$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

Imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati yangilandi

17:22 / 25.05.2025

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati 2025-yil 1-iyulga qadar qayta tasdiqlanadi.

“Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda belgilanishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan kelishilgan holda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar ro‘yxati hamda bazaviy narxlarini kasalliklarni davolash yo‘nalishlari asosida barcha tibbiyot tashkilotlari uchun 2025-yil 1-iyulga qadar qayta tasdiqlashi lozim.

Prezidentning 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bu sana 2025-yil 1-aprelgacha deb belgilangandi. Ushbu qarorga tegishli o‘zgartirish kiritiladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida rejali statsionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega bo‘ladi:

– jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovchilar;

– Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq to‘lagan shaxslar.

2025-yil 1-iyuldan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga o‘tkaziladigan (12 ta) tibbiyot muassasalari ro‘yxatiga Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitali ham kiritildi.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga o‘tkaziladi.

Hujjat bilan dori vositalari va tibbiy buyumlarning xaridini tartibga solish muddatiga ham o‘zgartirish kiritildi. Endilikda tibbiyot muassasalari tomonidan shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridini amalga oshirish tartibi 2025-yil iyulgacha ishlab chiqilishi kerak.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarning dastlabki xarid summasini belgilash uchun marketing tadqiqotlarini o‘tkazish tartibini tasdiqlash muddati ham 2025-yil iyul etib belgilandi. Bunda xarid narxini sun’iy oshishining oldini olishga, geografik jihatdan yaqin davlatlardagi o‘rtacha narxlarni hamda so‘nggi uch yildagi narxlarning o‘zgarish dinamikasini tahlil qilishga qaratilgan choralar belgilanadi. Dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi marketing tadqiqotlari asosida lotlarga bo‘lgan holda amalga oshiriladi.


O‘zbekiston


														
														29-may uchun ob-havo ma’lumoti

29-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:27 / 28.05.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlar…
21:42 / 28.05.2025

														
														O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025

														
														O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvar holatiga aholining o‘rtacha y…
14:09 / 28.05.2025

														
														28-may uchun ob-havo ma’lumoti

28-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
22:09 / 27.05.2025

														
														Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan uchta ayol Ummondan O‘zbekistonga muvaffaqiyatli ekstraditsiya qilindi…
21:18 / 27.05.2025

														
														O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod s…
20:47 / 27.05.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar ja…
19:31 / 27.05.2025

														
														O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

Bilol Erkinov bir ovozdan O‘zbekiston professional boks federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
18:30 / 27.05.2025

														
														O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri qarzlar tufayli 20,2 ming jismoniy va yuridik iste’molchi suv ta’minoti tizimidan uzild…
15:51 / 27.05.2025

Bu ham qiziq

Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yilning birinchi choragi uchun pul-kredit siyosati bo‘yicha yangi ma’ruzasida mamlakat avtom…
19:46 / 26.05.2025
29-may uchun ob-havo ma’lumoti

29-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:27 / 28.05.2025
Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.
17:31 / 28.05.2025
Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari …
08:58 / 27.05.2025
O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

“O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi”, – deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” 26–30-may kunlari…
15:27 / 26.05.2025
27-may uchun ob-havo ma’lumoti

27-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi.
22:00 / 26.05.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025
Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Avvalroq, Kursk viloyatiga tashrifi chog‘ida Putinning vertolyoti dron hujumga uchragani aytilgan edi.
10:03 / 28.05.2025
Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘z…
12:58 / 27.05.2025
Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Bu haqda New York Times nashri Greenpeace tashkiloti hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
12:22 / 28.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!