$
12938.01 UZS
22.94
158.73 UZS
2.3
14673.00 UZS
13.1
34° Kechasi 20°

Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

22:38 / 04.05.2025

Rossiya prezidenti Vladimir Putin har doim voris haqida o‘ylashi, ammo yakuniy tanlov rossiyaliklarda bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda u “Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil” nomli hujjatli filmda ma’lum qildi.

“Men doimo bu haqda o‘ylayman. Bunga turlicha munosabat bo‘lishi mumkin — oldindan aytib bo‘lmaydigan texnologiyalar bor, ma’muriy resurslar ham bor. Ammo baribir, yakunda tanlov xalqning, Rossiya fuqarolarining, saylovchilarning qo‘lida”, – dedi Putin.

U har bir ehtimoliy nomzodning salohiyatini doimo kuzatib, baholab borayotganini ta’kidladi. Putin xalq ishonchiga ega bo‘lmagan shaxsning jiddiy ishlar qilish imkoniyati kamligini aytdi.

“Mamlakatning barqarorligi, rivojlanishi va xavfsizligini ta’minlaydigan sharoitlar uchun eng muhim shart — odamlarning davlat rahbarlariga ishonchidir. Bu ishonchga erishish uchun esa, albatta, samarali va halol ishlash, fuqarolarimiz turmush darajasini yaxshilash lozim”, – dedi Rossiya prezidenti.

Putin o‘z so‘zida davom etib, bugungi kunda mamlakatda kambag‘allik darajasi eng past ko‘rsatkichga erishganini misol qilib keltirdi.

“Shubhasiz, odamlar doimo kelajakka umid bilan qaraydi va vaziyat yanada yaxshilanishini istaydi. Bu borada ular haqli, albatta. Agar xalq ishonsa, asosiy shart — hokimiyatga bo‘lgan ishonch ma’lum darajada ta’minlanadi. Busiz jamiyat birligi bo‘lishi mumkin emas.

Men doimo shu haqda o‘ylayman. Jamiyatning ichki birdamligi barcha yutuqlarimiz asosidir. Nafaqat saylovlarda, balki kundalik faoliyatimda ham menga bildirilayotgan ishonch uchun xalqimizdan juda minnatdorman. Busiz yashash ham, ishlash ham mumkin emas”, – dedi u.

Putin, shuningdek, rossiyaliklarda tanlov imkoniyati bo‘lishi uchun bir nechta vorislar bo‘lgani ma’qulligini aytdi. “Mamlakatni kelajakda kim boshqarishi haqida o‘ylaysizmi?” degan savolga u shunday javob berdi.

“Menimcha, mamlakat fuqarolarining ishonchini qozona oladigan bir kishi, yoki odamlarga tanlov imkoniyati bo‘lishi uchun bir nechta shaxs paydo bo‘lishi kerak”, – dedi Rossiya rahbari.

 



														
														AQShni ixtiyoriy tark etadigan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollardan beriladi

AQShni ixtiyoriy tark etadigan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollardan beriladi

Qayd etilishicha, AQSh Ichki ishlar vazirligi endilikda noqonuniy muhojirlarga vatanga qaytish safarlari uchun moliyaviy yor…
10:52 / 06.05.2025

														
														Moskvada “bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida mobil aloqa va internet cheklab qo‘yildi

Moskvada “bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida mobil aloqa va internet cheklab qo‘yildi

“Hozirda Moskvada G‘alaba paradi oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, aloqada uzilishlar 9-maygacha davom etis…
15:59 / 05.05.2025

														
														Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Donald Trampning fikricha, bu “katta tezlikda” halokatga uchrayotgan Amerika kino sanoatini himoya qiladi.
12:42 / 05.05.2025

														
														Tramp: “AQSh Kanadani o‘z safiga qo‘shib olish uchun kuch ishlatmaydi”

Tramp: “AQSh Kanadani o‘z safiga qo‘shib olish uchun kuch ishlatmaydi”

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington hech qachon Kanadani AQShga qo‘shib olish uchun harbiy kuch ishlatishiga ishonmaydi.
08:39 / 05.05.2025

														
														Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin har doim voris haqida o‘ylashi, ammo yakuniy tanlov rossiyaliklarda bo‘lishi kerakligini a…
22:38 / 04.05.2025

														
														Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin “yana Yevropaga urush olib kelgani” yanada achinarli. “Biz bunday holatni qabul qilma…
21:29 / 04.05.2025

														
														Turkiya Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida uning samolyotiga havo hududini ochmaydi

Turkiya Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida uning samolyotiga havo hududini ochmaydi

Qaror Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvi fonida qabul qilingan bo‘lishi mumkin.
08:30 / 04.05.2025

														
														Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu yer silkinishi magnitudasi 6 ga teng edi. Bu haqda Yevropa o‘rta yer dengizi…
20:18 / 03.05.2025

														
														Hindiston Pokiston tovarlarini olib kirishni taqiqladi

Hindiston Pokiston tovarlarini olib kirishni taqiqladi

Shunga o‘xshash choralar Pokistonda 24-aprel kuni joriy etildi, mamlakat Hindiston bilan barcha savdoni to‘xtatishga qaror q…
18:38 / 03.05.2025

														
														Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Unian nashrining ma’lum qilishicha, josuslik dasturi allaqachon 100 dan ortiq mamlakatda aniqlangan.
11:03 / 03.05.2025

Bu ham qiziq

Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan 7 kishi qutqarildi

Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan 7 kishi qutqarildi

Bu haqda viloyat FVV xabar bermoqda.
09:49 / 05.05.2025
6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
21:53 / 05.05.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik charm qo‘lqop ustasi Naoya Inoue o‘rtasida super jang bo‘lib o‘ta…
19:20 / 04.05.2025
Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Donald Trampning fikricha, bu “katta tezlikda” halokatga uchrayotgan Amerika kino sanoatini himoya qiladi.
12:42 / 05.05.2025
Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin har doim voris haqida o‘ylashi, ammo yakuniy tanlov rossiyaliklarda bo‘lishi kerakligini a…
22:38 / 04.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
08:39 / 06.05.2025
Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
20:22 / 04.05.2025
Sirdaryoda sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda

Sirdaryoda sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida…
20:06 / 05.05.2025
Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketganligi to‘g‘risida videoxabar yuzasidan …
21:30 / 05.05.2025
5-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

5-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-may kuni Toshkent shahrida havo biroz …
22:23 / 04.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!