlarni olib chiqib ketish uchun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha muddat qoʻydi.

HAMAS oʻz talabi bajarilmagach, Isroilga raketa zarbasi yoʻlladi. Bunga javoban Isroil havo amaliyotini boshlab, ommaviy ravishda Gʻazoni bombardimon qildi. 11 kun davom etgan oʻzaro havo hujumlari natijasida Gʻazo sektorida yashovchi 232 nafar arab halok boʻldi va 1900 ga yaqini jarohat oldi. Isroilda esa 12 nafar inson vafot etgan, yuzlab odamlar yaralangan.

Bitmagan yaraning tirnalishi

Joriy yilning 5-avgust kuni Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga hujum qildi. Buning oqibatida, 10 nafar falastinlik halok boʻldi va 55 kishi yaralandi. Bundan tashqari Falastin “Islomiy jihod” guruhining yuqori martabali qoʻmondoni Xolid Mansur Isroilning Gʻazo sektoriga qilgan havo hujumi natijasida yoʻq qilindi.

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qoʻshma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan oʻziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytdi.
image

Tez orada Gʻazo sektoriga uyushtirgan havo hujumiga javoban Isroil hududiga jami 100 ta raketa uchirildi.

Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumot berishicha, 5-avgustidan beri Isroil harbiylari Falastinning blokada ostidagi Gʻazo anklavini oʻqqa tutishi oqibatida 44 kishi, jumladan, 15 nafar bola va 4 nafar ayol halok boʻlgan. Yaradorlar soni esa 360 ta kishiga yetgan. Bu holatga Gʻarb davlatlari eʼtibor qaratishni istamayapti. Axir, ular o‘z yaqin ittifoqchilarining jinoyatlarini oshkor qilishmaydi-ku.

Xulosa qilib aytganda, Isroil-Falastin oʻrtasida chigal muammolar juda koʻp. Har ikki tomon ham ularni birgalikda yechishni istamaydi. Falastinliklar oʻz kindik qonlari toʻkilgan yerlarini yahudiylardan qaytarib olishni istaydi, Isroil esa oʻz hududini arablar yashaydigan yerlar hisobiga kengaytirishni xohlaydi. Bunday vaziyat doimo keng miqyosli urush va ziddiyatlar yuzaga kelishga zamin hozirlaydi.




Muallif: Sardor Ali



														
														Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025

														
														Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025

														
														Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025

														
														Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025

														
														Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025

														
														G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025

														
														AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025

														
														Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
16:31 / 26.06.2025

														
														Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

“Bu mojaroning harbiy yechimi yo‘q. Biz Moskvaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishimiz kerak”, — degan Fridrix Mers.
10:52 / 26.06.2025

														
														Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga hujumi bilan butun dunyo e’tiborini G‘azo sektoridagi voqealardan chalg‘itishga…
14:35 / 24.06.2025

Bu ham qiziq

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025
2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025
843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Endi chorak finalda “Fluminense” - “Al-Hilol” qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
09:39 / 01.07.2025
Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
12:44 / 30.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!