$
12938.01 UZS
22.94
158.73 UZS
2.3
14673.00 UZS
13.1
34° Kechasi 20°

Xitoyliklar Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

09:32 / 05.05.2025

Jizzax viloyatining Forish tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘i quriladi. Bu haqda prezident qarori imzolangan.

Hujjatga ko‘ra, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsad qilingan.

Loyihani amalga oshirish uchun Xitoyning China Electrical Equepment International Co. LTD hamda China Huadison Overseas Co. LTD kompaniyalari tomonidan Huardian Jizzakh Solar Power MChJ (loyiha kompaniyasi) ta’sis etilgan.

Investorlar va loyiha kompaniyasi Jizzax viloyatida 2,08 milliard Xitoy yuani miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb etgan holda quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi lozim. “O‘zenergosotish” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun Jizzax viloyatining Forish tumanidan jami 991,1 gektar yaylov yer uchastkasi ajratiladi va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

2025-yilning aprelida birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolangandi. Jumladan, Xitoyning Liquip International kompaniyasi Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya bitimi qabul qilingandi.

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning fevralida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda energetika vaziri va viloyatlar hokimlarining muqobil energetika sohasidagi rejalaridan norozi bo‘lib, ikki-uch oy ichida 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, shuningdek, ikkita nasosli saqlash stansiyasi loyihalarini boshlashga topshiriq bergan edi. Prezident “yashil energetika ham iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga, ham chinakam umummilliy harakatga aylandi”, – deb aytgandi.

O‘zbekistonda aholining energiya manbalariga talabini qondirish maqsadida har yili ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar natijasida oxirgi 5 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 30 foiz ko‘payib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetdi. 2025-yilda quvvati 65 mVt bo‘lgan 1 185 ta mikroges barpo etilishi rejalashtirilgan.


O‘zbekiston


														
														Qamchiq dovonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakat qisqa muddatga cheklanadi

Qamchiq dovonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakat qisqa muddatga cheklanadi

“Haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya etishlarini so‘raymiz”, – deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi xi…
10:57 / 06.05.2025

														
														Toshkentda Lacetti gaz quvuriga borib urildi

Toshkentda Lacetti gaz quvuriga borib urildi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
10:31 / 06.05.2025

														
														Navoiydagi yong‘inda 200 kv.m maydon yongan

Navoiydagi yong‘inda 200 kv.m maydon yongan

Yong‘inda savdo majmuaning 200 kv.m maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan.
10:14 / 06.05.2025

														
														Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
08:39 / 06.05.2025

														
														6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
21:53 / 05.05.2025

														
														Toshkentda 13 yoshli bola Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkentda 13 yoshli bola Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-mo…
21:43 / 05.05.2025

														
														Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketganligi to‘g‘risida videoxabar yuzasidan …
21:30 / 05.05.2025

														
														Sirdaryoda sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda

Sirdaryoda sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida…
20:06 / 05.05.2025

														
														Toshkent oliy o‘quv yurtlari talabalari 2024-yilda 299 ta jinoyat sodir etgan

Toshkent oliy o‘quv yurtlari talabalari 2024-yilda 299 ta jinoyat sodir etgan

Eng ko‘p jinoyatlar yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq (72 ta holat). Keyinchalik o‘g‘irlik (57), giyohvand moddalar sa…
19:30 / 05.05.2025

														
														Andijon viloyatida Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilm…
18:41 / 05.05.2025

Bu ham qiziq

“Yuzaga kelgan hodisa aholi uchun xavf tug‘dirmaydi” – Energetika vazirligi

“Yuzaga kelgan hodisa aholi uchun xavf tug‘dirmaydi” – Energetika vazirligi

Boysundagi “Mustaqillik-25” konida yana gaz otilishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
14:39 / 05.05.2025
Moskvada “bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida mobil aloqa va internet cheklab qo‘yildi

Moskvada “bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida mobil aloqa va internet cheklab qo‘yildi

“Hozirda Moskvada G‘alaba paradi oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, aloqada uzilishlar 9-maygacha davom etis…
15:59 / 05.05.2025
AQShni ixtiyoriy tark etadigan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollardan beriladi

AQShni ixtiyoriy tark etadigan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollardan beriladi

Qayd etilishicha, AQSh Ichki ishlar vazirligi endilikda noqonuniy muhojirlarga vatanga qaytish safarlari uchun moliyaviy yor…
10:52 / 06.05.2025
Noqonuniy saqlanayotgan 4 ta Afrika sheri aniqlandi

Noqonuniy saqlanayotgan 4 ta Afrika sheri aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatida ruxsatsiz saqlanayotgan 9 turdagi 80 dan ortiq yovvoyi hayvonlar aniqlandi.
16:57 / 05.05.2025
Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
20:22 / 04.05.2025
Havo harorati +40 darajagacha isiydi

Havo harorati +40 darajagacha isiydi

Ta’kidlanishicha, chorshanba kunigacha hududlarda havo +40 darajagacha isiydi.
14:28 / 05.05.2025
Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketganligi to‘g‘risida videoxabar yuzasidan …
21:30 / 05.05.2025
Xitoyliklar Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

Xitoyliklar Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

Jizzax viloyatining Forish tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘i …
09:32 / 05.05.2025
Oliy toifali o‘qituvchilarga pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Oliy toifali o‘qituvchilarga pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Maktab…
14:15 / 04.05.2025
Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin “yana Yevropaga urush olib kelgani” yanada achinarli. “Biz bunday holatni qabul qilma…
21:29 / 04.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!