$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Boku Moskvadan AZAL samolyotining halokati uchun javobgarlikni tan olishini talab qilmoqda

13:03 / 27.07.2025

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Hikmet Gajiyev Berliner Zeitung nashriga ma’lum qildi.

“Hodisa Rossiya hududida, Rossiya havo makonida yuz bergan va biz bu qanday sodir bo‘lganini yaxshi bilamiz. Bu sir emas. Ozarbayjon qo‘shni va hamkor davlat sifatida Rossiyaning bu borada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini va adolatni ta’minlashini kutmoqda”, — degan Gajiyev.

Ozarbayjon rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Boku va Moskva o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik aynan Azerbaijan Airlines samolyoti halokatidan keyin yuzaga kelgan.

Rossiyaga ko‘ra, samolyot Grozniy aeroportiga qo‘nishga urinayotgan paytda hudud Ukraina dronlari hujumiga uchragan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, “samolyot bilan bog‘liq fojiali voqea Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani” uchun uzr so‘ragan edi.

Ilhom Aliyev Ozarbayjon samolyot halokati munosabati bilan Rossiyaga qarshi xalqaro sudlarga da’vo kiritish uchun hujjatlarni tayyorlayotganini ma’lum qilgandi. Boku Moskva aybini tan olishini, shuningdek, jabrlanganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishini va AZAL samolyoti uchun yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahri aeroporti yaqinida AZAL samolyoti halokatga uchragan edi. Hodisa oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev halokatdan so‘ng samolyot Grozniy shahri yaqinida “tashqi ta’sir” tufayli shikastlanganini va bu boshqaruvni yo‘qotishga olib kelganini bildirgan.



														
														Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Kreml shuningdek, Trampning ultimatumni amalga oshirishiga ishonmaydi, chunki u avvallar ham shunday tahdid qilgan, ammo hec…
17:41 / 05.08.2025

														
														Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Katta o‘rmon yong‘inlari 1-avgust kuni boshlangan va tez tarqalishda davom etmoqda.
16:03 / 05.08.2025

														
														Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Tashrif doirasida erkin savdo bitimi va Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha masalalar muhokama qilinishi bildirild…
12:35 / 05.08.2025

														
														Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ammo aksar qo‘lga tushganlarning ismlari oshkor etilmadi
21:56 / 04.08.2025

														
														OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

Kelishuvda sutkasiga 548 000 barrelgacha neft qazib olish ko‘zda tutildi
21:18 / 04.08.2025

														
														OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Kompaniya bu borada “Netflix” va “Tik-tok” kabi gigant kompaniyalarni ham ortda qoldirdi
18:17 / 04.08.2025

														
														Yaman sohillarida muhojirlar kemasi cho‘kdi

Yaman sohillarida muhojirlar kemasi cho‘kdi

Kema halokatidan faqat 12 nafar muhojir omon qolgan, qolganlari esa bedarak yo‘qolgan va o‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
11:41 / 04.08.2025

														
														Xitoyda chivinlar virus tarqatmoqda

Xitoyda chivinlar virus tarqatmoqda

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Chikungunya virusi chivinlar orqali yuqadigan infeksion kasallik hisoblanadi.
10:43 / 04.08.2025

														
														Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025

														
														Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025

Bu ham qiziq

OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Kompaniya bu borada “Netflix” va “Tik-tok” kabi gigant kompaniyalarni ham ortda qoldirdi
18:17 / 04.08.2025
Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Ukraina rahbari bu borada yanada ko‘proq asirlarni qaytarib olishiga harakat qilinayotganini qo‘shimcha qildi
22:54 / 04.08.2025
Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib ko‘rdilar
21:54 / 05.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
11:58 / 05.08.2025
Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025
Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Kreml shuningdek, Trampning ultimatumni amalga oshirishiga ishonmaydi, chunki u avvallar ham shunday tahdid qilgan, ammo hec…
17:41 / 05.08.2025
Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Katta o‘rmon yong‘inlari 1-avgust kuni boshlangan va tez tarqalishda davom etmoqda.
16:03 / 05.08.2025
6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
21:59 / 05.08.2025
Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Tashkilot OAV vakillarini tekshirilmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi
18:16 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Davlatimiz rahbari Oliy davlat mukofoti uchun Xalq Maslahat Kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezident…
14:20 / 05.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!