Bugun, 19-iyul kuni, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY282 reysida, Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz vaqtida chaqaloq tug‘ildi.
Parvoz davomida yo‘lovchilardan birida muddatidan oldingi tug‘ruq boshlangan. Bortdagi ikki nafar shifokor va ekipaj bilan hamkorlikda zarur tibbiy yordamni tezkorlik bilan ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng, ekipaj komandiri qarori bilan samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ngan, u yerda ona va yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolani shifokorlar kutib olishgan. Oila tezkor tarzda mahalliy klinikaga yetkazilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!