$
12520.78 UZS
83.63
153.70 UZS
0.36
14634.29 UZS
153.72
31° Kechasi 19°

Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

19:31 / 05.09.2025

5-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari batafsil ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida AQSh Prezidenti so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi.

Davlat rahbari, o‘z navbatida, Prezident Donald Trampni AQSh ma’muriyati olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ulkan natijalari bilan samimiy tabrikladi. Amerika tomonining xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, umumbashariy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ustuvor tarmoqlarda biznes-kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va savdo bitimlari hajmini tubdan oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. 2024-yilda tovar ayirboshlash 15 foizga oshdi.

Istiqbolli kooperatsiya loyihalari portfeli fuqaro aviatsiyasi, muhim mineral resurslar, elektrotexnika sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, ta’lim va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Shu oyda AQShning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan uzoq muddatli va barqaror sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, xavfsizlik sohasida, eng avvalo, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik qilinmoqda.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda. Toshkentda AQShning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Kelgusi yili AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor ishtirok etishi mamnuniyat bilan qayd etildi. AQSh yetakchisi futbol terma jamoamizga chin dildan omad tiladi.

Telefon muloqoti chog‘ida davlat rahbarlari dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning “C5+1” shaklidagi mintaqaviy hamkorligini chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Donald Trampni o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Amaliy hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlarni ilgari surish maqsadida oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.


Siyosat


														
														Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va AQSH yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar: strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi
19:31 / 05.09.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
21:08 / 02.09.2025

														
														O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Davlat rahbari Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi
19:04 / 02.09.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev: “Falastin – Isroil muammosini “ikki xalq - ikki davlat” tamoyili asosida hal etish Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatishi mumkin”

Shavkat Mirziyoyev: “Falastin – Isroil muammosini “ikki xalq - ikki davlat” tamoyili asosida hal etish Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatishi mumkin”

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” shaklidagi uchrashuvlar ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega eka…
18:30 / 01.09.2025

														
														ShHT sammitida ishtirok etayotgan davlat rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

ShHT sammitida ishtirok etayotgan davlat rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mazkur marosim Tyanszin shahridagi “Meyszyan” kongress markazida o‘tkazildi
18:43 / 31.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Tyanszin shahriga keldi
21:51 / 30.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
12:06 / 30.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi

2-sentyabr kuni Pekin shahrida davlat rahbari XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi
10:38 / 30.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashuvda bo‘lajak muloqotlar va qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashuvda bo‘lajak muloqotlar va qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildi

O‘zbekiston yetakchisi AQSH bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi
19:40 / 28.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
20:22 / 27.08.2025

Bu ham qiziq

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in…
15:56 / 06.09.2025
“Avtoraqamlarga ism yozib sotish boshlandi” mazmunidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?!

“Avtoraqamlarga ism yozib sotish boshlandi” mazmunidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?!

Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev rasmiy kanali orqali bu haqda ma’lumot berib o‘tdi
20:35 / 07.09.2025
Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londonda Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarida politsiya 400 dan ortiq odamni hibsga olganini ma’lum qildi.
09:51 / 07.09.2025
Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududida…
18:35 / 06.09.2025
Bugun Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi nishonlangan kun

Bugun Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi nishonlangan kun

2007-yilda shaharning 2000 yilligi keng nishonlangan
18:45 / 07.09.2025
8-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:57 / 07.09.2025
7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sham…
19:12 / 06.09.2025
Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025
Isroil armiyasi G‘azodan ikkita raketa otilganini ma’lum qildi

Isroil armiyasi G‘azodan ikkita raketa otilganini ma’lum qildi

Isroil harbiylari G‘azodan otilgan raketani tutib olganini ma’lum qildi.
11:49 / 07.09.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
21:39 / 07.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!