$
12904.51 UZS
-33.42
161.99 UZS
0.89
14575.64 UZS
-89.5
27° Kechasi 16°

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

16:48 / 21.05.2025

Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashgan.

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbari so‘zining avvalida jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotganini qayd etdi.

Prezident dolzarb xalqaro muammolarni hal etishda, birinchi navbatda, xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini qayd etdi. Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston yetakchisi bu borada ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi va qator yangi takliflar bildirdi.

Siyosiy jihatdan O‘zbekiston tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu hujjat xalqlarni yanada yaqinlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikning uzoq muddatli huquqiy bazasini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Prezident savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, Tashkilot mamlakatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdo ulushini oshirish maqsadida “Turk-treyd” onlayn platformasini yaratish va Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish taklif etildi.

Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlat rahbari ushbu yo‘nalish bo‘ylab “yagona darcha” va “yashil yo‘laklar” tizimini tez fursatda joriy etishga chaqirdi. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida Turkiy davlatlarning multimodal transport va logistika xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari Turkiy investitsiya jamg‘armasi ta’sis etilganini olqishlab, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma venchur kompaniyasi va Tashkilotga a’zo mamlakatlarning investitsiyaviy imkoniyatlarini taqdim etadigan yagona portal tashkil etish muhim ekanini ta’kidladi.

Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmatsevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklif qilindi.

Davlat rahbari iqlim kun tartibiga to‘xtalar ekan, yaqinda Samarqand shahrida o‘tgan Xalqaro iqlim forumi davomida “yashil” taraqqiyot sohasida global va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surilganini qayd etdi. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Budapesht shahrida Qurg‘oqchilikning oldini olish institutini ishga tushirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Uning faoliyatiga ko‘maklashish va maqsadli loyihalarga kengroq jalb qilish uchun qurg‘oqchilik va ekologik muammolarning oldini olish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklif qilindi.

O‘zbekiston prezidenti fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetining ochilishi tashkilotga a’zo mamlakatlarning ta’lim dasturlarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga munosib hissa bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamg‘armasi kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.

So‘zining yakunida O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik atoqli olim, biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi.

Sammit yakunida Budapesht deklaratsiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa qator hujjatlar qabul qilindi.

 


O‘zbekiston


														
														Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdori ko‘payishi mumk…
10:41 / 23.05.2025

														
														O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumk…
09:15 / 23.05.2025

														
														23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:33 / 22.05.2025

														
														Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Shartnomasiz tabiiy gaz iste’mol qilish natijasida 586,4 mln so‘m miqdorida zarar yetkazildi.
21:24 / 22.05.2025

														
														Urganch shahridagi Markaziy bank binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Urganch shahridagi Markaziy bank binosida yong‘in sodir bo‘ldi

“Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q” – deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
18:41 / 22.05.2025

														
														Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firibgarlarda ogohlikka chaqirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firibgarlarda ogohlikka chaqirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolarga murojaat qilib, ularni har qanday noqonuniy yo‘llar bilan hajga bormaslikka chaqird…
16:02 / 22.05.2025

														
														Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-may kuni soat 12:43 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shox ko‘chasidagi qurilish obyektida yong‘in r…
14:09 / 22.05.2025

														
														Ertaga O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-may, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:56 / 22.05.2025

														
														O‘zbekistonda 4 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 4 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 122 384 dona har xil turdagi yengil av…
12:25 / 22.05.2025

														
														Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan mazkur farmonda belgilangan tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqan…
10:16 / 22.05.2025

Bu ham qiziq

Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Shartnomasiz tabiiy gaz iste’mol qilish natijasida 586,4 mln so‘m miqdorida zarar yetkazildi.
21:24 / 22.05.2025
Toshkentda YPX xodimi kiyimida suratga tushgan qiz jazolandi

Toshkentda YPX xodimi kiyimida suratga tushgan qiz jazolandi

19-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz yo‘l politsiyasi xodimi kiyimini kiygani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xa…
20:07 / 21.05.2025
“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Bu supertexnologiya dunyoda faqat bizda bor. “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini ishga tushirish taxminan 175 mi…
11:58 / 21.05.2025
Turk biokimyogari Aziz Sanjarga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topshirildi

Turk biokimyogari Aziz Sanjarga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topshirildi

Budapeshtdagi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida “Turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun” Ali…
18:45 / 21.05.2025
Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

“Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani i…
09:58 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
16:48 / 21.05.2025
O‘zbekiston ilk bor 2025-yilgi Global startap ekotizim indeksining 100 taligiga kirdi

O‘zbekiston ilk bor 2025-yilgi Global startap ekotizim indeksining 100 taligiga kirdi

2025-yil 20-may kuni StartupBlink o‘zining yangilangan Global Startup Ecosystem Index 2025 ma’lumotlarini e’lon qildi. Bu ho…
20:19 / 21.05.2025
Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-may kuni soat 12:43 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shox ko‘chasidagi qurilish obyektida yong‘in r…
14:09 / 22.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumk…
09:15 / 23.05.2025
“Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda” – Zelenskiy

“Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda” – Zelenskiy

Uning ta’kidlashicha, Kiyev Moskvaga bosim o‘tkazish va uni “o‘z xatti-harakatini o‘zgartirish”ga majburlash uchun hamkorlar…
10:18 / 21.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!