$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev: “Falastin – Isroil muammosini “ikki xalq - ikki davlat” tamoyili asosida hal etish Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatishi mumkin”

18:30 / 01.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Tyanszin shahrida “ShHT plyus” shaklining “Ko‘p tomonlama hamkorlikni hayotga tatbiq etish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va barqaror taraqqiyotga ko‘maklashish” mavzusidagi uchrashuvda ishtirok etdi.

Tadbirda ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari va uning doimiy faoliyat yurituvchi organlari rahbarlari bilan bir qatorda kuzatuvchi va hamkor mamlakatlar yetakchilari, faxriy mehmonlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari ham qatnashdi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida ochiqlik va ko‘p tomonlama hamkorlik ruhiga to‘liq javob beradigan “ShHT plyus” shakli ishonchli muloqot uchun tobora muhim maydonga aylanib borayotganini ta’kidladi.

Bu galgi sammit XX asrning eng katta fojiasi – Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligida o‘tayotgani ramziy ma’noga ega ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi qarama-qarshilik ko‘payib borayotganidan xavotir bildirib, nizolarga barham berish, ishonchni tiklash, tinch-totuv yashash va xalqaro huquq normalarini hurmat qilishga chaqirdi.

Shu ma’noda, Xitoy raisi Si Szinpin ilgari surgan global boshqaruv bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston Prezidenti G‘azo sektoridagi vaziyat yana keskinlashayotgani va gumanitar ahvol yomonlashayotganini qayd etib, Falastin – Isroil muammosini “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida adolatli hal etishgina Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatishi mumkinligini ta’kidladi.

ShHT doirasidagi sheriklik va amaliy hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidlab, davlat rahbari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb vazifalariga to‘xtaldi.

Eng avvalo, ShHT mamlakatlarining barqarorligi va farovonligini ta’minlash uchun jamoaviy sa’y-harakatlarni kuchaytirish muhim ekani, bu, ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, energetika va oziq-ovqat resurslari taqchilligi, migratsiya inqirozlari, kiberhujumlar va boshqa yangi xavf-xatarlar yuzaga kelayotgan sharoitda dolzarb ekani ta’kidlandi.

Prezident Toshkent shahrida ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi negizida Xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markaz hamda Dushanbe shahrida Narkotiklarga qarshi kurashish markazi ishga tushirilganini olqishladi.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha “ShHT plyus” shaklidagi birinchi muloqotni kelgusi yili yurtimizda o‘tkazish taklif qilindi.

“Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olmasdan va xalqaro hamjamiyatning afg‘on hukumati bilan konstruktiv muloqotini yo‘lga qo‘ymasdan turib, mintaqamizda barqarorlikni ta’minlash mumkin emas” – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Shu munosabat bilan ushbu mamlakat bilan hamkorlik qilish va uni ShHT loyihalariga jalb qilish bo‘yicha pragmatik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlat rahbari ShHT doirasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni tubdan kengaytirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi.

To‘siqlarni bartaraf etish va standartlarni yaqinlashtirish, elektron savdo maydonchalarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi va innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi qayd etildi.

Biznes muloqot uchun samarali platformani ishga tushirish maqsadida har yili “ShHT INVESTOR” sarmoya forumini o‘tkazish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda O‘zbekistonda tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Mintaqaviy transport integratsiyasi va o‘zaro bog‘liqlik haqida so‘z yuritilar ekan, mintaqani global yo‘laklar bilan ishonchli bog‘lashni ta’minlaydigan samarali transport yo‘nalishlarini yaratish Markaziy Osiyo uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

“Xitoy – Qirg‘iz Respublikasi – O‘zbekiston” temir yo‘lining qurilishi va kelajakda Transafg‘on yo‘lagi bilan bog‘lanishi ShHT makonida yagona transport tarmog‘ini shakllantirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz yetakchisi ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohalarida sheriklikni faol ilgari surish muhimligini qayd etdi.

“ShHT mamlakatlari sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar bazalari, robototexnika, muhandislik, muqobil energetika kabi ilg‘or yo‘nalishlarda katta sakrashni ta’minlashga qodir bo‘lgan ulkan ilmiy-texnik salohiyatga ega” – dedi Prezident.

Yangi g‘oyalarni ilgari surish va ilg‘or yechimlarni ishlab chiqish uchun ShHTning innovatsion-texnologik hablari tarmog‘ini yaratish amaliy qadam sifatida taklif etildi.

Madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston rahbari “ShHT oilasi”ning madaniy rang-barangligi va qadriyatlarini ilgari surishga ko‘maklashishga qaratilgan Buyuk Ipak yo‘li madaniy muloqotini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi. Ishtirokchi mamlakatlar delegatsiyalarini Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasi tadbirlarida faol ishtirok etishga taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida “ShHT plyus” shaklidagi ushbu sammitning samarali natijalari barqarorlikni yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish va barcha mamlakatlarning izchil taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.


Siyosat


														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
13-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

13-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:58 / 12.10.2026
Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026
Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026
Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bi…
10:38 / 12.10.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

6–8-oktabr kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining urug‘chilik masalalari bo‘yicha Hukum…
17:27 / 08.10.2026
“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar…
12:43 / 09.10.2026
O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ish…
11:45 / 08.10.2026
Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida energetika…
16:37 / 08.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!