Skotland-Yard bayonotiga ko‘ra, London politsiyasi Buyuk Britaniyada taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatida bo‘lgan Falastin tarafdori “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlagan mitingda 365 kishini hibsga olgan.
“Parlament maydonidagi operatsiya davom etmoqda. Soat 18:00 holatiga ko‘ra, taqiqlangan tashkilotni qo‘llab-quvvatlagan 365 kishi qo‘lga olindi.
Boshqa jinoyatlar uchun yetti nafar shaxs hibsga olindi, jumladan, besh nafari politsiya xodimlariga hujum qilgani uchun hibsga olingan.
Yaxshiyamki, ularning hech biri jiddiy jarohat olmagan”, – deya xabar beradi politsiya.
Umuman olganda, 9-avgust kuni “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun shu kungacha bo‘lgan eng yirik mitingda bir necha yuz kishi ishtirok etgan.
“Palestine Action” faollarining bir oydan ortiq davom etgan namoyishlarida 500 ga yaqin harakat ishtirokchilari hibsga olingan. Faollar shunga qaramasdan namoyishlarini davom ettirishlarini bildirishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!