Rossiya Ukrainadagi uruşga xorijiy fuqarolarni jalb qilişda davom etmoqda. The New York Times naşrining suriştiruviga köra, önlab Braziliya fuqarolari Rossiya armiyasiga yollangan. Ularning ayrimlari yuqori maoş va front ortidagi xavfsiz iş va’dalari bilan Rossiyaga borişga köndirilgan.
Naşr jurnalistlari Ukrainadagi uruşga jalb etilgan töqqiz nafar braziliyalik hamda yana uç nafar yollanuvçining yaqinlari bilan suhbatlaşgan. Ularning aytişiça, vositaçilar braziliyaliklarga katta miqdorda pul va’da qilgan. Şuningdek, ularga harbiy oşxonalarda yoki qurol-yaroğ ta’mirlaş bilan boğliq işlarda xizmat qiliş taklif etilgan.
Biroq Rossiyaga yetib kelgan ayrim fuqarolar rus tilidagi hujjatlarni mazmunini töliq tuşunmagan holda imzolagan. Keyinçalik bu hujjatlar vositaçilarga ularning bank hisoblari va harbiy maoşlarini boşqariş imkonini bergani ma’lum bölgan.
Suriştiruvga köra, ayrim braziliyaliklar yetarli harbiy tayyorgarliksiz frontga yuborilgan. Ulardan ba’zilari janglarda yaralangan, kamida uç nafari esa harbiy topşiriqni bajariş uçun ketganidan söng bedarak yöqolgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!