$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

Xususiy shifoxonalarga bir qator soliq imtiyozlari beriladi

14:53 / 16.01.2022

2021-yil 29-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan xususiy tibbiyot muassasalariga bir qator soliq imtiyozlari joriy qilindi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi

Xususan, Soliq kodeksining 243-moddasi 1-qismi 11 va 14-bandlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

Tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etildi.

Tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam va sanitariya xizmati ko‘rsatishga doir, tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash bo‘yicha xizmatlar, stomatologik, shu jumladan tishlarni protezlash bo‘yicha xizmatlar kirishi belgilandi.
Sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish xizmatlarini, jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish aylanma soliq solishdan ozod etildi.

Bunda, sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar:

- shifoxonalar,
- profilaktoriylar,
- kurortlar,
- pansionatlar,
- dam olish uylari va zonalari,
- bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida ko‘rsatiladigan, ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatilishidan qat’i nazar, yo‘llanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlar kirishi belgilandi.

Shu bilan birga, Soliq kodeksining 337-moddasi 1-qismi 4-bandiga ko‘ra, tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bo‘yicha, xususan:

- tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari ko‘rsatish,
- tashxis qo‘yish,
- profilaktika va davolash xizmatlari,
- stomatologik xizmatlar,
- tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari bo‘yicha (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno) foyda solig‘iga 0 foiz stavka qo‘llanilishi belgilangan.

Xuddi shunday, Soliq kodeksining 428-moddasi 2-qismiga muvofiq:

Sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yerlar (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.

Bundan ko‘rinadiki, xususiy tibbiyot bilan o‘z egaligidagi yerlarda, shu jumladan ijara asosidagi binolar joylashgan yerlarda shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga yer solig‘i bo‘yicha ham keng imtiyozlar taqdim etilmoqda.
Taqdim etilgan ushbu soliq imtiyozlari xususiy tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradi.

Bo‘shagan mablag‘lar ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ularga servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, yangi bino va inshootlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.


Bu ham qiziq

Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga poytaxtda so‘nggi 170-yillikdagi may oyida hech qachon kuzatilmagan eng yuqori harorat rekordi yangilanishi mumkin.
22:40 / 15.05.2025
Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Reuters’ga ko‘ra, Suriya rasmiylari banknotlarni bosib chiqarishni BAA va Germaniyaga ko‘chirish imkoniyatlarini ma’lum vaqt…
13:47 / 17.05.2025
Ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari endi faqat kechasi amalga oshiriladi

Ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari endi faqat kechasi amalga oshiriladi

Ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari endi kunduzi emas, faqat kechasi — yo‘llardagi harakat kamaygan vaqtda ama…
17:25 / 16.05.2025
Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab soat 07:00 dan 21:00 gacha shahar ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini qo‘l…
20:08 / 16.05.2025
AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

Qo‘shma Shtatlarda The American nomli realiti-shousi tashkil etiladi.
11:47 / 17.05.2025
Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazi…
12:01 / 15.05.2025
Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Mamlakat rasmiylari iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinsa bu bitimga erishish mumkinligini ma’lum qilgan.
12:16 / 15.05.2025
Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektoridan 1 million falastinlikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmo…
13:53 / 17.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
Buxoroda ayolni ekskavator bosib ketdi

Buxoroda ayolni ekskavator bosib ketdi

“Tergov yakuniga ko‘ra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi”, – deyiladi Buxoro viloyati …
13:01 / 16.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!