$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
33° Kechasi 20°

Navoiyda Paralimpiyada chempionining sherigi restoran xodimini kaltakladi

11:39 / 02.09.2025

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Navoiy shahrida Olimpiada chempioni bir fuqaroni urib tan jarohati yetkazganligi tasvirlangan videoxabar yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Mazkur holat Navoiy viloyati IIB tomonidan o‘rganilgan. Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 22-avgust kuni tungi soat 2:00 larda Navoiy shahar “Ziyokor” mahallasi hududida sodir etilgan bo‘lib, Karmana tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan S.A. mazkur mahalla hududida joylashgan restoranlarning biriga o‘ziga yaqindan tanish bo‘lgan fuqarolar bilan ovqatlanish uchun borgan. Yakunda fuqaro S.A. to‘lovni amalga oshirgan va yetmay qolgan ma’lum miqdordagi pul mablag‘ini avtomashinadan olib berish uchun tashqariga chiqqan vaqtida, mazkur restoranda ishlovchi 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro M.U. uning oldiga borib, qolgan to‘lov pulini ham amalga oshirishini so‘ragan. Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan S.A. o‘zaro og‘zaki tortishib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasdan mensimasdan, o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan fuqaro M.U.ni hech bir sabablarsiz qo‘li bilan yuz sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Surishtiruvlar davomida gumonlanuvchi fuqaro S.A. olimpiada chempioni emasligi, o‘sha kuni restoranga 1995-yilda tug‘ilgan disk uloqtirish bo‘yicha ikki karra paralimpiyada chempioni, fuqaro E.S. bilan birgalikda uning avtomashinasida borganligi, o‘zaro tortishuv kelib chiqqan jarayonda fuqaro E.S. avtomashina salonida bo‘lganligi va holatga keyinchalik aralashib, fuqaro S.A.ni tinchlantirishga harakat qilganligi hamda jabrlanuvchi fuqaroga tezkorlik bilan yordam ko‘rsatganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi S.A. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025

														
														Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Kecha, 5-sentyabr kuni Tataristonning Zainsk tumanida ayanchli avtohalokat yuz berdi va oqibatda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘l…
20:14 / 06.09.2025

														
														7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sham…
19:12 / 06.09.2025

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
19:01 / 06.09.2025

														
														Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududida…
18:35 / 06.09.2025

														
														FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boradi.
17:11 / 06.09.2025

														
														Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in…
15:56 / 06.09.2025

														
														Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirla…
15:31 / 06.09.2025

														
														Endi O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam sifatida qo‘yish mumkin bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam sifatida qo‘yish mumkin bo‘ladi

Masalan, yo‘llarda harakatlanayotgan “KOMIL”, “ERGASH”, “ZAFAR” yoki “QARSHI” deb yozilgan mashinalarni ko‘rish mumkin.
14:49 / 06.09.2025

														
														O‘zbekistonda avgust oyida 86,5 milliard so‘mlik “svet” va gaz o‘marildi

O‘zbekistonda avgust oyida 86,5 milliard so‘mlik “svet” va gaz o‘marildi

Qoidabuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqd…
14:28 / 06.09.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda avgust oyida 86,5 milliard so‘mlik “svet” va gaz o‘marildi

O‘zbekistonda avgust oyida 86,5 milliard so‘mlik “svet” va gaz o‘marildi

Qoidabuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqd…
14:28 / 06.09.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
19:01 / 06.09.2025
7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sham…
19:12 / 06.09.2025
Isroil 2023-yildan beri 19 ming falastinlikni hibsga oldi

Isroil 2023-yildan beri 19 ming falastinlikni hibsga oldi

Isroilning so‘nggi 24 soat ichida G‘azoga uyushtirgan hujumlari natijasida 69 falastinlik halok bo‘lgan.
12:22 / 06.09.2025
Lionel Messi: “Bu o‘yin terma jamoadagi so‘nggi uy uchrashuvim edi”

Lionel Messi: “Bu o‘yin terma jamoadagi so‘nggi uy uchrashuvim edi”

Kecha tunda Venesuelaga qarshi o‘yindan keyin argentinalik yulduz terma jamoadagi faoliyati yakuniga yetayotganini ta’kidladi
18:57 / 05.09.2025
Germaniyada saylov oldidan 16 nomzod vafot etdi

Germaniyada saylov oldidan 16 nomzod vafot etdi

Mahalliy hokimiyatlarning ta’kidlashicha, bunday holatlar har safar bo‘lib turadi
21:35 / 05.09.2025
Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londonda Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarida politsiya 400 dan ortiq odamni hibsga olganini ma’lum qildi.
09:51 / 07.09.2025
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boradi.
17:11 / 06.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!