$
12937.93 UZS
45.02
161.10 UZS
0.76
14665.14 UZS
152.88
37° Kechasi 22°

Migrantlar O‘zbekistonga uch oyda 3,3 mlrd dollar pul jo‘natmalarini amalga oshirgan

12:12 / 20.05.2025

Joriy yil ilk choragida mamlakatga migrantlar jo‘natgan pullar o‘tgan yil mos davriga nisbatan 800 million dollarga ko‘paygan. Bu haqda Markaziy bankning “Pul-kredit siyosati sharhi”da ma’lum qilindi.

O‘zbekistonga joriy yil yanvar–mart oylarida xorijiy davlatlardagi mehnat muhojirlari 3,3 milliard dollar pul yubordi (2024-yil mos davrida 2,5 milliard dollar). Bunda tushumlar yillik o‘sishi qariyb 32 foizga yetgan. Sharhda mazkur o‘sish mamlakatda daromadlar oshishi o‘zgaruvchanligining asosiy omili bo‘lib qolayotgani yozilgan. Pul o‘tkazmalari hajmi ortishi asosiy savdo hamkorlar valyutalari mustahkamlanishi hamda mehnat haqi yuqoriroq davlatlarga migrantlar oqimi ko‘payishi bilan izohlangan.

“Joriy yilning I choragida o‘rtacha hisoblangan nominal ish haqining o‘sish sur’ati 18 foizni tashkil etdi. Aloqa va axborotlashtirish, moliya va sug‘urta sohalarida o‘sish o‘rtacha ish haqi oshishidan yuqori shakllangan bo‘lsa, ta’lim, tashish va saqlash sohalarida o‘rtacha darajaga yaqin o‘sish qayd etilgan. Pul o‘tkazmalarining ijobiy dinamikasi va iqtisodiyotda ish haqining oshishi aholining umumiy real daromadlarining oshishiga xizmat qilib, ushbu ko‘rsatkich o‘sishi I chorakda 9,8 foizni tashkil etdi”, – deyiladi sharhda.

Markaziy bank tahlilida uch oyda aholi jon boshiga real daromadlar o‘tgan yil ilk choragiga nisbatan 7,6 foizga oshgan. Bo‘sh ish o‘rinlarini qidirish bo‘yicha veb-sahifalardagi e’lonlar soni yil boshiga nisbatan ko‘payib borgan.

“Bo‘sh ish o‘rinlarining o‘sishi asosan chakana savdo va xizmatlar sohalarida kuzatilmoqda. Ushbu davrda ish qidiruvchilarning mehnat bozoridagi faolligi yuqori bo‘lib, mehnat arizalari soni ham o‘sishda davom etdi. Iqtisodiy faollikni o‘zida aks ettiruvchi uy-joy bilan bog‘liq bitimlar dinamikasi 2024-yilning oxirgi oylarida ijobiy trendga o‘tgan va ushbu trend 2025-yilning dastlabki oylarida ham saqlanib qolmoqda”, – deya qayd etiladi tahlilda.

Avvalroq Jahon banki Markaziy Osiyodagi migratsiya masalasida tadqiqot taqdim etgandi. Unda migrantlar pul yubormasa, O‘zbekistonda kambag‘allik sezilarli oshishi qayd etilgan.


O‘zbekiston


														
														Ertaga O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-may, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:56 / 22.05.2025

														
														O‘zbekistonda 4 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 4 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 122 384 dona har xil turdagi yengil av…
12:25 / 22.05.2025

														
														Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan mazkur farmonda belgilangan tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqan…
10:16 / 22.05.2025

														
														Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

“Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani i…
09:58 / 22.05.2025

														
														YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-to‘plamiga O‘zbekiston kompaniyasini ham kiritdi

YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-to‘plamiga O‘zbekiston kompaniyasini ham kiritdi

Sanksiyalar ro‘yxati Yevropa Ittifoqining rasmiy saytida e’lon qilingan.
09:42 / 22.05.2025

														
														22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:01 / 22.05.2025

														
														O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 266 478 nafar chaqaloq tug‘ilishi qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga …
20:52 / 21.05.2025

														
														O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk tashish yo‘nalishi ochiladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk tashish yo‘nalishi ochiladi

“O‘ztemiryo‘lKonteyner” aksiyadorlik jamiyati Xitoydan O‘zbekistonga tovarlar yetkazib berish bo‘yicha yangi yo‘nalishni ish…
20:44 / 21.05.2025

														
														Jahon banki irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 200 million kredit ajratadi

Jahon banki irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 200 million kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya va drenaj infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun imti…
20:36 / 21.05.2025

														
														O‘zbekiston ilk bor 2025-yilgi Global startap ekotizim indeksining 100 taligiga kirdi

O‘zbekiston ilk bor 2025-yilgi Global startap ekotizim indeksining 100 taligiga kirdi

2025-yil 20-may kuni StartupBlink o‘zining yangilangan Global Startup Ecosystem Index 2025 ma’lumotlarini e’lon qildi. Bu ho…
20:19 / 21.05.2025

Bu ham qiziq

“Tottenhem” – Yevropa ligasi chempioni

“Tottenhem” – Yevropa ligasi chempioni

22-mayga o‘tar kechasi Yevropa ligasi finalida “Tottenhem” va “Manchester Yunayted” jamoalari to‘qnash keldi hamda unda Lond…
09:36 / 22.05.2025
AQSh xorijga yordam uchun ajratilgan 250 mln dollarni migrantlarni deportatsiya qilishga sarflaydi

AQSh xorijga yordam uchun ajratilgan 250 mln dollarni migrantlarni deportatsiya qilishga sarflaydi

Shu bilan birga, The Washington Post’ning qayd etishicha, o‘tgan hafta Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti 250…
11:23 / 22.05.2025
Jahon banki irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 200 million kredit ajratadi

Jahon banki irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 200 million kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya va drenaj infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun imti…
20:36 / 21.05.2025
“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Bu supertexnologiya dunyoda faqat bizda bor. “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini ishga tushirish taxminan 175 mi…
11:58 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
09:26 / 21.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan mazkur farmonda belgilangan tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqan…
10:16 / 22.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

Ushbu tashabbus orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.
09:30 / 21.05.2025
Qashqadaryoda 3 nafar advokat pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda 3 nafar advokat pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda DXX va Bosh prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilga…
09:36 / 21.05.2025
Turk biokimyogari Aziz Sanjarga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topshirildi

Turk biokimyogari Aziz Sanjarga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topshirildi

Budapeshtdagi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida “Turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun” Ali…
18:45 / 21.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli bola cho‘kib ketdi

Sirdaryoda 14 yoshli bola cho‘kib ketdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tumani Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
21:43 / 20.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!