$
12615.07 UZS
-19.27
162.02 UZS
-0.35
14754.59 UZS
-66.75
37° Kechasi 24°

Magistraturaga qabul bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar bor?

21:10 / 07.07.2025

O'zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng, to‘liq va samarali ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar qilinmoqda. Xususan, oliy ta’lim yo‘nalishida ham bu kabi fuqarolar e’tiborsiz qoldirilmaydi.

Ularga bu borada qanday ko‘mak ko‘rsatiladi? Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu bo‘yicha tushuntirishlar berdi:

2020-yil 15-oktyabrdagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi qonunning 40-moddasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining ikki foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

Agarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmasa, abituriyentlar to‘plagan ballari bilan ta’limning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga magistratura bosqichiga kirish uchun belgilangan imtiyozlardan yana biri bu xorijiy til sertifikatining talab etilmasligidir. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi 407-sonli qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu imtiyoz 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Magistraturaga mustaqil hujjat topshirish bo‘yicha ko‘nikmalar mavjud bo‘lmasa, Yagona interaktiv davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinsa, bu masala ijobiy hal etiladi”.


Ilm-fan


														
														Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri abituriyentlarga murojaat qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri abituriyentlarga murojaat qildi

Test sinovlari oldidan vazir yoshlarni xotirjam bo‘lishga chaqirdi
20:39 / 13.07.2025

														
														Magistraturaga qabul boshlandi

Magistraturaga qabul boshlandi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi
22:04 / 07.07.2025

														
														Yangi moliyaviy inqilobning boshlanishi

Yangi moliyaviy inqilobning boshlanishi

Bugungi zamonaviy dunyoda insoniyat misli ko‘rilmagan ixtirolar-u, texnologiyalarning guvohiga aylandi. Raqamlashtirish odam…
22:24 / 31.01.2025

														
														Qo‘rqinchli yutuq: sun’iy intellekt inson yordamisiz o‘zining nusxasini yarata oladi

Qo‘rqinchli yutuq: sun’iy intellekt inson yordamisiz o‘zining nusxasini yarata oladi

Ushbu yutuq ilmiy hamjamiyatda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda, chunki inson aralashuvisiz sun’iy intellektni muvaffaqiyatli o‘z-…
17:14 / 27.01.2025

														
														2028-yilda mamontlarni qaytadan dunyoga keltirishmoqchi

2028-yilda mamontlarni qaytadan dunyoga keltirishmoqchi

AQShda mamontning tug‘ilishi uchun abadiy muzliklarda topilgan DNKdan foydalaniladi.
10:06 / 18.01.2025

														
														“Vampir ko‘rshapalak”larning qonini energiya manbayi sifatida ishlatish mumkin” – olimlar

“Vampir ko‘rshapalak”larning qonini energiya manbayi sifatida ishlatish mumkin” – olimlar

Kanadalik olimlar ko‘rshapalaklar ustida tadqiqot o‘tkazishdi va “vampir ko‘rshapalaklar” o‘z o‘ljasining qoni yordamida ene…
12:30 / 11.11.2024

														
														Olimlar suv va havodan kimyoviy moddalarni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi

Olimlar suv va havodan kimyoviy moddalarni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi

South China Morning Post nashrining xabar berishicha, xitoylik olimlar suv va havodan boshqa kimyoviy moddalarni yaratishga …
17:13 / 26.10.2024

														
														Olimlar tomonidan miyaning 3D atlasi yaratildi

Olimlar tomonidan miyaning 3D atlasi yaratildi

Ushbu atlas sut emizuvchilarning butun miyasini embryonal bosqichlarda va erta postnatal davrda batafsil o‘rganish imkonini …
10:26 / 26.10.2024

														
														Endi shifokorlarga rentgen tasvirlari orqali suyaklar sinishini aniqlashda sun’iy intellekt yordam beradi

Endi shifokorlarga rentgen tasvirlari orqali suyaklar sinishini aniqlashda sun’iy intellekt yordam beradi

Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamni takomillashtirish instituti (NICE) sun’iy intellekt rentgen tasvirlari…
12:22 / 23.10.2024

Bu ham qiziq

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroil hujumlari natijasida yaralangan

Eron prezidenti Isroil hujumlari natijasida yaralangan

Bu haqda ishonchli fors manbalari xabar bermoqda
21:30 / 13.07.2025
Lamin Yamal kelajagi haqida fikr bildirdi

Lamin Yamal kelajagi haqida fikr bildirdi

Ispaniyalik 18 yoshli futbolchi bu boradagi rejalari bilan o'rtoqlashdi
19:44 / 13.07.2025
Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025
Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga bergan zarbalari davomida yengil jarohat olgan. Bu haqda Fars News xa…
14:48 / 13.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya holatiga munosabat bildirdi.
10:00 / 13.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!