$
12672.81 UZS
79.04
158.89 UZS
0.4
14753.69 UZS
55.5
38° Kechasi 25°

Oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan

22:45 / 08.08.2025

Davlat rahbariga Toshkent shahrida energetika tizimining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.

Poytaxtimizda aholi soni ham, bunyodkorlik ko‘lami ham oshib bormoqda. Bir yil ichida 12 mingta yangi quvvat, savdo va servis majmualari ishga tushdi. Odamlarning turmush tarzi yaxshilanib, maishiy texnikalardan foydalanish ko‘payyapti.

Bularning barchasi energiyaga talabni oshiradi. Shuni hisobga olib, oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan. 36 ta podstansiya, 665 ta transformator, 2 ming kilometrdan ziyod tarmoq yangilangan.

Lekin hali qilinadigan ishlar ko‘p. 46 ta podstansiya va 207 ta transformator ortiqcha yuklama bilan ishlayapti. Yil boshidan beri poytaxtda elektr iste’molchilari yana 40 mingtaga ko‘paygan, talab 6 foiz o‘sgan.

Shu bilan birga, ilgari yozdagi jazirama kunlar davomiyligi bir haftadan oshmagan bo‘lsa, bu yil 20 kungacha cho‘zilgan. Oqibatda iyul oyida Toshkent shahrida iste’mol miqdori 900 million kilovatt-soatdan oshgan.

Bu omillar modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirishni talab qiladi. Taqdimotda energetika vaziri poytaxtdagi har bir tuman va mahallalar kesimida rejalarni bayon qildi.

Unga ko‘ra, bu yil birinchi bosqichda 374 kilometr tarmoq, 11 ta podstansiya, 62 ta transformatorni yangilash ko‘zda tutilgan. Kelasi yil yana 788 kilometr tarmoq, 35 ta podstansiya va 145 ta transformator modernizatsiya qilinadi. Jumladan, mahallalardagi transformator va tarmoqlar ta’mirlanib, yangilari o‘rnatiladi.

Prezident kuz-qish mavsumiga oz fursat qolganiga e’tibor qaratib, bu yilgi rejani 1 noyabrgacha yakunlash zarurligini ta’kidladi.

So‘nggi yillarda barcha hududlarda generatsiya ko‘paytirib borilmoqda. Shu bilan birga, sanoat korxonalarini muqobil energiya tizimiga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, 2027 yilgacha yirik korxonalar va turizm maskanlarida 752 megavattli quyosh stansiyasi hamda 812 megavattli saqlash quvvatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Mutasaddilar atom energetikasi yo‘nalishidagi ishlar haqida ham axborot berdi.

Ma’lumki, yurtimizda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bo‘lajak stansiyaning har bir bosqichi – loyihalashtirishdan to bitgunga qadar Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida bo‘ladi, eng ilg‘or xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.

Prezident rejadagi inshootlarni sifat va muddatga amal qilgan holda ishga tushirib, barqaror energiya quvvatlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Vazirlar Mahkamasiga energiya samaradorlikni oshirish masalasini har hafta muhokama qilib borish topshirildi.


O‘zbekiston


														
														Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga avvalroq 450 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.
12:49 / 11.08.2025

														
														Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
11:04 / 11.08.2025

														
														Bugun Yakkasaroy va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

Bugun Yakkasaroy va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
09:55 / 11.08.2025

														
														Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borib, yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va s…
09:24 / 11.08.2025

														
														11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:06 / 10.08.2025

														
														Abituriyentlar uchun muhim. O‘qishni ko‘chirishdagi ijodiy imtihonlar haqida nimalar ma’lum?

Abituriyentlar uchun muhim. O‘qishni ko‘chirishdagi ijodiy imtihonlar haqida nimalar ma’lum?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu borada muhim tavsiyalarni berdi
21:26 / 10.08.2025

														
														Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Poytaxt IIB bu haqda rasmiy bayonot berdi
20:45 / 10.08.2025

														
														O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari ma’lum qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari ma’lum qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test si…
16:33 / 10.08.2025

														
														Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Shu haqidagi xabarlarga bank matbuot xizmati izoh berdi.
12:39 / 10.08.2025

														
														O‘zbekistonda 2026-yil ilk kichik quvvatli AES qurilishi boshlanadi

O‘zbekistonda 2026-yil ilk kichik quvvatli AES qurilishi boshlanadi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning ta’kidlashicha, endilikda har qanday qurilishdan avval el…
09:31 / 10.08.2025

Bu ham qiziq

Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Poytaxt IIB bu haqda rasmiy bayonot berdi
20:45 / 10.08.2025
Samarqandda elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Samarqandda elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani bildirilgan.
12:46 / 11.08.2025
Odessadagi plyajda mina portladi

Odessadagi plyajda mina portladi

Keyinroq Odessa viloyati politsiyasi o‘z saytida suzish paytida yuz bergan ikkita portlash natijasida bir ayol va ikki erkak…
16:14 / 10.08.2025
Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 11–14-avgust kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
22:40 / 09.08.2025
Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borib, yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va s…
09:24 / 11.08.2025
Boks. O‘zbekiston U19 terma jamoasi qit’ada tengsiz bo‘ldi

Boks. O‘zbekiston U19 terma jamoasi qit’ada tengsiz bo‘ldi

Tailandda boks bo‘yicha U19 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. E’tiborlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekis…
17:44 / 10.08.2025
Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
11:04 / 11.08.2025
Luish Figu va Ronaldinyo O‘zbekistonga keladi

Luish Figu va Ronaldinyo O‘zbekistonga keladi

Har ikkala afsona futzal bahsini ko‘rgani Toshkentga kelishi mumkin
18:40 / 10.08.2025
“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

Fransiya Prezidenti bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
22:05 / 09.08.2025
O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

2025-yilning o‘tgan 7 oyi ichida avvalgi yilga nisbatan 6.6 foiz ko‘proq mahsulot yetishtirilgan
19:53 / 10.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!