$
12917.10 UZS
-48.24
160.14 UZS
-1.2
14460.69 UZS
-64.38
28° Kechasi 17°

Sayyoralar paradi qachon kuzatiladi?

03:07 / 21.03.2023

Yer shari aholisi 28-martda bir vaqtning o‘zida Quyosh tizimining beshta sayyorasi: Yupiter, Merkuriy, Venera, Uran va Marsning bir safga tizilishini kuzatishi mumkin.

Buyuk Britaniyaning Edinburg universiteti xodimi Bet Billerning so‘zlariga ko‘ra, beshta sayyoraning bir safga tizilishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Sayyoralarning bunday paradini 2022, 2020 va 2016-yillarda kuzatish mumkin bo‘lgan. 2022-yil Yerning shimoliy yarim shari aholisi Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnning bir chiziqda saf tortganini kuzatgan.

Billerning so‘zlariga ko‘ra, osmonda Venera va Yupiterni ko‘rish osonroq bo‘ladi. So‘nggi bir necha hafta ichida bu ikki sayyora allaqachon bir-biriga yaqin masofada kuzatilgan. Mars unchalik yorqin bo‘lmasa-da, uni kuzatish mumkin. Biroq Merkuriy osmon tiniq bo‘lsagina ko‘rinadi, Uranni esa durbin yoki teleskopsiz kuzatish qiyin bo‘ladi.

2023-yil davomida yana bir nechta sayyoralar paradi kuzatilishi kutilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, aprel oyida Merkuriy, Uran, Venera va Marsni xam bir safda ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, sayyoralar paradi bu astronomik hodisa bo‘lib, unda Quyosh tizimidagi ma’lum sayyoralar Quyoshdan 20-30 gradusgacha tarqalish bilan “bir xil to‘g‘ri chiziqda” joylashgan. Bundan tashqari, ular samoviy sferada bir-biriga nisbatan yaqin masofaga keladi.

“Sayyoralar paradi” tushunchasi ilmiy emas va astronomiyada faqat uni ommalashtirish uchun qo‘llaniladi.

Ekliptik uzunlikdagi samoviy jismlarning maksimal yaqinlashuvi konyunksiya deyiladi. Agar ular bir vaqtning o‘zida yetarlicha yaqin va ekliptik kenglikda bo‘lsa, bu konfigurasiyada uzoqroq obyektni yaqinroq jism bilan qoplash mumkin, ya’ni tutilish xodisasi.


Bu ham qiziq

Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyaning Lipetsk shahridagi koloniyadan 2024-yil yozida tunnel qazib qochib ketgan 6 nafar mahbusga sud hukmi o‘qildi.
08:32 / 19.05.2025
UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik arala…
10:12 / 18.05.2025
Putin Rossiya qo‘shinlari yil yakuniga qadar Ukraina mudofaasini yengib o‘tishiga ishonmoqda

Putin Rossiya qo‘shinlari yil yakuniga qadar Ukraina mudofaasini yengib o‘tishiga ishonmoqda

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus qo‘shinlari 2025-yil oxirigacha Ukrainaning mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, Rossiya d…
12:38 / 19.05.2025
AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Sent-Luis shahri rasmiylari bu tornadoni “tarixdagi eng dahshatli bo‘ronlardan biri” deb atadi. Noqulay ob-havo oqibatida ta…
08:28 / 18.05.2025
OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayot…
10:04 / 19.05.2025
30-iyundan Rossiyaga kirish uchun QR kod talab qilinadi

30-iyundan Rossiyaga kirish uchun QR kod talab qilinadi

Vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari 30-iyundan boshlab “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan r…
12:47 / 19.05.2025
18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025
Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Vatikanda 18-may kuni yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ham vakil…
11:00 / 19.05.2025
Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
11:51 / 17.05.2025
“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.
16:50 / 18.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!