Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 20-iyul kuni soat 11:03 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 11:09 da yetib borgan. Yong‘in soat 11:36 da qurshab olingan va 11:45 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!