$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
32° Kechasi 19°

O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i kamaytirildi

16:00 / 30.12.2021

O‘zbekistonda Soliq kodeksiga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolangan. Qonun bilan foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i joriy etilgan.
Shuningdek, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.

Qayd etilishicha, mazkur soliq stavkasi soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi. Shuningdek, mazkur soliq to‘lovchisi bo‘lgan chet el investorlari soliq hisobini dollarda yuritishi mumkin. Soliq imtiyozlarini hisobga olish axborot tizimlari orqali va maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, tamaki va alkogol mahsulotlariga nisbatan yangi soliq stavkalari belgilanadi. Jumladan, filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kreteklar uchun quyidagicha belgilangan:

- import qilinganda — 360 ming so‘m/1000 dona + 10 foiz (ilgari 400 ming so‘m/1000 dona + 10 foiz edi);
ishlab chiqariladigan — 2022-yil 1-yanvardan: 185 ming so‘m/1000 dona + 10 foiz, 2022-yil 1-iyundan: 203 ming 500 so‘m/1000 dona + 10 foiz (ilgari 2021 yil 1 oktyabrdan: 185 ming so‘m/1000 dona + 10 foiz edi).
Shu bilan birga, aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari uchun:
- import qilinganda — 45 ming so‘m/1 litr uchun (ilgari 50 ming so‘m/1 litr uchun);
ishlab chiqarilganda — (1 dekalitr tayyor mahsulot uchun) 2022-yil 1-yanvardan 125 ming 100 so‘m, 2022 yil 1 iyundan 138 ming so‘m (ilgari 2021-yil 1-oktyabrdan 125 ming 100 so‘m).

Shuningdek, mobil aloqa xizmatlari va shakar uchun aksiz solig‘i o‘zgartirishsiz qoldirildi (15 va 20 foiz). Bundan tashqari, soliq imtiyozlarida soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun banklardan olingan ta’lim kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari, ish haqi hamda talabalarga ijaraga berilgan uy-joylardan olingan daromadning soliqqa tortilmasligi belgilangan.

Soliq to‘lovchining ba’zi to‘lovlarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan BHMning 8 baravarigacha bo‘lgan ish haqi summalari va boshqa daromadlaridan soliq olinmasligi belgilangan. Bularga xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga to‘lovlar kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 foizdan 1,5 foizga, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan ob’yektlarga nisbatan 4 foizdan 3 foizga kamaytirilgan. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk esa soliq solishdan ozod etiladi.

Shuningdek, 2021-yil 1-sentyabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1 -anvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar BHMning 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.


Bu ham qiziq

Tramp Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb qayta nomlamoqchi

Tramp Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb qayta nomlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fors ko‘rfazi nomini o‘zgartirib, uni Arabiston yoki Arab ko‘rfazi deb atashni rejalashtirmoqda…
13:09 / 07.05.2025
O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul butunlay to‘xtatildi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul butunlay to‘xtatildi

Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha cho…
22:03 / 06.05.2025
Toshkentda Epica yonib ketdi

Toshkentda Epica yonib ketdi

“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, – deyiladi x…
08:45 / 07.05.2025
Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda ayblandi

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda ayblandi

Sud jarayonida Botir Qodirov Abdusamiyning she’rlarini o‘zining to‘rtta kompozitsiyasiga kiritganligi aniqlandi.
19:21 / 06.05.2025
O‘zbekiston yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi

O‘zbekiston yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi

2025-yil mart oyida O‘zbekiston Markaziy banki yana oltin sotish bo‘yicha mamlakatlar orasida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Butu…
19:43 / 06.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

“Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar t…
10:34 / 07.05.2025
Endi quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Endi quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

O‘zbekistonda yerosti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
15:21 / 06.05.2025
Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushb…
20:08 / 07.05.2025
Isroilda Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Isroilda Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Knesset (Isroil parlamenti) qarshisida yig‘ilgan namoyishchilar hukumatdan XAMAS bilan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha b…
16:40 / 06.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!